я – меня; men –meni-menga;
мы - нас; biz – bizni – bizga;
Grammatika tilning ichki qurilishi haqidagi bo‘lim hisoblanib,
ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
MORFOLOGIYA
Morfologiya
grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari,
so‘zning grammatik shakli, grammatik ma’no, morfologik kategoriya
( tushuncha)larni o‘rganuvchi bo‘lim. Morfologiya so‘zni grammatik
birlik sifatida tekshiradi. So‘z grammatik birlik sifatida grammatik
ma’nosi va grammatik shakliga ega bo‘ladi.
Grammatik ma’no
So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi, so‘zning
ma’lum bir grammatik shakl orqali ifodalanadigan ma’nosi
grammatik ma’no hisoblanadi;
qalam, suv, tosh, olma, bog‘,uy
so‘zlari bir grammatik ma’noga mansub so‘zlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |