Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
79
fonetikadir.Qardosh tillardagi(slavyan,german, roman tillari, turkiy
tillar)tarixiy fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va
geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan o‘xshashlik va farqli
tomonlarini qiyosiy –fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh
bo‘lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni tahlil qilish
natijasida tipologik, qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari
shakllandi.
Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-
fonologik qonuniyatlar quyidagilar:
1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy
holdagi tartib va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan
bog‘liqlikda aks ettiradi. Masalan, singarmonizm(tovushlarning
uyg‘unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik qonuniyatdir.
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo‘lgan
qonuniyatlarni ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o‘zbek
tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o‘zgarishlar hamda yondosh
tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o‘ziga xos
rivojlanish omillari bilan bog‘liqdir.
Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtayi nazardan ikkiga bo‘linadi.
1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning
tarixiy taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o‘zgarishlarni
o‘z ichiga oladi.Til tarixining tarixiy tovush o‘zgarishlarini
o‘rganuvchi bo‘limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi.
2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi
davrda sodir bo‘layotgan fonetik o‘zgarishlarni izohlaydi.
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli murakkab
jarayonlarni o‘z ichiga oladi.Fonetik va fonologik o‘zgarishlar
natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko‘payishi mumkin,
bunda ikki hodisa ro‘y beradi.
1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi
konvergensiya deyiladi. O‘zbek tili tarixida ma’lum bo‘lgan til oldi
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
80
va til orqa, qisqa va cho‘ziq fonemalar keyinchalik birlashib, o‘rta
cho‘ziqlikka ega bo‘lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan.
2.Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya
deyiladi. Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik
ikki fonemaga ajralgan: a va o.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion
o‘zgarishlari ham kiradi.
Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar
ta’sirida o‘rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: