Mr-ismoilov pdf



Download 25,94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi25,94 Kb.
#684431
Bog'liq
mr-ismoilov



ILXKM-80
Ismoilov Ulug'bek
Pul va banklar
2-ON
Topshiriq:
Tijorat banklarning masofaviy xizmatlari. 
Kanday masofaviy bank xizmatlarni bilasiz? Ularning afzalliklari va kamchiliklari.
Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini
beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib 
kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.
Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan 
ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki 
turga bo‘lish mumkin:
- informatsion;
- tranzaksion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 
tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan
almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga 
maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan 
to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem 
orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan 
hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning 
masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 
tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida 
joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va 
hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:


to‘lovlarni o‘tkazish;
to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga 
tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan 
hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan 
ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak.
Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:
hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;
hisobvaraq balansi;
kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.
Bugungi kunda aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida kartadan kartaga 
pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga 
oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda 
ssuda (kredit) hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga 
oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan 
keng foydalanmoqda.
O‘z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari orqali
real vaqt rejimida bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasarruf etish va to‘lovlarni amalga oshirish, 
valyuta mablag‘lari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron shaklda xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazish uchun elektron 
qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar yaratildi.


Masofaviy identifikatsiya qilish bank xizmatlari tannarxi kamayishi natijasida yangi mijozlarni jalb qilish 
hamda moliya bozorida raqobatni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Natijada bu ishlarni yo‘lga qo‘yish 
bank daromadini oshirishga ham turtki bo‘ladi.


Jismoniy shaxslarga xos raqam ajratish “Elektron hukumat” tizimi uchun ham dolzarb bo‘lib, Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy 
identifikatsion raqamini identifikator sifatida axborot tizimlariga joriy etish taklif qilinmoqda.
Masofaviy bank xizmatlarini (mobil-banking, internet-banking) keng joriy qilish, o‘z navbatida, yangi 
bank xizmatlari bo‘yicha tegishli marketing ishlarini olib borilishini taqozo etadi. Xorijiy amaliyotda, 
internetning interaktiv imkoniyatlaridan foydalanuvchi banklar ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama 
kampaniyalarini olib boradi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari ijtimoiy tarmoqlardan bank mahsulotlari va xizmatlari 
bo‘yicha marketing ishlarini olib borish uchun foydalanishmoqda. Banklar tomonidan (Hamkorbank, 
Universalbank, Kapitalbank, Agrobank) ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan akkauntlar bank mahsuloti va
xizmatlari bo‘yicha marketing ishlarini olib borishning asosiy vositasi bo‘lib, mijozlar bilan o‘zaro aloqa 
o‘rnatish, mijoz to‘g‘risida kerakli ma'lumotni yig‘ish, mijozlarni qo‘llab quvvatlash sifatini oshirish uchun 
xizmat qilmoqda.
Misol uchun, Agrobank va Hamkorbank ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z mobil ilovalarini doimiy ravishda 
taqdim qiladi va qayta aloqa sifatida foydalanuvchilarning taklif va e'tirozlari ijtimoiy tarmoqda 
bildiriladi. Natijada foydalanuvchilarning, ya'ni bank mijozlarining istaklariga operativ ravishda javob 
beriladi, zarur hollarda tadbirlar amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlar banklar uchun 
mijozlar bilan aloqa qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Toshkent moliya institutida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O'zbekiston banklari 
Assotsiatsiyasi bilan xamkorlikda “Bank tizimida elektron to'lovlar va interaktiv xizmatlarni 
rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suxbati o'tkazildi. Tadbirda tegishli vazirlik va 
idoralar,tijorat banklari vakillari, professor o'qtuvchilar, ilmiy tadqiqotchilar xamda talabalar ishtirok 
etishdi.
Mazkur muloqot O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda 
respublika moliya bank tizimini yanada islox qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting 
ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori, xamda, Davlatimiz raxbarining 
“2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada 
rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilab berilgan asosiy vazifalar ijrosini taminlash 
maqsadida tashkil etildi.
Takidlash joiz, Bugungi kunda respublikaning barcha tijorat banklarining internet tarmog'ida korporativ 
veb-saytlari muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatib, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatilayotgan bank 
xizmatlari va ularning shartlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etilmokda. Amalga oshirilgan izchil 
choralar natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking, mobil-banking va SMS banking kabi 
masofadan bank xizmatlari ko'rsatishning innovatsion tizimlari faol rivojlanmoqda. Endilikda mazkur 
xizmat tizimlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 534,8 mingga yetib, bu oxirgi 5 yil mobaynida ushbu 
ko'rsatkichning 21,8 barobarga oshganligini ko'rsatadi. Shuningdek, SMS-banking va mobil-banking 
xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni xam jadal sur'atlar bilan o'sib, oxirgi 5 yil davomida 45 
barobardan yuqori, ya'ni 10,3 mingdan 472,6 minggacha ko'paydi. Bundan tashqari Elektron to'lovlar 
tizimining faollashuvi kuzatilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Markaziy bankining banklararo to'lov 
tizimi orqali o'tkazilgan tranzaksiyalar soni 2010 yil yakunlari bo'yicha 35,5 mln.dan 2014 yilda 60,0 
mln.gacha yetdi, ya'ni oxirgi 5 yil mobaynida 1,7 barobarga o'sdi. O'tgan davr mobaynida amalga 


oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 1,82 barobarga o'sdi. Aytish joiz Plastik kartochkalardan 
foydalanuvchilar hamda ularga xizmat ko'rsatuvchi to'lov terminallari soni yuqori sur'atlar bilan oshib 
bormoqda. Xususan, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 1,7 barobarga ya'ni, 2011 yil 
boshidagi 7,9 mln. donadan 2015 yil 1 yanvar holatiga kelib 13,4 mln. donaga yetdi. O'tgan davrda 
o'rnatilgan to'lov terminallari soni 1,8 barobarga, ya'ni 85,7 ming donadan 158,8 ming donaga yetdi. 
Plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada kengaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-
tadbirlar natijasida so'nggi 5 yilda to'lov terminallari orqali amalga oshirilgan to'lovlar hajmi 4 barobarga,
ya'ni 5,7 trln. so'mdan 22,8 trln. so'mgacha o'sdi. O'tkazilgan davra suhbati natijasida bank tizimida 
elektron to'lovlarni yanada rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni keng joriy etishning ustuvor 
yo'nalishlari, bank plastik kartochkalaridan foydalanish va bank mijozlariga masofaviy xizmat ko'rsatish 
tizimlari ko'lamini yanada kengaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Download 25,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish