Vulgarizm (lat. “dag‘al”)-adabiy tilda ishlatilmaydigan yoqimsiz,
qo‘pol so‘zlar, noto‘g‘ri jumlalar:
Ey, sharmanda, benomus, bebosh.
Vulgarizm ham noadabiy qatlamga kiradi.
Tasviriy ifodalar Nutqning ta’sirchanligini oshirish uchun qo‘llanadigan ifodalar
tasviriy ifodalar deyiladi. Tasviriy ifodalar asosan ot turkumidagi
so‘zlar bilan ifodalanadi:
matematika, shaxmat-aql gimnastikasi; yozuvchi, shoir- qalam ahli; rassom-mo‘yqalam sohibi; archa- o‘rmon malikasi; makkajo‘xori-dala malikasi; paxta-oq oltin; ko‘mir, neft-qora oltin; paxta terish mashinasi-zangori kema; osmon- moviy gumbaz.