Ta'limga yondashuv - kattalarning bolalar bilan ta'lim jarayonini tezlashtirish va talabni egallashga yo'naltirish maqsadida, uy yoki maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiradigan faoliyat turlari. Ushbu chora-tadbirlar mazkur talabni o'zlashtirish va bajarishga yo'naltirilib, aksariyat hollarda ta'lim olish jarayoniga qiziqtirish uchun kattalar va bolalarning birgalikdagi harakatlari bo'lishi lozim.
O'qish - bilish, mashq va tajribalarni egallash orqali xulq va faoliyatning yangi shaklini paydo bo'lish jarayoni.
Hayot havfsizligi - berilgan talablar doirasida turli ko'rinishdagi rivojlantiruvchi faoliyatlar uchun xavfsiz muhitni tashkil etishga oid tavsiyalar.
Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy xodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi.
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Maktabgacha ta’lim tashkilotsiga bevosita rahbarlik qilish mudir tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotsi mudiri lavozimiga qo‘yi-ladigan malaka talablari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotsi mudiri:
- maktabgacha ta’lim tashkilotsi nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha tashkilot va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotsi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
- ishonchnomalar beradi;
- bank tashkilotlarida hisob raqamlari ochadi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotsi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi;
- o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ishlarini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta’limini boshqarish yuqori organiga kiritadi;
- bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |