Maktabga moslashish ba’zi bolalarda yarim yilda ro’y bersa, ba’izalarda sal ko’proq cho’zilishi mumkin. Maktabga moslashish mezonlari sifatida charchashning kamayishi va o’zlashtirishning ortishi xamda o’qituvchilar va o’rtoqlari bilan normal o’zaro munosabatlar o’rnatish kabilar xizmat qiladi. Turli mamlakatlarda o’tkazilgan tadqiqotlardan maktabga ortiqcha charchash degan atama paydo bo’lgan. Bu haddan tashqari ko’p o’quv ishlari bilan bog’liq. O’quvchilar markaziy nerv sistemasining noqulay holatidir. U o’quvchilarning qattiq charchashida namoyon bo’ladi. Psixogigienaning vazifasi esa charchashga qarshi kurashishdir. Aqliy va jismoniy – mehnatdan so’ng dam olinmasa, charchash yig’ilib – yig’ilib doimiy charchashga olib keladi. CHarchash sensor soxada (analizatorlar sezgirligining kamayishi), harakat (muskul kuchining kamayishi va harakatlar koordinatsiyasining yomonlashuvi), intellektual (aqliy faoli yat va diqqat barqarorligining kamayishida) namoyon bo’lishi mumkin.

3.Yoshlarda tasodifiy stress holatini oldini olish.

Tasodifiy ko’ngilsizliklar, avtohalokat, nojo’ya xabar, kutilmagan kelishmovchilik va boshqa har xil o’lchamdagi favqulodda hodisalar tibbiyot psixologiyasida o’tkir stress yoki tasodifiy stress deb yuritiladi. Stress so’zining o’zi inglizcha “stress” so’zidan olingan bo’lib, zo’riqish, bosim, tanglik degan ma’noni anglatadi. Stress inson organizmining haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik jarayonidir.
Tasodifiy stress bu atrof – muhitning qisqa vaqt ta’siri bo’lib, odamning asab, yurak qon – tomir, ovqat hazm qilish tizimlariga o’z ta’sirini ko’rsatib, unga mos holda o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Stress oqibatida paydo bo’ladigan kasalliklarga asab kasalliklari, amneziya (xotirasini yo’qotish), xushidan ketish, karaxtlik, gipertoniya krizi, yurak infarkti, qandli diabet kasalliklari misol bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |