Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
76
76
bo‘lim. Adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan
shevalardan ajralib turadi. Orfografik me’yorlar yozma nutqning
xususiyatlarini ochib beradi.
Orfografiya so‘zlarning, qo‘shma so‘zlarning yozilishi, bosh
harflar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirish haqidagi qoidalar tizimidan iborat.
Asosiy orfografik qoidalar (imlo qoidalari) quyidagilar:
1. a unlisi urg‘usiz bo‘g‘inlarda i ga yaqin talaffuz etilsa ham a
ning o‘zi yoziladi: muomala, muhokama.
2. Aql, rahm, ilm, asr, fikr.
.. so‘zlaridagi yonma-yon kelgan
undoshlar orasida bir unli qo‘shib talaffuz etilsa ham yozilmaydi.
3.
Taqsim, maqtov, maqsad
so‘zlaridagi q tovushi x tarzida
talaffuz etilsa ham q ning o‘zi yoziladi.
4. O‘zak va qo‘shimchalar morfologik qoida asosida yoziladi.
5. So‘zlarni qo‘shib, ajratib va chiziqcha bilan yozishda
quyidagilarga amal qilinadi:
a) qo‘shma so‘zlar yaxlit bir ma’noni ifodalasa, qo‘shib yoziladi;
oshqozon, oybolta, boyo‘g‘li, gultojixo‘roz, tuyaqush; joy nomlarini
bildirgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi; Qoraqamish, Yangiyo‘l,
Oqtepa, Qizildaryo, Kuyganyor, Buloqboshi; ikkinchi qismi yo-
lashgan
unlilar
bilan
boshlangan
qo‘shma
so‘zlar
ajratib
yoziladi;qozon yuvg‘ich,er yong‘oq.
-qo‘shma so‘z qismlari bir-birini izohlasa,bunday qo‘shma
so‘zlar ajratib yoziladi:
temir yo‘l, jigar rang, tim qora, osma
ko‘prik
.
-
qo‘shma fe’llar ajratib yoziladi:
sotib olmoq.
b) juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: yor-do‘st; yaxshi-yomon,
erta-kech. Agar juft so‘zlar orasida-u,-yu yuklamalari qo‘llansa,
yuklama birinchi so‘zga chiziqcha orqali qo‘shiladi;
er-u osmon,
yaxshi-yu yomon, erta-yu kech.
Takroriy so‘zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: katta-katta.
6. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
77
77
a) bir unlidan iborat bo‘g‘in birinchi yo‘lda qoldirilmaydi yoki
o‘zi alohida keyingi yo‘lga o‘tkazilmaydi:
u-ka
emas:
uka
;
mudofa-a
emas:
mudofaa.
b) ng harfi bir tovushni ifodalagan o‘rinlarda (so‘zlarda)
ajratilmaydi:
ko‘-ngil, si-ngil, ing-ramoq, zang-lamoq;
v) ‘ belgisi o‘zidan oldingi bo‘g‘in tarkibida qoladi:
ma’-no , ta’-
lim, san’-at.
g)
IIV, 1991 yil, XX asr
kabi qisqartma so‘zlar yoki ko‘p xonali
sonlar ikkinchi yo‘lga ko‘chirilmaydi.
d) rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar o‘sha til qoidalariga amal
qilgan holda bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi; in-gliz, kon-gress, trans-
port, shtan-ga.
7. g
ijda, mujda, ajdar
kabi arab va fors tilidan o‘zlashgan
so‘zlarda j harfi
jurnal
so‘zidagi kabi sirg‘aluvchi tovush ifodasi
uchun yoziladi.
8.Q
ing‘ir, qo‘ng‘ir, qorong‘i, to‘ng‘ich
,.. so‘zlarida ng ga
o‘xshash talaffuz etilsa ham n yoziladi.
9.
isi-q-issiq, achi-q-achchiq
so‘zlarining yasalish jarayonida
undosh takrorlanishi kuzatiladi.
10. So‘z qismlari imlosi. So‘zning asl ma’nosini anglatgan qism
o‘zak deyiladi. O‘zak so‘zning asl ma’nosini anglatib, qismlarga
ajratilmaydi: gulchi: gul-o‘zak. O‘zakka yasovchi qo‘shimchalar
qo‘shish bilan hosil bo‘lgan yangi so‘z negiz deyiladi. Qo‘shimchalar
asosan morfologik yozuv qoidasi asosida yoziladi.
O‘zak negizida -u(-yu) tovushlari bo‘lgan so‘zlardan ot
yasalganda -im qo‘shimchasi -um tarzida aytiladi va yoziladi: tuzum,
unum, uyum-uyum.
11. Bosh harflar imlosi:
a) atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi: Naima, Yangiyo‘l.
b) hurmat ma’nosida qo‘llangan Siz va O‘zingiz olmoshlari bosh
harfda yoziladi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
78
78
v) bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalarning birinchi
so‘zi: 8 Mart, To‘qqizinchi may;
g) Oliy tashkilotlar va faxriy unvonlarning har bir so‘zi bosh
harfda
yoziladi:
O‘zbekiston Oliy Kengashi, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, O‘zbekiston
Qahramoni.
d) Orden va medal nomlari bosh harf bilan,
orden
va
medal
so‘zlari kichik harfda yoziladi: “Mustaqillik” ordeni, “Do‘stlik
ordeni, “Shuhrat” medali.
e) atab qo‘yilgan tashkilot, gazeta va jurnal, badiiy asar nomlari
birikma holida bo‘lsa, birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi hamda
birikma (yoki so‘z qo‘shilmasi) qo‘shtirnoqqa olinadi: ”Yulduzli
tunlar” romani, “Farhod va Shirin” dostoni.
j) birikmaning ikkinchi (yoki uchinchi) so‘zlari atoqli ot bo‘lsa,
bosh
harfda beriladi
: Markaziy Farg‘ona, Katta Andijon kanali.
z) umumiylik, tur, belgi kabi ma’nolarni ifodalagan ayrim atoqli
otlar kichik harf bilan yoziladi:
Faxrimizsiz, aziz farhodlar!
Anjumanda beshta o‘zbekistonlik ishtirok etdi
.
i) so‘zlarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma otlar bosh
harfda yoziladi: MDH, AQSh, BMT.
Do'stlaringiz bilan baham: