Муаммолари республика илмий-амалий конференцияси материаллари



Download 41,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/438
Sana02.07.2022
Hajmi41,23 Mb.
#733202
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   438
Bog'liq
Ганиев Парпиев тўплам 1 ҚИСМ 25 05 2022

ADABIYOTLAR 
1. Raza A., Xu, X., Xia, L., Xia, C., Tang, J., Ouyang, Z. Quercetin-iron complex: synthesis, 
characterization, antioxidant, DNA binding, DNA cleavage, and antibacterial activity studies 
//Journal of fluorescence. - 2016. - Т. 26. - №. 6. - С. 2023-2031. 
2. Ismatov D.M., Mukhamadiev N.Q., Arzimurodova Kh. Study of the quercetin complex 
with Fe(II). // Journal of Chemistry of Natural Compounds Society of Chemists of Uzbekistan. 
“Actual problems of the chemistry of natural compounds” scientific conference of young scientists. 
-2022

- P. 196. 


55 
METALLOKOMPLEKSLARNING TOʻQIMACHILIK SANOATIDAGI 
AHAMIYATI 
Aliqulova D., Normamatov N.
Termiz Muhandislik-Texnologiya instituti, 
еmail:aliqulovadiloram@74gmail.com. 
Iqtisodiyotda yangicha, zamonaviy yondashuvlarni joriy etmasdan turib, yuqori 
qoʻshimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulot yaratishni tasavvur qilib 
boʻlmaydi. 
Bu 
borada 
mamlakatimizda 
muhtaram 
Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan toʻqimachilik sohasini rivojlantirishda 
qadamba-qadam olib borilayotgan harakatlarni, tabiiy tolalarni toʻliq qayta ishlash 
sohasidagi klasterlarga berilayotgan imtiyozlarni misol qilishimiz mumkin. Tolalarga 
sifatli ishlov berish, rangi, yorqinligini ta’minlash maqsadida metallarning 
komplekslaridan keng foydalanilmoqda. Metallokomplekslar - metallarning ligandlar 
bilan oʻzaro ta’siri natijasida hosil boʻladigan koordinatsion birikmalardir. 
Toʻqimachilik buyumlarini qayta ishlashda metallokompleks birikmalar boʻyash va 
pardozlash vositasi sifatida ishlatiladi. Metallokompleksli buyoqlar oqsil, poliamid, 
jun va ipak tolasini boʻyash uchun asosiy vosita hisoblanadi. Metallokompleksli 
buyoqlar, kislotali boyoqlarga nisbatan ekologik jihatdan toza boʻlib, harbiy 
toʻqimachilikda,sport kiyimlari tayyorlashda, tibbiy va sogʻliqni saqlash 
toʻqimachilik buyumlarida olovga chidamli qoplamani hosil qiladi va mikroblarga 
qarshi ta’sir koʻrsatadi. 
Cu, Ni, Co, Ag, Cr kabi bir qancha metallar turli ligandlar bilan har xil 
komplekslar hosil qiladi, ular toʻqimachilikda keng qoʻllaniladi. Metallarning bir 
nechta qiziqarli xususiyatlari rang, optik xususiyatlar, magnitlanish, biologik faollik, 
katalitik xususiyatlari sababli inson hayotining koʻp jabhalarida ishlatilmoqda. 
Cr-kompleksli boʻyoq metallsizlangan boʻyoq bilan solishtirganda yaxshiroq 
yuvish va nur oʻtkazuvchanlik, xususiyatlarini koʻrsatadi. Cr kompleks boʻyoqlari 
juda yaxshi namlikka ega boʻlib oqsil va poliamid tolalarini boʻyashda ishlatiladi, 
ammo ekologik jihatdan ifloslanishni keltirib chiqarishi sababli olimlar Cr va Co-
kompleks boʻyoqlarini tavsiya qilishadi. 
Cu, Al, Zn, Ni, Fe va Mn kompleks boʻyoqlari teri, soch, qogʻozni boʻyash 
uchun ham ishlatiladi. Paxta tolasini yoʻqoridagi metal kompleks boʻyoqlari 
yordamida boʻyalganda tabiiy tolaning mikroorganizmlarga chidamliligi ortadi. Paxta 
tabiiy sellyulozali tola mikroorganizmlarni oʻstirish uchun yaxshi muhit yaratadi, 
chunki u oʻz xususiyatlarini saqlab qoladi va katta sirt maydoniga ega. Toʻqimachilik 
buyumlari orqali mikrob infektsiyasini keltirib, bir qator sogʻliq muammolari 
chiqarishi mumkin 
Tibbiy toʻqimachilik, sogʻliqni saqlash toʻqimachiligi deb ham ataladi. Bunda 
metallokomplekslarning ishlatilishi infektsiyani oldini olish va sogʻlikni himoya 
qilishning samarali iqtisodiy usuli hisoblanadi. Inson, ayniqsa kasalxona xodimlari va 
bemorlarini virus, bakteriya va boshqa mikroorganizmlardan himoya qilish uchun 


56 
metall komplekslar muhim rol oʻynashi mumkin. Sirkonyum kabi (K
2
ZrF
6
), titan 
(K
2
TiF
6
) metall komplekslari, toʻqimachilikda olovga chidamli va foto stabilizator 
sifatida ishlatilishi mumkin. 
Ipak - tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan tola. Lekin ipak oqsili fotokimyoviy 
xususiyati tufayli quyosh nurlariga chidamsiz boʻladi. Ni-xelatlari ishtirokidagi 
boʻyoqlar muammoga samarali yechim boʻladi. Metall kompleks boʻyoqlar moʻynali 
velor va qoʻy terisidan qilingan matolarni turli ranglarda boʻyash uchun ham keng 
qoʻllaniladi. Metall kompleks boʻyoqlar bilan boʻyash texnologik jihatdan oddiy. Bu 
yuqori harorat va yordamchi materiallarning keng assortimentini talab qilmaydi. 
Boʻyash jarayoni boʻyoqdagi eritmaning past konsentratsiyasida sodir boʻladi. 
Bunday sharoitda moʻynaning teri toʻqimasi maydon boʻylab teng rangga boʻyaladi. 
Boʻyoqlar teridagi nuqsonlarni yashirish uchun ham foydali. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki har xil organik ligandlarga 
ega boʻlgan metall komplekslar toʻqimachilikda boʻyash va pardozlash vositasi 
vazifasini bajaradi. Ekologik toza boʻyoq, antimikrobiyal va tejamli toʻqimachilik 
pardozlash vositalari rivojlanishi uchun oʻlkan imkoniyatlar mavjud. Metall 
komplekslar nafaqat toʻqimachilikda, ishlab chiqarishda keng miqyosda ahamiyatli 
hisoblanadi. 
Adabiyotlar 
1.Southeast University Journal of Textile Engineering, Vol. 1, No. 1, January 2021, ISSN 
2709-9598 
2.htpp://www.biznes-daily.uz. 

Download 41,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish