Mualliflar jamoasi



Download 0,79 Mb.
bet18/45
Sana20.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#830657
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Ma’lumot chiqish kanalining paydo bo‘lish sababi va sharoitlari


Tizimli yechimlarning takomillashmaganligi


Ishlatiladigan elementlarning eskirganligi




Konstruktiv (tuzilishi)


Texnologik


Kattaliklarning o‘zgarishi


Avariya tufayli ishdan chiqishi



YOEMNNning paydo bo‘lish manbasining sharoiti va sababining tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning paydo bo‘lishiga ma’lum toifadagi texnik vositalarning ishlash sxemasini takomillashmaganligini, elementlarning ishlatilishi natijasida eskirganligini va shu kabilar asos bo‘ladi.
Texnik kanal bo‘yicha ma’lumotlar chiqib ketishidan himoyalashda, odatda quyidagi amallarning bajarilishi talab etiladi:

  1. Mumkin bo‘lgan ma’lumotlar chiqib ketishi kanallarini o‘z vaqtida aniqlash.

  2. Nazorat zonasi (hududi, kabineti) chegarasida ma’lumot chiqib ketishi kanalining energetik tavsiflarini aniqlash.

  3. Yovuz niyatli shaxslar tomonidan kanalni nazorat qilish vositalarining imkoniyatlarini baholash.

  4. Tashkiliy, tashkiliy-texnik yoki texnik chora va vositalar yordamida ma’lumot chiqib ketishi kanallarining energetikasini yo‘q qilish yoki zaiflashtirish.
    1. Obyektni kuzatish, eshitish va signalni tutib olishning asosiy usullari va tamoyillari




Ma’lumotlarni vizual-optik kanal bo‘yicha chiqib ketishidan himoyalash – konfedensial ma’lumotlarning yorug‘lik energiyasi hisobiga nazorat zonasidan chiqib ketishini bartaraf etish yoki kamaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlardir.
Ma’lumotlarni vizual-optik kanal bo‘yicha chiqib ketishidan himoyalash maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:

  • himoya obyekti shunday joylashtiriladiki, undan qaytadigan yorug‘lik yovuz niyatli shaxslar joylashgan tomonga tushmasligi kerak (fazoviy to‘siq);

  • himoya obyektining yorug‘lik qaytarish xususiyatini kamaytirish;

  • himoya obyektining yorug‘ligini kamaytirish (energetik chega- ralash);

  • atrofini o‘rash vositalari (ekranlar, pardalar, qoraytirilgan oyna, niqob, to‘siqlar va turli chegaralovchi vositalar)dan foydalanish yoki qaytgan yorug‘likni iloji boricha susaytirish;

  • himoya qilish va yovuz niyatlilarni chalg‘itish maqsadida yashirish (maskirovka), imitatsiya va boshqa vositalarni qo‘lla sh;

  • himoya obyektini yorug‘lik qaytarish xususiyati va fon yorqinligini o‘zgartirish orqali maskirovkani amalga oshirish;

  • nazoratsiz tarqalayotgan chiquvchi yoki qaytuvchi nurlardan manbani himoyalashda faol va passiv himoya vositalaridan foydalanish;

  • obyektni maskirovka qilishda aerozol parda, maskirovkalovchi setka, bo‘yoq kabilarni qo‘lla sh.

Yashirishning tezkor vositalari sifatida aerozol pardalari keng qo‘lla niladi. Ular turli moddalarning gazda suzib yuruvchi mayda zarralari bo‘lib, o‘lchami va agregat holatiga qarab tutun, tuman, qurum hosil qiladi va himoya obyektidan qaytgan yorug‘likni to‘sadi. Tutunsimon moddalar yorug‘likni yaxshi yutish xususiyatiga ega.
Kuzatuv va foto suratga olishdan himoyalanishda quyidagilar tavsiya etiladi:

  • hujjatlashtirish, ko‘paytirish va ma’lumotlarni tasvirlash vositalari (kompyuter monitori, umumfoydalanishga mo‘ljallangan ekran va boshqalar)ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki masofadan kuzatishning oldini olish uchun ularni optimal joylashtirish;

  • yorug‘lik o‘tkazmaydigan oynalardan, pardalardan, plyonkalardan va boshqa himoyalash ashyolaridan (reshetka, deraza eshiklari va hokazo) foydalanish;

  • derazalari xavfsiz zonaga (yo‘nalishga) qaratilgan xonalarni tanlash;

  • ma’lum bir vaqtdan keyin kompyuter monitori va umumfoydalanish ekranlarini o‘chiruvchi vositalardan foydalanish (vaqt bo‘yicha ishlash rejimi).

Kuzatuvdan va joylarda foto suratga olishdan himoyalashda maskirovka choralarini ko‘rish, joylashish relyefidan foydalanib obyektni yashirish va obyekt faoliyatini yashirishni ta’minlovchi qo‘riqlash rejimini tashkil etish kerak.
Qiyinroq sharoitlarda faol yashirish vositalari (maskirovkalovchi tutun, aerozollar va boshqa vositalar)ni qo‘lla sh mumkin.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish