"Muallim olamning yorig’ chirog’i" (O’qituvchilar kuni munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirning tahminiy ssenariysi.)



Download 24,45 Kb.
Sana02.03.2022
Hajmi24,45 Kb.
#478143
Bog'liq
1-Oktabr Muallim olamning yorug chirogi


"Muallim olamning yorig’ chirog’i"
(O’qituvchilar kuni munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirning tahminiy ssenariysi.)
1-Boshlovchi: Buyuklarning buyugi o’zing,
Sen tufayli yo’lim charog’on.
Ma'rifatning bulog’in ochgan,
Ey, xokisor, ziyobaxsh inson!
2-Boshlovchi: Insoniylik. odob-ahloqdan
Ilk bor sendan olganman ta'lim.
Farzandlaring millionlardan ko’p-
Shunday buyuk, aziz muallim.

1-Boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar! Mo’'tabar murabbiylar, qadrli mehmonlar. "Muallim olamning yorug’ chirog’i" deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz! Avvalombor, mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelayotgan qutlug ayyom-O’qituvchilar va murabbiylar kuni bilan barchangizni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.


2-Boshlovchi: Bugungi bayram kechamizga siz aziz murabbiylarimizni muborakbod etish uchun 1-sinf o’quvchilari tashrif buyurishgan. Hozir ular o’zlari yod olib kelgan she'rlaridan aytib berishadi. Marhamat, aziz bolalar.
1-o’quvchi: O’qishni va yozishni
Endi men ham bilaman
Buning uchun sizga men
Ustoz, ta'zim qilaman.

2o`quychi Qo’shish, bulishayirish.


Karrani ham bilaman
Oq-qorni tanishga
Harakatham qilaman
Buning uchun sizga men
Ustoz ta'zim qilaman.
3-o’quvchi: Onam kabi azizsan ustoz!
Tanbexingdan bo’lmayman xafa.
Ezgulikka undovchi mash'al
Ijodimga yorqin sarlavxa.

Bizlarga xarf tanitib, sabr bilan o’qish va yozishni o’rgatgan ustozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.


1-Boshlovchi: O’qituvchilik eng murakkab san'atdir. Endigina qalbi jo’sh ura boshlagan yosh bolalarning ishonch va hurmatini qozona bilish o’qituvchidan buyuk mahorat talab etadi.
2-Boshlovchi: "Ustoz-otangdek ulug’", degan hikmatda olam-olam ma'no bor. Xatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko’klarga ko’tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug’ deb nisbat beriluvchi inson bor, bu-ustozdir!
1-Boshlovchi: haqiqatan, ota-ona farzandini voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o’sishing, kamolotga erishishing, ilm-ma'rifat cho’qqilarini zabt etishinga ko’maklashadi.
(Sahnaga yana maktab o’quvchilari chiqishadi)

1-o’quvchi: Mehribonim-ustozim, ayyomingiz muborak!


E'zozlab bugun Sizni, aytaman ezgu tilak.
Mashaqqatli kasbingiz aylasa-da bedarmon.
Ayamaysiz o’zingiz, bizni o’ylaysiz har on.
2-o’quvchi: Qayg’urasiz biz uchun, yonib-kuyib so’ylaysiz.
Sabobingiz qalblarga mehr-la jo aylaysiz
Tilagim shul: sog’ bo’ling, yetib yuring yuzlarga.

1-Boshlovchi: O’qituvchini yoshlik gulshanining posboni deydilar. Chindan ham o’qituvchilik kasbining o’ziga xos shavq-zavqi, mehrigiyosi va jozibador sehri bor.

2-BoshlovchiHa o’qituvchi go’zallik sohibidir. Bu olijanob kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo’llarigaqqalam olib jo’shqin hislarini, yaxshi ezgu tilaklarini oqq’og’ozlar betiga bitmagan deymi. hayot abadiy, ammo u yosh avlod bilan hamisha barhayot.
Avlod bor ekan unga ta'lim va tarbiya berayotgan o’qituvchilar ham barhayot. Abadiy yashayveradi.

1-Boshlovchi: Mehribon muallimlarimizni, jonkuyar ustozlarimizni tabriklash uchun so’z navbatini mehmonimizga beramiz.Ular ham ustozlar haqidagi o’zlarining dil so’zlarini bildirmog’chilar. Marhamat.


Mehmonning so’zi.

2-Boshlovchi: hozir yana davraga maktab o’quvchilarini taklif qilamiz. Ular ustozlar haqida yod olib kelgan she'rlaridan aytib beradilar.

1-o’quvchi: Nechog’ baxtiyorman, ta'zimda shu tob
Sizning sha'ningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo’lardim, qo’limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
2-o’quvchi: Siz-ku "Alifbo" dan "qomus"gacha to
Bari-barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor Siz ko’rsatgan duraxshon Zuxro
Bukun she'rim ichra tashbi?dir mumtoz.
3-o’quvchi: Siz mo’'jaz yurakda yoqolgan yog’du
Oqibat quyoshdek socha olur nur,
Buyuklar haqqiga qasamyod gap bu:
Sizdan boshlanadi asli Tafakkur.
4-o’quvchi: Olamda ko’p erur muborak onlar,
Tabarruk zotlar ham garchand ko’p erur,
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis muallimlar, Sizga tashakkur.
1-Boshlovchi: Haq yo’lida kim senga
Bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado
Oning haqin yuz ganj ila.
Ustozlar haqida gap ketganda, hazrat Alisher Navoiyning bu baytlaridan oshirib bir so’z aytmog’ mumkinmikin?
2-Boshlovchi: Kishi hayoti davomida ko’p odamlar bilan uchrashadi, tanishadi, vaqt o’tishi bilan esa ayrimlarining o’zini ham, ismini ham unutadi. Lekin ilm dargohidagi ustozning ismini hech kim hech qachon unutmasa kerak.

1-Boshlovchi: Bu yorug’ olamda har bir odam avvalo o’zining mehribon ota-onasiga, unga ma'rifat va bilim dunyosini ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar, fuqorolik hissi va ma'suliyatini singdirish yo’lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylarga nisbatan hamisha minnatdorchilik tuyg’usi bilan yashaydi.

2-Boshlovchi: Tabiiyki, maktab ostonasiga qadam qo’yganimizda bizning qo’limizga qalam berib, alifboni o’rgatgan birinchi o’qituvchimiz siymosini, dunyoga ko’zimizni ochib bergan murabbiylarni, bu ulug’ zotlarning fidokorona me?natini doimo hurmat-extirom bilan eslaymiz va qadrlaymiz.

2-Boshlovchi: Shu ma'noda, ko’z nuri va qalb ho’rini, butun borlig’ini o’qituvchilikdek olijanob kasbga bag’ishlangan siz, azizlarni har qancha e'zozlab, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

1-Boshlovchi: Elimizda ustozlarni ulug’lovchi ajoyib-ajoyib mahollar bor. E'tibor bering-a;Ustozinga tik qarasang, to’zasan, hurmat qilsang, asta-sekin o’zasan.
Hurmatli o’quvchilar o’zingiz ham ustozlar haqidagi maqollardan aytib beringchi.

1-O’quvchi: Ustoz ko’rgan-xat tanir.


2-O’quvchi: Ustzsiz shogird-jonsiz terak.
3-O’quvchi: Ustoz ko’rmagan shogird-har maqomga yo’rg’alar.
4-O’quvchi: Ustoz otangdek ulug’.
5-O’quvchi: Ustoz qanday -shogird shunday.
6-O’quvchi: Ustoz bilimli-shogird olim.
7. O’quvchi: Usta borida qo’lingni tiy.
8-O’quvchi: Usta bo’lsang ham, ustozingni unutma.

(Sahnaga ikkala boshlovchilar chiqib kelishadi)


Shunday qilib, hurmatli mehmonlar, aziz o’quvchilar bugungi bayram tadbirimiz nihoyasiga yetdi. Ustozlar haqida qancha gapirsak, shuncha oz. qancha faxrlansak, arziydi.
Alifboni o’rgatgan,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan,
Ilm-fanga dilimda
Kuchli xavas uyg’otgan-
Birinchi muallimim.
Farzand va shogirdlarning kamolini ko’rish doimo sizlarga nasib etsin, aziz ustozlar!
(Kecha nihoyasida o’quvchilar ustozlarga guldastalar xadya etadilar.)
Download 24,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish