Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

Малака ошириш курсларинг ўқув режа ва дастурини такомиллаштиришда: 
­
Ўқув – услубий мажмуаларни яратиш; 
­
Битирув малакавий ишларнинг очиқ маълумотлар базаси шакллантириш; 
­
Умумтаълим фанлари кесимида ахборот­таълим ресурслари ва мустақил таълим 
ресурлари ишлаб чиқиш; 
­
Қайта тайёрлаш курсларининг ўқув режаси ва дастурларини ишлаб чиқиш; 
­
Ҳудудий марказлар ҳақида маълумотлар базаси; 
­
Ҳудудий малака ошириш марказлари профессор­ўқитувчиларининг видеодарслар 
базаси; 
­
Малака оширган ўқитувчиларнинг ҳудудлар ва фанлар кесимида маълумотлар базаси 
шакллантирилди. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
27 
Хулоса қилиб айтганда, малака ошириш ва қайта тайёрлаш курсларининг ўқув 
режалари ва дастурларига мувофиқ халқаро тажрибаларга асосланган ҳолда ўқитишнинг 
масофавий усуллардан кенг фойдаланиб ўқув жараёнини автоматлаштириш натижасида 
Халқ таълими ходимларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш ҳудудий марказлари 
ўқув жараёнини мониторинг қилиш ахборот тизими ва масофадан ўқитиш платформаси 
ишлаб чиқилади ҳамда ўқитувчиларнинг педагогик маҳорат ва билим даражасини узлуксиз 
ошириб бориш механизми яратилади. 
TAYANCH KOMPETENSIYLAR - ZAMONAVIY TA’LIM NATIJASINING YANGI
NAMUNASI 
BADALBOYEVA SH., Andijon viloyati Qorasuv tumani 19-IDUM o‘qituvchisi
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb 
ataladi) ning maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim 
standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish 
tartibini belgilaydi. 
Kompetensiya quyidagi komponentlar o‘zaro ta’sirining integral natijasi sanaladi: 
motivatsiya - faoliyatning shu turiga chuqur qiziqish, manfaatdorlik, muayyan vazifani hal 
qilish uchun shaxsiy mazmunning mavjudligida o‘z ifodasini topadi; 
maqsadli - shaxsiy mazmunlar bilan nisbatlanadigan shaxsiy maqsadlarni belgilash malakasi; 
faoliyatdan kutilgan natijaga erishishni ta’minlaydigan shaxsiy reja va loyihalarni tuzish, muayyan 
xatti­harakatlar, xulq­atvorni ongli konstruktsiyalash bilan bog‘liq; 
yo‘nalganlik - faoliyatning tashqi (faoliyatning umumiy asosini anglash, real obyektlar 
doirasini bilish, ularga doir bilim, malaka va ko‘nikmalar) hamda ichki sharoitlarini (mavjud fanga 
oid va fanlararo bilim, malaka va ko‘nikmalar, sub’ektiv tajriba, faoliyat usullari, psixologik 
xususiyatlar va sh.k.): o‘quvchining o‘z shaxsining kuchi va zaif tomonlari ustida ishlashini hisobga 
olishni nazarda tutadi;
funksional - bilim, malaka va ko‘nikmalar, faoliyat usullari va axborot sovodxonligidan 
o‘zining mumkin bo‘lgan xatti­harakat variantlari, qaror qabul qilish, o‘zaro hamkorlikning yangi 
shakllarini qo‘llash va sh.k. da bazi sifatida qo‘llash qobiliyatini nazarda tutadi; 
nazorat - faoliyat jarayoni va natijalarining aniq "o‘lchagich"lari (mezonlari) mavjudligini, 
faoliyatning to‘g‘ri usullarini mustahkamlash, belgilangan va qabul qilingan maqsadga muvofiq 
xatti­harakatlarni takomillashtirishni ko‘zda tutadi; 
baholash - o‘z­o‘zini tahlil, o‘z nuqtai nazarini, muayayyan bilimini, o‘zining faoliyati 
zarurligi yoki kerak emasligini o‘zi adekvat baholash kabilarga qodirlik bilan bog‘liq. Bu 
komponentlar o‘quvchining umumiy kompetensiyasi strukturasida o‘zaro uzviy bog‘liq. Su sababli 
har bir komponent boshqalarining rivojiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Insonning tegishli 
kompetensiyani egallaganligi kompetentlik termini bilan ataladi. Kompetensiya ta’limiy 
tayyorgarlikning avvaldan berilgan normasi bo‘lsa, kompetentlik ma’lum sohada shaxsning sifatli, 
sermahsul faoliyati uchun zarur bo‘lgan sifatidir. Kompetentlikning pedagogik hodisa sifatidagi 
asosiy xususiyati shundan iboratki, kompetentlik ­spetsifik bilim va malakalar emas, balki mavhum 
umumfan fikrlash yoki mantiqiy operatsiyalari (garchi u fanga oid bilim va malakalarga 
asoslanadi), istalgan yoshdagi, istalgan kasbdagi inson uchun zarur muayyan hayotiy malaka va 
ko‘nikmalar. Qator mamlakatlar ta’lim tizimi tahlili ko‘rsatadiki, ta’lim mazmunini yangilash, uni 
dunyo ta’lim makoniga integratsiyalash ehtiyojlariga muvofiqlashtirish yo‘llaridan biri o‘quv 
dasturlarini kompetent yondashuvga yo‘naltirish sanaladi. Kompetent yo‘naltirilgan ta’lim bilan 
bog‘liq muammolar YUNESKO, YUNISEF, BMT RD, Yevropa Kengashi, Yevropada hamkorlik 
va rivojlanish tashkiloti (OBSE) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘rganiladi. 
Yevropaning ko‘plab davlatlarida o‘quv dasturlariga ta’lim oluvchilar zarur kompetensiyalarga 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
28 
erishishi uchun asos tayyorlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilgan. Ko‘pchilik olimlar hozirda 
eng muhim, tayanch kompetensiyalarning cheklangan to‘plamini belgilash zaruratini 
ta’kidlamoqda. Yevropa Kengashining "Yevropa uchun asosiy kompetensiyalar" mavzusidagi 
Simpoziumida asosiy kompetensiyalarning taxminiy ro‘yxati belgilandi. Bu kompetensiyalar: 
o‘rganish, izlash, o‘ylash, hamkorlik qilish, ishga kirishish, moslashish (adaptatsiya qilish). Biroq 
kompetensiyaning kelishilgan (muvofiqlashtirilgan) ta`rifi va asosiy kompetensiyalarning ro‘yxati 
hali mavjud emas, zero kompetensiyalar ­ eng avvalo, jamiyatning o‘z fuqarolari tayyorgarligiga 
buyurtmasidir, ularning ro‘yxati ma`lum mamlakat yo mintaqa sotsiumining muvofiqlashtirilgan 
nuqtai nazari (pozitsiyasi) bilan belgilanadi. Rasman kompetensiya tushunchasi Yevropa 
Kengashining ta`limni yangilash sohasiga aloqador tavsiyalari bilan kiritilgan. Bu tushunchada 
diqqat shunga qaratiladiki, istalgan tajriba va bilimlar emas, balki samarali faoliyat uchun talab 
qilinadiganlari zarur. Umum tomonidan e`tirof qilingan kompetensiya turlariga quyidagilar kiradi: 
umumiy (universal, fanusti) ­ mehnat perdmeti va ob`ektiga nisbatan kam bog‘langan va 
ko‘chiriladigan kompetensiyalar; ish joyi talablariga muvofiq kasbiy faoliyatni sermahsul amalga 
oshirish imkonini beradigan qobiliyatlar sifatida tushuniladigan kasbiy kompetensiyalar [2]. Xorijiy 
manbalarga (TUNING loyihasi) muvofiq: predmet sohasiga aloqador (yoki predmetli­
ixtisoslashtirilgan), ta’limning o‘ziga xos sohasi bilan bog‘liq va unga aloqador kompetensiyalar; 
universal, barcha darajalar uchun umumiy bo‘la oladigan va muayyan ijtimoiy guruhlar uchun 
muhim sanaladigan kompetensiyalar (instrumental (IK), shaxslararo (SHK) va tizimli 
kompetensiyalar (UFK)) farqlanadi [2]. Ukrainalik olimlar o‘quvchilarning yettita tayanch 
kompetensiyasini belgilashadi. E`tiborli tomoni, olimlarning fikricha, mustaqil o‘qiy oladigan bola 
kelgusida mustaqil va ijodiy ishlay va yashay oladi. 
O‘qish (bilim olish) kompetensiyasi. 
Umummadaniy kompetensiya (shaxs va jamiyat madaniyatini barcha jihatlarda oshirishni 
nazarda tutadi). 
Fuqarolik kompetensiyasi. 
Tadbirkorlik kompetensiyasi. 
Ijtimoiy kompetensiya. 
Axborot­kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq kompetensiyalar. 
Sog‘liqni saqlash kompetensiyasi. 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb­hunar ta’limi markazining yetakchi mutaxassislari bilan 
o‘zaro hamkorlikda tuzilgan mazkur loyihalarda umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit uch 
bosqichga ajratilgan va quyidagi kompetensiyalar ta’lim jarayonida o‘quvchilarda shakllantirilishi 
lozim bo‘lgan asosiy tayanch kompetensiyalar sifatida belgilab berilgan: 
Kommunikativ kompetensiya; 
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi; 
Shaxs sifatida o‘z­o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi; 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; 
Umummadaniy kompetensiya. 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish. Ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan bu tayanch kompetensiyalar har bir fan doirasida 
predmetga oid kompetensiyalarni shakllantirish bilan parallel ravishda olib borilishi va 
takomillashtirilishi maqsadga muvofiq. Shunga ko‘ra, 2016 yilda mukammal loyihalashtirilgan 
O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz majburiy ta’lim tizimining Davlat ta’lim standartlari va o‘quv 
dasturlarida o‘quvchilarda shakllantiriladigan va rivojlantiriladigan metapredmetli, ya’ni tayanch 
kompetensiyalarning umumiy tasnifi hamda har bir fan mohiyatidan o‘sib chiqadigan maxsus 
tasniflari alohida­alohida ko‘rsatib berilgan. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
29 
ПЕДАГОГЛАРНИНГ КОМПЕТЕНTЛИГИНИ ОШИРИШДА МАСОФАВИЙ 
ЎҚИТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ 
ВАЛИЕВА Д.И., Қибрай тумани 34-сонли мактаб ЎИБДЎ 
МИРЗАЕВА Д.Б., Қибрай тумани 2-сонли мактаб ЎИБДЎ 
 
Глобаллашув даврида таълим жараёнига анъанавий тушунчалар қаторига янги­янги 
воситалар кириб келмоқда. Ўқитиш ва таълим жараёни учун булар янгилик эмас. Ушбу 
иборалар ёнидан жой олган масофавий ўқиш, масофавий таълим ибораларининг кириб 
келиши таълим тизими такомиллашувини, яъни техника асрининг асосий мақсад ва 
вазифаларини белгилаб берувчи кучга айланмоқда.
Масофавий таълим–масофадан туриб, ўқув ахборотларини алмашувчи воситаларга 
асосланган, ўқитувчининг махсус ахборот муҳити ёрдамида, аҳолининг барча қатламлари ва 
чет эллик таълим олувчиларга таълим хизматларини кўрсатишига мўлжалланган таълим 
комплексидир. 
Дарҳақиқат, масофавий ўқитиш хусусида тўхталар эканмиз, ундан узлуксиз таълим 
тизимида қандай фойдаланиш мумкин, унинг қандай шакл ва моделлари мавжудлиги соҳа 
мутахассисларини қизиқтириши мумкин.
Инсоният йигирманчи асрни ҳоясида анчагина муаммоларгадучкелдики, улар 
бевоситаахборот телекоммуникация соҳасидаги жиддий ўзгаришлар, хусусан, хборот 
технологияларининг жадал суръатлар билан ривожланиши ҳеч биримизни бефарқ 
қолдирмайди. Таълим, ишлаб чиқариш ва кишилик жамиятида янги ахборот коммуникация 
воситалари кириб кела бошлади. Шу ўринда таъкидлаш муҳимки, интернет глобал 
компьютер тармоғининг ривожланиши бутун дунё таълим тизимини такомиллаштиришнинг 
янги йўналишлари очилишига сабаб бўлди, десак хато эмас. Биринчидан, ўқув муассасалари 
техник таъминотининг кескин ўзгариши, дунёвий ахборот ресурсларга кенг йўл очилиши 
ўқитишнинг янги шакл ва усулларидан фойдаланиш заруратини келтириб чиқарди. 
Замонавий ахборот ва коммуникация технологиялари воситаларининг таълим 
жараёнига кириб келиши анъанавий ўқитиш усулларига қўшимча равишда янги ўқитиш 
шакли – масофавий ўқитишнинг вужудга келишига омил бўлди. Масофавий ўқитиш барча 
таълим олиш истаги бўлганларга ўз малакасини узлуксиз ошириш имконини яратади.
Шундай экан, масофавий ўқитиш – ўзаро маълум бир масофада интернет технология 
ёки бошқа интерактив суллар ва барча ўқув жараёнлари компонентлари – мақсад, мазмун, 
метод, ташкилий шакллар ва ўқитишусулларигаасосланган ўқитувчи ва тингловчи 
ўртасидаги муносабат.
Мамлакатимизда мазкур йўналишда олиб борилаётган таълим тизимининг ахборот 
технологиялари, телекоммуникация технологиялари ва техник воситаларига асосланган 
фаолиятларининг кенг йўлга қўйилганлиги ҳам барча соҳалар каби таълим тизимида 
кенгтатбиқ қилинаётганлиги бугунга келиб, ўз самарасини бермоқда. Жумладан, республика 
бўйича педагог ходимлар малакасини ошириш худудий марказларида масофавий ўқитиш 
ташкил этилган. Бу эса, ўз навбатида таълим муассасаларида фаолият юритаётган 
ходимларни узлуксиз касбий таълимга жалб этиш имкониятини яратди. Ушбу 
концепциянинг мақсади – билим ва кўникмаларни кенгайтириш, чуқурлаштириш, қайта 
ўрганиш ва уларни юқори даражада сақлашдан иборат. Шунингдек, узлуксиз таълимнинг 
кундузги ва масофадан ўқитиш турлари мавжуд. Масофадан ўқитиш тизими, таълим 
олувчилар учун қизиқарли бўлиб, улар ишдан ажралмаган ҳолда, йўлга вақт ва сарф­харажат 
қилмасдан, маошни йўқотмасдан туриб маърузаларни ўзига қулай пайтда ўзлаштиради. 
Масофадан ўқитишнинг турли ташкилий­техник вариантлари – махсус сайтлар 
орқали, телевидеоконференция ёки семинар кўринишида олиб борилади. Ҳозирги кунда 
ушбу услубнинг тарафдорлари ортиб бормоқда.


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
30 
Масофадан ўқитиш бўйича ўқув жараёнлари вилоят малака ошириш институтларида, 
шаҳарларда, туманларда белгиланган ҳудудларда ўқув жараёнлари ташкил этилган бўлиб, 
ўқув блокларидаги материалларнинг янгиланиб борилиши, умумий назоратларнинг ташкил 
этилиши А.Авлоний номидаги марказий малака ошириш институти томонидан олиб 
борилади. Юқорида таъкидлаганимиздек, масофадан ўқитишнинг афзалликлари жуда катта. 
Нафақат ўқитиш, балки педагоглар фаолиятида инновацион технологияларнинг ўқув 
жараёнига татбиқи, фан янгиликлари, муҳим бўлган маслаҳатлар ҳам ўқув жараён давомида 
бериб борилади. Ушбу йўналишни бошқаришда МЎҲМ маркази ходимлари, фанлар 
кесимида мутахассиларнинг жалб этилиши, тажрибали компьютер техник операторлари 
ўрни алоҳида аҳамиятга эга бўлмоқда. Тизимни ривожлантиришда интеллектуал компьютер 
технологияларини жорий этиш бўйича асосий техник ва маълумотлар базаси шакллантириш, 
жойларда компьютер мавжуд бўлиши, локал тизими ва у интернет тармоғига уланган 
бўлиши муҳим шартлардан биридир.
Бугунги кун педагоги ўқув жараёни олиб боришида кўплаб вазифаларни бажариш ва 
бошқариш жараёнини такомиллаштиришда ахборот тизимидан
Хулоса ўрни шуни айтиш мумкинки, педагог технологиялар, интерфаол усуллар дарс 
самарадорлигини оширишда қай даражада муҳим аҳамият касб этадиган бўлса, масофавий 
таълим ҳам бугунги кун педагогининг АКТ компитентлигини ошириш ва дарс жараёнида 
компьютер техникасида оқилона фойдаланиш таълим сифатини оширишда юқори ўринларда 
бирига чиқиб олганлиги амалда ўз ифодасини акс эттирмоқда.
УМУМТАЪЛИМ ТИЗИМИДАГИ ҚАРОРЛАРГА ТАЪСИР ЭТУВЧИ ОМИЛЛАР 
ҲАҚИДА 
ГУЛБАЕВ Н.А.,  Тошкент вилояти ЧДПИ доценти 
Таълим тизимидаги раҳбарлар ва ўқитувчилар ҳаётида таълим­тарбия, ахлоқий­этик 
меъёрлар, маданий ва маънавий қадриятлар, умумтаълим мактаби педагогик коллективи 
орасидаги муносабатлар муҳим ўрин тутади. Педагогларнинг мақсадга йўналтирилган 
ижтимоий қарашлари, ҳаёт тарзи ва урф­одатлари унинг камолотга етиши ҳамда ижтимоий 
фаоллигини оширишга жиддий таъсир кўрсатади.
Умумтаълим мактабларини бошқаришда қабул қилинган қарорлар ва буйруқлар 
алоҳида ўринга эга бўлиб, бошқаришнинг муҳим элементи ҳисобланади. Ҳар қандай қарор ва 
буйруқлар бажарилишида у ёки бу даражадаги омиллар унинг бажарилишига тўсиқ бўлади. 
Қарорлар ва буйруқларга таъсир этувчи омилларни ўрганиш ва уни баратараф этиш 
йўллари таълим тизимида ҳозирги куннинг долзарб масалалардан биридир. 
Ушбу муаммони ҳал қилишда, албатта, фан ва техника эришган ютуқлардан 
фойдаланиш, масалан бошқарувнинг ижтимоий-психологик усулларидан фойдаланиш 
анчагина самара беради.
Ҳар қандай мактабни, у йирик ёки кичик мактаб бўлсин, бошқариш зарур. Мактабни 
бошқариш меҳнатнинг ижтимоий хусусиятларидан келиб чиқади. Бошқариш алоҳида меҳнат 
фаолияти сифатида меҳнат тақсимоти, кооперацияси ва дарс машғулотлар кўламининг 
кенгайиши натижасида юзага келган. Бу жараён бошқарув субъектининг муайян бир 
натижага эришиш мақсадида бошқарув объектларига мақсадли таъсир ўтказиш билан боғлиқ 
фаолиятни акс эттиради.
Бошқарув субъекти сифатида туман, вилоят халқ таълимини бошқарувчи ваколати ва 
таъсирига эга бўлган жисмоний ва юридик шахслар тушунилади. Субъектнинг раҳбарлик 
ваколатлари, таъсир ўтказишнинг тарбиявий ва маънавий­ахлоқий дастаклари бошқарув 
фаолиятининг асосларини ташкил этади. Бошқарув объекти туман ва вилоят халқ таълимини 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
31 
бошқарувчи орган таъсири йўналтирилган жисмоний ва юридик шахслардан ҳамда 
ижтимоий­иқтисодий тизимлар ва жараёнлардан ташкил топади. 
Умум таълим мактаблари бошқарув қарорларини қабул қилиш қуйидаги услубларга 
асосланган ҳолда амалга оширилади: 

муаммони қўйиш; 

муаммони ҳал қилиш; 

қарорни танлаш; 

қабул қилингaн қарорларнинг бажарилишини таъминлаш. 
Бошқарувнинг ижтимоий­психологик усулларини таълим тизимига қўллаш мактабда 
юз бераётган ижтимоий ҳодисаларни чуқур ўрганиш ва педагоглар кайфиятига таъсир этувчи 
психологик (руҳий) омилларни билишни талаб этади. Масалан, меҳнат психологияси 
педагогларнинг шахсий хусусиятлари ва қобилиятларини, ўқувчиларни ўқитиш усулларини, 
иш ва дам олиш тартибини, иқтидорли ўқувчиларни танлаш ва баҳолаш усулларини, ўқув 
жараёнининг психологик жиҳатларини ўрганади. Бошқарувнинг психологик усуллари 
педагогик жамоада мақбул психологик ҳолат ташкил этиш йўли билан педагоглар 
ўртасидаги муносабатларни тартибга солишга қаратилган. 
Қарор омиллари (параметрлари) муаммоли вазият ва унинг мумкин бўлган ечимлари 
баҳоланадиган кўрсаткичлардир. Умумтаълим мактабларида қабул қилинадиган қарорларга 
таъсир этувчиларини бошқариладиган ва бошқарилмайдиган турларга ажратишимиз 
мумкин.
Бошқариладиган омиллар - қарор қабул қилувчи раҳбар назоратида бўлиб, уларнинг 
қийматлари муаммо ечими жараёнида аниқланиши мумкин. масалан: мактаб ўқув хоналари, 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish