Chakanda moyi. Bu moy chakanda o‘simligining pishgan mevasidan olinadi. Yangi yig‘ilgan yoki muzlatilgan chakanda mevasi maxsus mashinalarda urug‘iga shikast etkazmasdan maydalanadi. Xosil bo‘lgan sharbat surg‘ich yordamida surib olinadi. Maydalangan xom ashyo sentrifugalanadi. Ajralib chiqqan sharbat tindiriladi, suziladi, turg‘unlashtiriladi (pasteriza-Dyyalanadi). Sharbati ajratilgan xom ashyo tarkibida ma’lum miqdorda suv bo‘ladi. Uni maxsus qurutgichlarda 5—7% qoldiq, namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan xom ashyo 0—9 kg dan maxsus idishlarga solinib, 16 perkolyatordan tashkil topgan batareyada qarshi oqimda kungaboqar moyini olishda shu usulda ajratma olinadi. Olingan ajratma tindiriladi va suziladi. Maxsulotda karotinoidlar miqdori 180 mg% dan, kislota miqdori esa 14,5% dan ortmasligi kerak. Agar ta’sir etuvchi moddasi ko‘p bo‘lsa, ta’sir qiluvchi moddasi kam bo‘lgan ekstrakt bilan suyultirilib, me’yoriga etkaziladi. Xozirgi vaqda chakanda mevasidan chiqindisiz foydalanish texnologiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, mevasining yumshoq qismi va urug‘idan metilenxlorid yordamida aloxida-alohida ajratma olinadi, so‘ng ajratuvchi bug‘latiladi, koldiq moy baholanadi va kungaboqar moyi bilan suyultirilib me’yoriga etkaziladi. Qolgan xom ashyodan ajratuvchi qoldig‘i bug‘latiladi va qolgan quruq tolqonga 60% li spirt bilan ishlov berilib ajratma olinadi, undan spirt xaydaladi, qoldiq vakuum quritgich asbobida quritiladi. CHakanda moyi moysimon, qo‘ng‘ir qizil rangli, o‘ziga xos xidli suyuqlikdir. Preparat tarkibida — karotinoidlarga nisbatan xisoblanganda karotinoidlar yig‘indisi 1,8 g/l dan kam, kislota miqdori 14,5 dan yuqori bo‘lmasligi kerak. CHakanda moyi saraton kasalligini, kuygan joylarni davolashda hamda ginekologiya amaliyotida ishlatiladi. Og‘zi yaxshi berkitiladigan idishlarda, salqin va qorong‘i joylarda saqlanadi.
Na’matak moyi. Kam vitaminli na’matak turi — itburun urug‘idan metilenxlorid yoki dixloretan yordamida olinadi. So‘ng ajratuvchi bug‘latiladi, ekstrakt suziladi va baxolanadi. Bu qo‘ng‘ir-yashil rangli, achchiq ta’mli, o‘ziga xos xidli moysimon suyuqlik. Maxsulot tarkibida alfa va beta—tokoferollar 0,4 g/l dan kam va kislota miqdori 5,5 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Tashqi maqsadlarda dermatoz, qiyii bitadigan yaralarni davolashla ishlatiladi. Karotolin urug‘idan tozalangan na’matak mevasining moyli ajratmasi. Bu qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos xid va mazaga ega bo‘lgan suyuqlik. Kislota miqdori 3,5 dam ortiq bo‘lmasligi, beta karotinga xisoblanganda karotinoidlar 1,2 g/l bo‘lishi kerak. Dermatoz, qiyin bitadigan yaralarni davolash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |