MISR EHROMLARI HAQIDA HAYRATOMUZ FAKTLAR.
* Har biri 20 tonna og’irlikdagi toshlardan bino etilgan. Bu toshlar esa yuzlarcha km uzoq masofalardan keltirilgan.
* Piramida kimning nomiga qurilgan bo’lsa, uning mumiyasi turgan honaga yilda 2 marotaba quyosh kiradi, tug’ilgan kuni va tahtga chiqqan kuni.
* Mumiyolarda radioaktiv moda bo’lganligi sababli ularni birinchi bor topgan 12 olim rak kasalligidan vafot etgan.
* Piramidalar ichida ultraovoz, radar, sonar kabi jihozlar ishlamaydi.
* Kirli suv piramida ichida bir necha kun qolsa, suv tozalangan holda ko’rish mumkin.
* Piramida ichida sut bir necha kun buzilmaydi va buzilmasdan qatiq holiga keladi.
* O’simliklar piramida ichida judayam tez o’sadi.
* Piramida ichida qolgan suv, 5 hafta turgandan keyin yuz losyoni sifatida ishlatish mumkin.
* Yaralar, vujuddagi yongan yerlar piramida ichida tez tuzaladi.
* Piramidaning ba’zi honalarida nima borligi haqida bir belgi yo’q, ilmiy izlanuvchilar piramida ichida adashib qoldilar yoki bir joyda aylanib yurdilar, lekin ichki honalarni ko’rolmadilar.
* Piramida ichi yozda sovuq, qishda issiq bo’ladi.
“Qashqirlar Makoni“ teleseriali haqida Qiziqarli Faktlar.
Serialning bosh qahramonlaridan biri – Sulaymon Chaqir rolini ijro etgan aktyor Oktay Kaynarja shu paytgacha asosan teatr sahnasida faoliyat yuritgani tufayli xalqqa yaxshi tanish emas edi. Shu bois “Qashqirlar makoni” muxlislari uni Chaqir sifatida eslab qolishgan.
Bir kuni Kaynarjaning mashinasi bir mashina bilan to‘qnashib ketganida, aktyorni ko‘rgan mashina haydovchisi orqa-oldiga qaramay qochib ketgan ekan; Sulaymon Chaqir dushmanlari qo‘lida halok bo‘lganida, serial muxlislari uning xotirasiga chinakam motam tutgan ekanlar; “Qashqirlar makoni Tuzoq”qahramonlaridan biri – Muro shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, Zubeyr Shashmaz tomonidan uning “Qashqirlar makoni”dan keyingi hayoti haqida komediya ishlandi; Po‘lat Alamdar obrazini jonlantirgan Nejati Shashmaz aslida nozikta’b inson bo‘lib, she’r yozib turadi; Ipsos KMG kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, Nejati Shashmaz 2008-yilning eng chiroyli aktyori deb tan olindi. Lekin uning xabar bilan birga chop etilgan rasmi sifatsizligi bilan muxlislarni biroz ranjitdi; O’z intervyularida ko‘p bora orzusi chinakam sevgi sohibi bo‘lish ekanligini ta’kidlagan Po‘lat Alamdar o‘z muhabbatini aktrisa Nefise Karatay timsolida topganday edi go‘yo. Uning iltimosiga ko‘ra aktrisa “Qashqirlar makoni Tuzoq” serialiga Ohu Torosroliga taklif qilingan bo‘lib, stsenariy bo‘yicha film oxirida Po‘lat va Ohu turmush qurishlari lozim edi. Ammo Nefise Karatayning xiyonati haqida xabar topgan Nejati Shashmaz akasi – stsenariy muallifi, rejissyor va prodyusser Raji Shashmazdan stsenariyni o‘zgartirishni so‘radi.Natijada Ohu Toros “o‘ldirildi” vaserialdan chiqib ketdi. Po‘latni esa aqlliva go‘zal talaba qiz bilan uchrashtirib qo‘yishdi.
Go‘zal so‘zlar “Qashqirlarmakoni”ning eng diqqatga sazovor tomonlaridan biri – qahramonlarning xarakteri chiroyli dialoglar va unutilmas suhbatlar vositasida yorqin ochib berilgan. Serial haqli ravishda turk adabiy tilining imkoniyatlaridaneng unumli foydalanilgan kartina debtan olingan. Filmdagi bunday so‘zlar va hikmatlar “Qashqirlar makoni: go‘zal so‘zlar, unutilmas dialoglar” kitobida to‘plab nashr qilingan. Quyida ulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz:
Agar bir kishi seni bir marta aldasa, bu uning aybidir. Agar bir kishi seni ko‘p bora aldasa, bu sening aybingdir.
Oxirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi.
Katta kuch katta mas’uliyat yuklaydi.
Nomimizning buyukligi do‘stlarimizning buyukligidan.
Katta tog‘ning boshi ham katta bo‘ladi.
Tovuq ovlagan arslon tulkiga masxara bo‘ladi.
O’liklarning o‘ylashicha, tiriklar har kuni holva yeydi.
Aroq ichmagan odaming bilan dushman bo‘lma.
Aqlli insonlar yangi fikrlarni muhokama qiladi, oddiy insonlar natijalarni muhokama qiladi, kichkina insonlar boshqalarni muhokama qiladi.
Shamol qanchalik kuchli esmasin, ko‘taradigani changdir.
Stella Mukofoti yoxud eng be’mani sud qarorlari.
Stella mukofoti (The TRUE Stella Awards) 2002-2007 yillarda AQSHda amalda bo’lgan eng bema’ni sud qarorlariga beriladigan mukofotdir. Bu mukofot 1992 yilda Makdonalds restoranlaridan birida o‘ziga qahva to‘kib yuborib, shundan so‘ng restoranni sudga bergan Stella Libek nomi bilan atalgan. O‘shanda sud kampirshoga 2,9 million aqsh dollari miqdorida tovon puli to‘lashga hukm chiqargan. Mukofotning asosiy maqsadlaridan biri, uydirma voqealarni haqiqatda sodir bo‘lgan hodisalardan ajratishdir. Quyida ushbu mukofotni qo’lga kiritgan ba’zi antiqa sud qarorlaridan bir nechtasini keltirib o’tamiz.
* 2004 yil. Meri Ubaudi avtomobilni himoya kamarisiz sotgani va shu tufayli avtofalokat sodir bo‘lganini aytib, “Mazda Motors” ustidan da’vo qilib, 150 ming dollar talab qilgan.
* 2005 yil. Kristofer Roller – ko‘zboylog‘ich Devid Bleyn va Devid Kopperfild ustidan qilgan da’vo arizasi kiritgan. O‘zini iloh deb hisoblagan da’vogar ko‘zboylog‘ichlarni o‘z fokuslarida fizika qonunlariga e’tibor qilmayotganliklari, demakki, ilohiy kuchdan foydalanayotganliklari, shu bois uning mualliflik huquqini buzayotganliklarida aybladi.
* 2006 yil. Allen Rey Xekkard – Maykl Jordan va “Nayk” kompaniyasiga qarshi da’vo arizasi kiritgan. Xekkardning aytishicha, mashhur basketbolchidan 3 dyuym past, 25 funt yengil va 8 yosh kattaligiga qaramay, uni ko‘pincha Jordan bilan adashtirishar ekan. Shu bois u “tuhmat va doimiy ruhiy zarbalar” uchun 52 million dollar hamda “ruhiy azob va qiynoqlarning o‘rnini bosish uchun” 364 million dollar miqdorida tovon puli talab qilgan. Xuddi shunday da’vo “Nike” asoschisi Fil Naytga ham bildirildi va tovon pulining umumiy miqdori 82 million dollarni tashkil qildi. U “Nike” huquqshunoslari bilan gaplashgandan so‘ng o‘z da’vosidan voz kechdi, chunki advokatlar uning ustidan ham javob tariqasida da’vo arizassi bilan sudga murojaat qilishlarini bildirib po‘pisa qilganlar.
* 2007 yil. Vashingtonlik sudya Roy Person shimi yo‘qolib qolgani uchun kimyoviy tozalash korxonasini ustidan da’vo bilan sudga murojaat qildi. Sudya Person shimini 65 million dollardan qimmatroq baholadi. Oliy sud Personning da’vosini rad etib, kimyoviy tozalash korxonasini zararni qoplashga majbur qildi. Biroq endi sudya bo‘lib ishlamayotgan Person hali ham sud qaroridan norozi bo‘lib, shikoyat qilishga urinib yuribdi.
Vaqt Bo’ylab Sayohat.
Vaqt bo’ylab sayohat qilish nafaqat olimlar, yozuvchlilar, rejissyorlarni, balki oddiy insonlarni ham qiziqtirgan mavzu hisoblanadi. Vaqt bo’ylab sayohatlar to’grisidagi to’qima hikoyalardan tashqari hayotda ham shunday voqealar sodir bo’lganini arxiv, kundalik , rasm va og’zaki hikoyalar orqali isbotlashga harakat qiladilar. Ilmiy isbotini hali topa olmagan vaqt bo’ylab sayohat nazariyasiga ishonish yoki ishonmaslik esa barchaning o’ziga havola.
*Ushbu suratga siz ham bir necha marta duch kelgansiz va u haqidagi voqeani ham o’qigandirsiz. Suratda 1941 yil ko’prik ochilish marosimida ko’pchilik orasida turgan, hozirgi zamon kiyimi kiyib olgan kishini ko’rishingiz mumkin. O’sha zamonda bunday fasondagi kiyimlar bo’lmagan, ayniqsa futbolkadagi bunday yozuvlar keyinchalik urf bo’lgani barchamizga ma’lum. Uning soch turmagi, ko’zoynagi ham shak-shubhasiz u zamon fasoni emas. Fotosuratning haqiqiyligini hisobga olib ko’pchilik mutaxassislar tarafidan ushbu noma’lum shaxs vaqt bo’yicha sayohat qilgan degan hulosa beriladi. Ushbu surat hozir Kanada muzeylaridan birida saqlanadi.
*2003-yilning Mart oyida Nyu York Federal Qidiruv Byurosi (FBI) 44 yoshli Andryu Karlssin ni Wall Street Fond Birjadagi shubhali muavaffiqyatlari uchun hibsga oladi. U 800 dollar bilan birjada tez orada 350 million dollar ishlab topadi va ajablanarlisi, u har qanday dovyurak investor ham pul tikmaydigan yuqori riskli 126 ta qimmatli qog’ozlarga pul tikadi hamda ushbu savdolarning barchasida g’olib chiqadi. Bu darajada omadli bo’la olish mumkin bo’lmasligi hamda uning qandaydir g’irrom o’yin qilayotganini ro’kach qilib, uni tez orada so’roqqa tutadilar. Birja hodimlari hamda tergov hulosasiga ko’ra, u o’sha riskli qimmatli qog’ozlar narhi ko’tarilishini oldindan bilgan va buni qanday amalga oshirgani esa noma’lum. Karlssin tergov davomida olingan videoda o’zining 2256 yildan kelganini va hozirgi voqealardan oldindan habardor bo’lganini aytadi. Shuningdek, u OITS kasalligiga davoni bilishini taklif qiladi. Evaziga esa uni o’z vaqtiga qaytishiga ruxsat berishlarini so’raydi. Uning bu gaplariga ishonmaydilar, lekin u haqida 2002 yil dekabr oyigacha bo’lgan hech qanday ma’lumot mavjud emasligi esa barchani o’ylanishga majbur etadi.
*Italiyaning Tuskani shahri arxivlarida Alberto Gordon ismli shahsning vaqt bo’yicha sayohat qilgani haqida materiallar mavjud. U bir kuni ertalab hovlisiga o’ra qazish uchun chiqadi va bedarak ketadi. Uning qanday yo’qolgani yoki qayoqqa ketib qolgani haqida hech kim ayta olmasdi. Alberto 22 yilda uyiga qaytadi. Ajablanarli tarafi shunda ediki, u hech ham qarimagan, 22 yil oldin qanday bo’lsa shundayligicha ko’rinishga ega edi. Albertoning aytishicha, u birdaniga o’zini qandaydir tunelda ko’radi va u yerda o’zga sayyoradan kelgan qandaydir maxluqqa duch keladi. O’zga sayyorlik esa uni vaqt oralg’ig’iga tushib qolgani va u yerdan chiqish oson bo’lmsaligini aytadi. Uning aytgan hikoyalariga na hotini, na boshqalar ishonadi va uni ruhiy kasalliklar shifohonasiga jo’natadilar. Kasalhonada ham doktorlarga boshidan o’tganlarini so’zlab beradi va 7 yildan keyingina isbotlash uchun doktorlar hamda oilasini o’zi g’oyib bo’lgan joyga borishga ko’ndiradi. O’sha joyga qadam bosishi bilan u yana g’oyib boladi. Bu safar butunlay.
*Yuk tashuvchi kema Hind okeanida kuchli bo’ron ta’siriga tushib qoladi. Bo’ron tingach, dengizchilar ufqda kelayotgan o’rta asrlarga tegishli Jolly Roger bayrog’i ostida qaroqchilar kemasiga ko’zlari tushadi. Qaroqchilar yaqinlashib, yuk kemasiga ilgakli arqonlar yordamida hujumga o’tadilar. Yuk kema ekipajlari esa qilichlar bilan qurollangan qaroqchilarni zamonaviyroq o’qotar qurollar va pulyomotlra bilan qaytaradilar. Bunday qurollarga birinchi marta duch kelayotgan qarqochilar esa bir zumda juftakni rostab qoladilar. Portga eson-omon yetib kelgan kema, 2 oy kech qolgani uchun katta jarimaga tortiladilar. Qaroqchilar haqidagi voqeaga esa boshqlarni ishontirish qiyin kechadi va bu voqeaning rost yoki yol’gonligini tekshirish uchun kemada sanchilib qolib ketgani ilgak va qilichlarni tekshiruvga yuboradilar. Tekshiruv natijasida esa ularning 17-asrga tegishli metal va texonologiya yordamida tayyorlangani aniqlanadi.
*1951 yilda Belgiyalik sayohatchi Marseldagi parklarning birida eski bir cherkovga duch keladi. Ko’rinisihdan boshqa cherkovlardan ancha farq qilgani sabab, sayyoh uni yaqindan borib ko’rmoqchi bo’ladi. U binoga yaqinlashgan sari, eshiklar o’z-o’zidan ochiladi va ichkarida dafn marosimi manzarasi namoyon bo’ladi. Odamlar eski va juldur kiyimlaridan ularning kambag’al ekanligi ko’rinib turardi hamda ular umuman hozirgi zamon odamlariga o’xshamasdilar. Sayyoh arvohlarni ko’rayotganini anglab yetadi va parkdan chiqib ketishga shoshiladi. Bu voqeaning tagiga yetish maqsadida u arxivga murojat qiladi va qidirgan ma’lumotlarini topishga muvaffaq bo’ladi Ma’lum bo’lishicha, ushbu cherkovga Fransuz Revolyusiyasidan avval kambag’allarni ommavi ko’mishgan ekan. Voqeadan habar topgan parapsixologlar ushbu joyda tadqiqot o’tkazishga qaror qiladilar va ohirgi o’n yilda aynan shu parkda 28 kishi bedarak ketganligi ma’lum bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |