Glavnaya menyusi Zapisi uskunalar guruhi, bu uskunalar guruhidagi 1- buyrug‘i orqali ayni vaqtda ishlanayotgan ob’ekt berilganlarni boshqa berliganlar bazasiga holda oladigan bo‘lsa, o‘sha tashqi berilganlar bazasidagi oxirgi o‘zgarishlarni ob’ektga joriy qiladi. 2 - buyrug‘i jadvalga yangi yozuv qo‘shish imkonini beradi. 3 - buyrug‘i orqali ob’ektdagi yoki ob’ekt elementidagi oxirgi o‘zgarishlar saqlanadi. 4 - buyrug‘i orqali ob’ekt elementini, jadval yozuvini, jadval maydonini o‘chirishimiz mumkin. 5 - buyrug‘i orqali jadvalga jamlovchi yozuv qo‘shiladi va yozuv elementlariga har bir maydonning statistik ko‘rsatkichlarini chiqarishimiz mumkin (misol uchun: maydondondagi eng katta qiymat, eng kichik qiymat, o‘rtacha qiymat, yozuvlar soni). 6 - buyrug‘i orqali jadvaldagi barcha berilganlarni orfografik xatoliklarini izlaydi va tuzatish imkonini beradi. 7 - buyrug‘i orqali maydonlarni foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan qilib yashirish, jadval ustunlari enini sozlash, jadval satrlari qalinligini sozlash, foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan qilib yashirilgan maydonlarni ko‘rsatish, bir necha maydonlarni har doim ko‘rinib turadigan qilib belgilash amallarini bajarish mumkin.
161-rasm. Qidiruv bo‘limi
Glavnaya menyusi Nayti uskunalar guruhi, bu uskunalar guruhidagi 1- buyrug‘i orqali ayni vaqtda ishlanayotgan foydalanuvchi rejimidagi ob’ekt berilganlari ichidan qidirish imkonini beradi. 2- buyrug‘i orqali ayni vaqtda ishlanayotgan foydalanuvchi rejimidagi ob’ekt berilganlari ichidan qidirish va topilgan qiymatni boshqasiga almashtirib chiqish imkonini beradi. 3-buyrug‘i orqali ayni vaqtda ishlanayotgan foydalanuvchi rejimidagi ob’ekt yozuvlarining birinchisiga, oxirgisiga, keyingisiga, oldingisiga o‘tish imkonini beradi. 4 buyrug‘i orqali ayni vaqtda ishlanayotgan foydalanuvchi rejimidagi ob’ektning kursor turgan yozuvini yoki barcha yozuvini belgilash imkonini beradi.
162-rasm. Matnni formatlash bo‘limi
Glavnaya menyusi Formatirovaniya teksta uskunalar guruhi, bu uskunalar guruhidagi 1-buyrug‘i orqali tanlangan ob’ektdagi elementlarni shrift rangini, orqa foni rangini va shrift markeri rangini o‘zgartirish mumkin. 2- buyrug‘i orqali shrift turini o‘zgartirishimiz mumkin. 3-buyrug‘i orqali shriftni qalin, kursiv, tak chiziqli formatga keltirish yoki ushbu formatlarni bekor qilish mumkin. 4-buyrug‘i orqali qatorlardagi otstupni kattalashtirish yoki kamaytirish mumkin. 5-buyrug‘i orqali matnni maydonning chap tomoniga sozlash mumkin. 6-buyrug‘i orqali matn shirifti kattaligi sozlanadi. 7-buyrug‘i orqali biror ob’ektdagi ro‘yxatlarni markerlashimiz yoki har bir qatorni nomerlashimiz mumkin. 8-buyrug‘i orqali juft o‘rinda turgan yozuvlar (qatorlar) orqa foniga alohida rang berishimiz mumkin. 9- buyrug‘i orqali ob’ektlarning biror elementidagi yozuvni o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga, o‘rtaga sozlashimiz mumkin. 10-buyrug‘i orqali jadvalning chegaraviy chiziqlarini olib tashlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |