23-VARIANT
WINDOWS operasion tizimi tuzilishi va imkoniyatlari, dastur darchasi elementlari. Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usullari. MS WORD matn muharririda Vid menyusi elementlari vazifalari haqida ayting, misollar keltiring. MS POWER POINT dasturida Pokaz slaydov menyusi elementlarini misollar yordamida tushuntiring. MS Word dasturida bajarilsin. Rasmlar qirqib olib qo’yilsin. Bu amallar xam to’liq izohlansin.
1. Windows operatsion sistemasi va uning asosiy turlari, imkoniyatlari
hamda rivojlanish bosqichlari.
Bu operatsion sistemaning nomi «Darcha» so`zining inglizcha aytilishi
bo`lib, kompyuter ishini har tomonlama boshqarish uchun xizmat qiladi. Lekin bir
qancha operatsion sistemalar ishlab chiqilgani va xayotga tatbiq etilganiga
qaramay faqatgina ushbu operatsion sistema keng tarqaldi va katta muvaffaqiyatga
erishdi. Nega bunday bo`lgani xaqida nimalar deya olasiz? Ushbu operatsion
sistemaning qanday xususiyatlari mavjudki u juda xam ommabop va qulay? Bu
savollarga javob topishda Siz uni MS DOS imkoniyatlari bilan solishtirishingiz
mumkin. Bu muammoni xal qilib bo`lganingizdan so`ng quyidagi ma’lumotlar
bilan tanishishingiz mumkin bo`ladi.
WINDOWS muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo`lgan ko`pgina
imkoniyatlarga ega bo`lgan programmadir. U MS DOS imkoniyatlarini sezilarli
darajada kengaytiradi.
WINDOWS muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko`pgina
qulayliklarga ega bo`ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko`chirish,
qayta nomlash, o`chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. Shu bilan
birga bir paytning o`zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Bu programma bir paytning o`zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy
printer va displey bilan MS DOS programmalari bilan ishlash qobiliyatiga ega.
Yagona interfeysga, ya’ni WINDOWS turli versiyalari va programma
ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.
WINDOWS operatsion muhiti quyidagi imkoniyatlarga ega.
Universal grafika – WINDOWS programmalarining qurilmalarga va
programma ta’minotiga bog`liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys – WINDOWS foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni
turli programmalar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi
programma bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud programm ta’minot bilan muvofiqligi – WINDOWS MS DOSning
barcha amaliy paketlari, tahrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to`la
ta’minlaydi.
Ko`p masalaligi – WINDOWS bir paytning o`zida bir necha masalani
hisoblaydi, bir programmadan boshqasiga o`tishni ta’minlaydi.
Mavjud operativ xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati – WINDOWS
mavjud operativ xotiradan to`la foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to`liq
foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o`zi ta’minlaydi.
53
Ma’lumotlar almashuvi – WINDOWS programmalararo ma’lumotlar
almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki
DDE (ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa programma
natijalaridan foydalanish) yoki OLE(ma’lumotlardan ularni taxrirlagan
xolda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
WINDOWS da ekran "desktop" deb ataladi. Barcha amallar unda
bajariladi. WINDOWS so`zining ma’nosi "darchalar". Shuning uchun
WINDOWSga kirganda programmalar darchalarda bajariladi. Darchalarning
joyini va o`lchamini o`zgartirish mumkin. Agar bir nechta programma
bajarilayotgan bo`lsa, darchalarni piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu
esa ekrandan unumli foydalanish imkonini beradi.
Darchalar uch xil bo`ladi:
•
programmalar darchasi;
•
xujjatlar darchasi;
•
muloqot darchasi.
•
Programmalar darchasida bajarilayotgan programmalar joylashadi. Darchaning
yuqori qismida programma nomi va menyu satri ko`rsatiladi. Programma
darchasi ekranning ixtiyoriy qismida bo`lishi mumkin.
•
Xujjatlar darchalarini programmalar ochadi. Masalan tahrirlagichlar darchada
xujjatlarni hosil qiladi. Darcha sarlavhasida xujjat nomi yoziladi.
•
Muloqot darchalari foydalanuvchining ayrim komandalariga javoban
savollarni chiqarishda foydalaniladi.
•
WINDOWSda piktogrammalar programmalarni kichraytiril-gan xolda bajarish
uchun ishlatiladi. Piktogrammalar 3 xil bo`ladi.
•
programma piktogrammalari;
•
xujjat piktogrammalari;
•
programmalar sarlavhalari piktogrammalari.
•
Programma piktogrammalari programma darchadan piktogrammaga
kichraytirilganida hosil bo`ladi. Faqatgina programma piktogrammalari darcha
tashqarisida joylashadi. Ularni ochiq darchadan tashqaridagi ekranning
ixtiyoriy qismiga ko`chirishingiz mumkin.
•
Xujjat piktogrammalari - kichraytirilgan xujjat darchalaridir. Bu
piktogrammalarni faqatgina ishlayotgan programma ish maydoni doirasida
joyini o`zgartirish mumkin.
Programma sarlavhalari piktogrammalari programmalarni boshqaruvchida
ishlatiladi. Bunda har bir piktogramma programma va uni tasvirlovchi xujjatlar
ro`yxatiga ega bo`ladi. Bu piktogrammalar programma guruxlari darchasida
joylashadi.
54