Iboralarning asosiy qismi bir ma’noli. Iboralarda ko‘p ma’nolilik
kam uchraydi:
Eskini yamaguncha esing ketadi. Uni maqtab esi
ketdi
. Jangchi goh-goh o‘ziga kelib yotdi. Endi o‘zinga kelding.
Omonim iboralar Bir xil shaklda tuzilgan, ammo boshqa-boshqa ma’nolarni
ifodalaydigan iboralar omonim iboralar deyiladi. Omonim so‘zlar
tilda ko‘p bo‘lishiga qaramay, omonim iboralar kam uchraydi.
1
. Boshiga ko‘tarmoq . Uyni
boshiga ko‘targan bolalar tinchib
qolishdi (“shovqin solmoq” ma’nosida);
2.
Boshiga ko‘tarmoq . Har doim sizni
boshiga ko‘taradi.
(“e’zozlamoq” ma’nosida);
3.
Og‘ziga olmoq (ichmoq ): Ilgari bir qatra
og‘ziga olmas edi.