Ma’lumotlarni formatlash.
Yacheykaga ma’lumotlar formatlangan holda kiritiladi. Yexsel yozuvlarning tipini aniqlaydi(son,sana , vaqti va boshqalar) va mos formatda chiqaradi. Yexsel ning yangi hujjatini ochishda yacheykalarda standart sonli format o‘rnatilgan bo‘ladi. Lekin biz yacheykalarga o‘zimizning formatimizni qo‘yishimiz mumkin va shunda bu yacheykalardagi ma’lumotlar o‘rnatilgan formatda chiqariladi.
Yacheyka formatini o‘zgartirish uchun : yacheykani faollashtirib, sichqoncha o‘ng tugmachasi,Yacheykalar formati (Format yacheyek) , “ Raqam sahifasi”( Stranitsa chislo ) va kerakli menyusi , Avtoformat, kerakli namuna tanlanib OK tugmachasi formatni tanlash. Bu sonli (chislovoy), pulli ( denejnыy) , moliyaviy ( finansovыy) , sana (data) ,vaqti (vremya), foizli (protsentn.) , kasrli (drobn.) , eksponsionalnыy , matnli (tekstovыy). Har bir format uchun namuna beriladi. Masalan , pulli (denejnыy) formatni ko‘rib chiqamiz. Bu format o‘rnatilishi bilan kiritilgan son yonida valyuta birligi paydo bo‘ladi. (45$ yoki 45 r)
9. Varaqlar bilan ishlash. Ma’lumotlarni kiritishning avtomatik yo’llari. Satr va ustunlar ustida amallar bajarish.
Axborotlarni Excel ga kiritishda quyidagi tugmachalar va tugmachalar birikmalaridan foydalaniladi:
HOME- joriy qatorning boshiga boradi.
END – joriy qatorning oxiriga boradi.
CTRL+ HOME- hujjatning A1 yacheykasi boshiga boradi.
CTRL+END- hujjatning oxiriga, ya’ni oxirgi to‘ldirilgan yacheykaga boradi.
Page Up- bir “ekran saxifasi” yuqorisiga boradi.
Page Down- bir “ekran sahifasi” pastga boradi.
END+ - hujjatning A1 yacheykasi boshiga boradi.
END+ - varaqning A16384 satri oxirgi yacheykasiga boradi.
END+ - varaqning - IV 16384 ustunidagi oxirgi yacheykasiga boradi.
END+ - joriy satrning boshiga olib boradi.
Yacheykaga axborotni kiritish uchun uni faol yacheykaga aylantirish kerak, so‘ng F2 funksional tugmachasi yoki sichqoncha chap tugmachasi yacheykada 2 marta bosiladi va yacheyka ichida matn kursori paydo bo‘ladi.
Yacheykaga axborotni kiritishni tugatish uchun “ENTER” tugmachasini bosish , yoki boshqa yacheykada sichqoncha tugmachasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Yacheykadagi axborotni o‘chirish uchun uni faol yacheykaga aylantirib, so‘ngra “DELETE” (o‘chirish) tugmachasi , yoki sichqoncha o‘ng tugmachasi bekor qilish (otmenit) , yoki Tuzatish (Pravka ) menyusida Tozalash (Ochistit) amali bajariladi.
Ustun va satrlarni qo‘shish satr yoki ustunlarni belgilab , sichqoncha o‘ng tugmachasi Yacheykalarni qo‘shish (Dobavit yacheyki”) bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |