Atmosfera havosining tabiiy tozalanishi va uni muhofaza qilishga
qaratilgan tadbir
Atmosfera havosi o’z-o’zini tabiiy tozalash xususiyatiga ega. Yong’ingarchiliklar
havo tarkibidagi iflos moddalarni yuvib turadi, shamol esa ifloslovchi moddalarni bir
joydan ikkinchi joyga ko’chiradi. Tuproqqa va suv tarkibiga tushib qolgan iflos
moddalar ma’lum vaqt o’tgandan so’ng reaksiyaga kirib, natijada neytrallashib qoladi
.Bu jarayonlarning barchasi tabiiy holda kechadi. Agar atmosferada o’z-o’zini tozalash
jarayoni bo’lmaganda edi, er sharida havo juda ifloslanib, hayot kechirish uchun katta
xavf vujudga kelgan bo’lar edi.
Atmosfera havosi tarkibini sekin yoqqan yomg’ir (soatiga 2 mm) 28% ga,
o’simliklar 70% ga, qor esa 80-90% ga tozalaydi.
Bir pushtali daraxtzorlar atmosfera havosini 10% ga, ikki pushtali daraxtzorlar
esa, 65% ga tozalaydi. Bir gektar o’rmon daraxtlarining barglari atmosfera havosini 2 t
ammiakdan va 80 t oltingugurt oksidi (SO
2
) dan tozalash qobiliyatiga ega. Atmosfera
havosini tozalashda tol daraxtlari eng yaxshi tozalagich hisoblanadi. Bir gektar tolzorlar
3-4 gektar sanavbar (sosna) va archazorlarning tozalash qobilyatlarita teng tozalash
qobiliyatiga ega.
YAshil o’simliklar iflos havoni filtirlaydi, barglari changni ushlab qoladi, havo
haroratini pasaytiradi va eng muhimi karbonat angidridi (SO
2
) ni yutib, fotosintez
jarayoni tufayli kislorod ishlab beradi. YAshil o’simliklar, shu jumladan, daraxtzorlar
80% changni va 60% sulfat angidridini ushlab qolish qobilyatiga ega.
53
Bo’yi 25 metrli 80-100 yoshli bitta buk daraxti soatiga 2 kg SO
2
ni yutib, 2kg O
2
ishlab beradi. Bir gektar qarag’ayzor 687 t SO
2
ni yutib, 18 mln m
2
havoni tozalash
qobiliyatiga ega. 30 tup archa 10 kishini, 1 gektar archazor esa, 300 kishini sof kislorod
bilan ta’minlaydi. Bir gektar archazor katta bir shahar aholisi nafas oladigan havoni
tozalashga yetadigan fitonsid fermentini ishlab chiqaradi. Fitonsid fermenti yuqumli
kasalliklarni tarqatuvchi mikroblar va bakteriyalarni yo’qotish xususiyatiga ega. Agar
o’rmon havosining 1 m
2
da 100-300 ta mikroblar va bakteriyalar mavjud bo’lsa, sanoat
korxonalari atrofidagi havo tarkibida ularning miqdori 6000-10000 tani tashkil etishi
mumkin.
Archa o’zidan xushbo’y hid tarqatish bilan birga fitonsid fermentini ajratib
chiqaradi va havo tarkibini turli mikroblardan yaxshi tozalaydi. SHuning uchun
archazorlarning havosi sanoati rivojlangan shaharlarning havosiga qaraganda 200
marotaba tozaroqdir.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, yashil o’simliklar atmosfera havosini tozalashdan
tashqari, insonga psixofiziologik ta’sir etib, unga estetik zavq ham bag’ishlaydi.
Hozirgi paytda Buxoro viloyatining barcha tumanlarida, xususan Peshku va
Romitan tumanlari markazida archazorlar barpo etildi. ―Universiada-2000‖ yoshlar
sporti o’yinlarini Buxoroda o’tqazilishi munosabati bilan 1999-2000 yillar davomida
shaharda archazorlarni barpo etishga kirishildi.
Tuproq tarkibida yashovchi mikroorganizmlar ham atmosfera havosini zaharli
chiqindilardan tozalash xususiyatiga ega.
Bir gektar maydonda yashovchi mana shunday mmkroorganizmlar 8 t gacha
uglerod, azot va oltiigugurt oksidlarini zararsizlantirish qobiliyatiga ega. Ammo shuni
ham alohida ta’kidlash joizki, hozirgi paytda atmosfera havosining sun’iy ifloslanishi
uning tabiiy tozalanishiga nisbatan ustunlik qilmoqda. ―Atmosfera havosi o’z-o’zini
tabiiy holda tozalanar ekan!‖ deb, xotirjam bo’lish nihoyatda katta salbiy oqibatlarga
keltirishi mumkin. SHuning uchun atmosfera havosini sun’iy ifloslanishidan saqlash va
uning tozalash yo’llarini amalga joriy etish bugungi kunnning eng dolzarb va
kechiktirib bo’lmayditgan vazifalaridan bo’lib qolmoqda.
Atmosfera havosining sun’iy ifloslanishini oldini olish uchun quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. Sanoat korxonalarida yangi zamonaviy tozalash qurilmalarini joriy etish.
Hozirgi paytda respublikamiz miqyosida mingdan ortiq katta-kichik sanoat
korxonalari mavjud. Ammo ko’pgina korxonalarda tozalash qurilmalari (siklonlar,
skruberlar, filtrlar, adsorbentlar, katalizatorlar) eskirib qolganligi va to’la quvvat bilan
ishlamaganligi tufayli atmosfera havosiga qimmatbaho xom ashyolar chiqarilib
tashlanadi. Masalan, kimyo sanoati ishlab chiqarish korxonalaridan yiliga 20-25 ming t
oltingugurt va azot oksidlari, 40-50 ming t uglerod oksidi va 120 ming t uglevodorodlar
atmosfera havosiga chiqariladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Olmaliq va Bekobod
metallurgiya korxonalaridan yiliga atmosfera havosiga 220 ming t ifloslovchi moddalar
chiqarilmoqda, uning 90% oltingugurt oksididir. Hol buki, 1 t oltingugurtdan 3 t sulfat
kislotasi va boshqa mahsulotlar olish mumkin.
Viloyatimizdaga un kombinatlari 150 t un changlarini, gaz sanoati korxonalari
100 mln m
2
tabiiy gaz, paxta tozalash korxonalari qariyb 500 t chang va kalta tolalar,
gips zavodi esa 3000 t gips changlarini atmosfera havosiga chiqarayapti. Agar ushbu
54
xom ashyolar ushlab qolinsa, nafaqat iqtisodiy foyda ko’rish mumkin, balki atrof-muhit
musaffoligaga ham zarar etkazilmaydi.
2. Metallurgiya va isitish tarmoqlaridagi o’choqlarda ko’mir, mazut va boshqa
yoqilg’i turlarining o’rniga elektr energiya va gazlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ma’lumotlarga qaraganda, ko’mir bilan ishlovchi korxonalar gazga
o’tkazilsa, atmosfera. havosiga chiqariladigan azot oksidi 5 marotaba, uglerod oksidi
2000 marotaba va oltingugurt oksidi 10 ming marotaba kamayadi. Qurum, chang va
tutunlar miqdori keskin kamayadi.
3. Sanoat korxonalaridagi dudburonlar (murilar)ni balandroq, qurish va sanitara-
himoya mintaqasini ko’kalamzorlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, atmosfera havosi tarkibidagi zararli moddalar konsentrasiyasini
kamaytirish vositalaridan biri – atmosferaning yuqori qatlamlariga baland mo’rilar
orqali zararli chiqindilarni chiqarib tashlashdir. Mo’ridan chiqadigan aralashma gazlar,
aerozollar, tutunlar shamol ta’sirida, turbulent diffuziya va gravitasion kuchlar ta’sirida
er sathiga kelib tushadi. Quvurning balandliga yuqori bo’lsa, undan chiqib erga
tushadigan aralashmalarning konsentradiyasi shuncha kam bo’ladi. Ma’lumotlarga
qaraganda, balandligi 100 m bo’lgan mo’ridan chiqayotgan aralashma gazlar radiusi 20
km bo’lgan mintaqada tarqalsa, balandligi 100 m bo’lgan mo’ridai chiqadigan
aralashma gazlar radiusi 75 km mintaqaga tarqaladi.
4. Atmosfera havosini tioza saqlash maqsadida avtotransport vositalaridan
chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, benzin o’rniga gazdan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumotlarga qaraganda, 1990 yilda Toshkent shahrida avtotransport
chiqindilari 90% ni tashkil etgan.
5. Sanoat korxonalarida kam chiqindili, chiqindisiz va energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish atmosfera havosi musaffoligini saqlashda katta yordam
beradi.
6. Sanoat korxonalarida amaldagi me’yoriy xujjatlar, davlat andozalari, tarmoq
andozalari va xususan, hukumat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlarning
amalga bajarilishini ta’minlashga katta yordam beradi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 8 dekabrda
―Mamlakatda sanoat terakzorlari barpo etish‖ to’g’risida qaror qabul qildi. 1994-1996
yillar davomida terakzorlar tashkil qilish Sirdaryo viloyatida 31,6% ga, Surxondaryoda
35,2% ga, Buxoroda 48,9% ga va Jizzaxda 49,3% ga bajarildiyu xolos. Bundan tashqari
tolash qurilmalarining eskirib qolganligi va ularning ishlab chiqarishi respublikamizda
yo’lga qo’yilmaganligi tufayli zararli moddalarning me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan
miqdori darajasida kamaytirish ancha qiyin bo’lyapti. Har holda atmosfera havosi
musaffoligini saqlash har birimizning muqaddas burchimiz bo’lmog’i lozim!
55
Do'stlaringiz bilan baham: |