Sozdanie menyusi Otcheti uskunalar guruhi, bu uskunalar guruhidagi 1 buyrug‘i orqali MS Access ning har qanday tanlangan ob’ektini (makros va modul ob’ektlari bundan mustasno) barcha maydonlaridan foydalangan holda hisobot yaratish imkonini beradi. 2 buyrug‘i orqali lineyka va katakli bo‘sh hisobot yaratiladi. 3 buyrug‘i orqali bo‘sh hisobot yaratiladi. 4 buyrug‘i orqali MS Access ning har qanday tanlangan ob’ektini (makros va modul ob’ektlari bundan mustasno) tanlangan maydonlaridan foydalangan holda hisobot yaratish imkonini beradi. 5 buyrug‘i orqali jadval yoki so‘rov ob’ektidagi ma’lumotlardan foydalangan holda har xil o‘lchamdagi kartalar (vizitka, taklifnoma, beydjik) tayyorlash mumkin. (hisobotlar bilan ishlash paragrafida kengroq yoritilgan)
167-rasm. Makros va kodlar bo‘limi
Sozdanie menyusi Makrosi i kod uskunalar guruhi, bu uskunalar guruhidagi 1 buyrug‘i orqali bir nechta makrokomandalardan iborat makroslar yaratishimiz mumkin. 2 buyrug‘i orqali Visul Basic dasturlash tilidan foydalangan holda modul yaratiladi. 3 buyrug‘i orqali Visul Basic dasturlash tilidan foydalangan holda sinf (klass) yaratiladi. 4 buyrug‘i orqali Visul Basic dasturlash tili oynasi ochiladi (makroslar va modullar bilan ishlash paragraflarida kengroq yoritilgan).
Vneshnie Dannie menyusi
Vneshnie Dannie menyusi menyusi tanlanganda uskunalar paneli quyidagi ko‘rinishni oladi (168-rasm).
168-rasm. Vneshnie Dannie menyusi
169-rasm. Import va aloqa bo‘limi
Vneshnie Dannie menyusi Import i svyazi uskunalar guruhi, bu uskunalar guruhidagi 1 buyrug‘i orqali boshqa tashqi jadvallar bilan bog‘lash jarayonini har bir qadamini saqlab qo‘ygan bo‘lsangiz, barcha saqlanganlarni ko‘rish, import jarayonini qayta bajarish imkonini beradi. 2 buyrug‘i orqali, agarda yaratilgan berilganlar bazasi tarkibida boshqa jadvallar ( *.xls, *.xlsx, *.txt, *.mdb, *.accdb kengaytmali fayllar) bilan bevosita bog‘langan holda ishlovchi jadvallar mavjud bo‘lsa, shu jadvallar berilganlarini tashqi jadvaldagi o‘zgarishlarga mos ravishda yangilaydi. 3 buyrug‘i orqali *.xls, *.xlsx kengaytmali MS EXCEL dasturida yaratilgan jadvallarni ko‘chirib olib yoki ular bilan bevosita bog‘liq holda ishlovchi jadvallar yaratishimiz mumkin. 4 buyrug‘i orqali *.mdb, *.accdb kengaytmali MS Access dasturida yaratilgan jadvallarni ko‘chirib olib yoki ular bilan bevosita bog‘liq holda ishlovchi jadvallar yaratishimiz mumkin. 5 buyrug‘i orqali *.mdb, *.accdb, *.xls, *.txt, *.db, kengaytmali berilganlar bazasi bilan ishlovchi dasturlarda yaratilgan jadvallarni ko‘chirib olib yoki ular bilan bevosita bog‘liq holda ishlovchi jadvallar yaratishimiz mumkin. 6 buyrug‘i orqali *.txt kengaytmali matn tahrirlovchi dasturlarda (Bloknot, NotePAD, AkelPad…) yozilgan matnlarni jadval ko‘rinishida ko‘chirib olib yoki ular bilan bevosita bog‘liq holda ishlovchi jadvallar yaratishimiz mumkin. 7 buyrug‘i orqali *.xml kengaytmali matn tahrirlovchi dasturlarda (Bloknot, NotePAD, AkelPad…) yozilgan matnlarni jadval ko‘rinishida ko‘chirib olib jadval yaratishimiz mumkin. 8 buyrug‘i orqali *.html kengaytmali matn tahrirlovchi dasturlarda(Bloknot, NotePAD, AkelPad…) yozilgan veb sahifalarni jadval ko‘rinishida ko‘chirib olib yoki ular bilan bevosita bog‘liq holda ishlovchi jadvallar yaratishimiz mumkin.
170-rasm. Eksport bo‘limi
Do'stlaringiz bilan baham: |