227
Основными показателями качества сырья являюця: химический состав
(смола, масло, асфальтен, содержание серы), коксование,
наличие
механических включений. Коксование сырья по его ресурсам основой сырья
являеця гудрон.
Предрасположенность сырья к образованию кокса характеризуеця
показателем коксуемости, определяемым при стандартных условиях. Выход
кокса при коксовании за счет коксуемости и Ш. чем больше в сырье смолисто-
асфальтеновых веществ, тем выше [3]. Если
экономически коксуемость
превышает 20%, то это приводит к тому, что печи, нагревающие сырье, быстро
покрываюця коксом и устройство часто выходит из строя.
Литература:
1. Робинсон Б. Реконструкция установок замедленного коксования: увеличение
мощности и улучшение эксплуатационных показателей. 4-я Конференция и выставка по
оборудованию для нефтепереработки и нефтехимии России и стран СНГ. М., 20-21 апреля
2009 г.
2. Эйгенсон А.С., Слуцкая С.М., Фрязинов В.В. и др. Перспективы развития
производства и применения нефтяного электродного кокса. Сб. трудов Баш НИИ НП, вып.
XIII «Проблемы развития производства электродного кокса». Уфа, 1975 г., с. 7-13.
3. Вартиварян Д. Обзор экономических показателей и технологий повышения качества
тяжелой нефти. 2-я Конференция и выставка России и стран СНГ по технологиям
переработки нефтяных остатков. М., 18-19 апреля, 2007 г.
NEFT XOMASHYOSINING KOKS HOSIL QILISH TEXNOLOGIYASINI
TADQIQ QILISH
Hamidov B.N., Abdurahmonov A.B.
OʻzR FA umumiy va noorganik kimyo instituti
Kokslash xom ashyosi sifatida odatda koʻp hollarda yuqori molekulali neft
qoldiqlari -gudronlar, termik kreking qoldiqlari,
piroliz peki, deasfal’tlash asfal’ti,
shuningdek koks sifatini oshiruvchi yuqori aromatlashtirilgan distillyatli xom
ashyolar (termik va katalitik kreking ogʻir gazoyllari) qoʻllaniladi.
Neft kokslari- metallar, rangli metallar, ayrim kimyoviy mahsulotlar ishlab
chiqarishda,
grafitli materiallar olishda, karbidlar va temir qotishmalar ishlab
chiqishda qaytaruvchi sifatida qoʻllaniladi.
Koks suyuq fazali termik jarayonlarda hosil boʻladi. Bir qator hollarda masalan
termik krekingda u noxush qoʻshimcha mahsulot boʻlib hisoblanadi. Boshqa
tomondan xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega boʻlgan koks olish uchun mahsus
ishlab chiqilgan jarayonlar mavjud. Uni qaytaruvchi sifatida kimyoviy texnologiyada,
anod ishlab chiqarish uchun metallurgiya, aviatsion va raketa texnikasida (Be 2 C;
TiC), abrazivlar va oʻtga chidamlilarni ishlab chiqarish (SіC; B4 C; TiC),
yadro
energetikasida (V 4C, ZrC), konstruktsion uglerod-grafitli materallarni olish uchun
qoʻllaniladi [1].
Neft koksi bu uglerodning miqdori yuqori zichligi 1400-1500 kg/ m 3 boʻlgan
qattiq moddadir. Koksdagi C:H ning atom nisbati 1,1-4 ni tashkil qiladi. U neft
228
qoldiqlarini suyuq fazali termik qayta ishlash natijasida quyida sxema boʻyicha hosil
boʻladi:
Arenlar → smolalar → asfal’tenlar → koks → grafit
Alkan, sikloalkan va alkenlar ham koks hosil qilishiga qobilyatlidir, ammo
bevosita emas, balki chuqur oʻzgarishlar va aromatlash jarayonlarida. Arenlarni
koksga soʻngra esa grafitga oʻtishi termodinamik nuqtai-
nazardan qonuniyatlidir,
chunki u erkin energiya sathining pasayishi bilan sodir boʻladi. Benzol → naftalin →
antratsen → piren → grafit qatorida bitta uglerod atomiga erkin energiyaning zahirasi
(kJda) quyidagi tartibda kamayadi:
20,6 → 19,8 → 18,8 → 16,8 → 0.
Koks olish uchun xom ashyo boʻlib ogʻir neft qoldiqlari xizmat qiladi.
Kokslashda - gaz, benzin, gazoyl fraksiyalari va koks olinadi. Gudronni kokslashda -
11 % gaz, 16 % benzin, 49 % koks distillyati, 24 % koks olinadi.
Kokslash mahsulotlarini sifati va unumdorligi xom ashyo tarkibi va jarayonni
olib borish sharoitiga bogʻliq. Yuqori oltingugurtli neft qoldiqlarini kokslash vaqtida
hosil boʻladigan koks tarkibi C 4 % gacha boradi. Bu koks yoqilgʻi sifatida
ishlatiladi. Kokslash - bu bir necha jarayonlarni (bugʻlanishni, murakkab molekulali
birikmalarni - oddiyroq parchalanishi, zichlanishlarini) oʻz ichiga oladi. Bugʻlanishni
tez yoki sekinlik bilan borishi kokslanishga ta’sir koʻrsatadi [2].
Masalan:
a) agar jarayon borayotgan joydan bugʻlanish natijasida hosil boʻlgan moddalar
tezlikda olinib turilsa koks kam, koks distillyati esa koʻp hosil boʻladi.
b) Yuqori bosimda bugʻlanish sekin boradi. Shu sababli bunday kokslash
vaqtida gaz va koksni hosil boʻlishi koʻpayadi, koks distillyatiniki esa kamayadi.
Temperaturani ortishi ham koks hosil boʻlishini kamaytiradi. 490, 1,4
atm.kokslash jarayonining optimal sharoiti hisoblanadi. Neft koks iste’molchilarining
aksariyatida kam oltingugurtli koksga ehtiyoj yuqori.
Shuning uchun kokslashga
birinchi navbatda tarkibida 0,5-0,8% dan koʻp boʻlmagan oltingugurtni saqlagan
qoldiqlarni yuborish kerak. Oltingugurtli xom ashyodan kam oltingugurtli koksni
olish mumkin boʻlgan komplekslarning texnologik sxemalari ishlab chiqilgan, ammo
bu sxemalar boʻyicha olingan koksning tannarxi kam oltingugurtli qoldiqlardan
ishlab chiqarilgan koksnikiga qaraganda ancha yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: