17.22-16 guruh talabasi Kamolov Muhiddin
Moylarni adsorbsiya usuli bilan tozalash adsorbentlarni smolali va
oltingugurtli
birikmalarni, to'yinmagan va polisiklik aromatik uglevodorodlarni,
shuningdek, organiq kislotalarni, sulfat kislota qoldiqlarini va erituvchilarni tanlab
(saylab) ajratish qobiliyatiga asoslangan. Tozalash natijasida moylarning rangi
yaxshilanadi, uning barqarorligi, yopishqoqlik indeksi, kokslanishi yaxshilanadi.
Moylarni tozalashda adsorbentlar sifatida tabiiy loylar, sun’iy
alyumosilikatlar
qo'llaniladi. Tabiiy loylami tozalash jarayonida qo‘llashdan oldin ular sulfat kislota
yoki xlorid kislota bilan aktivlanadi va quritiladi. Moylarni va parafinlarni ishlab
chiqish texnologiyasida .
Adsorbentlar mahsulotlarni naften kislotalarning tuzidan, sulfat kislotalar
tuzlaridan,
nordon gudronlardan, sulfat kislotalar, smolalar va tanlovchi
erituvchilar qoldiqlaridan tozalashda keng qo’llaniladi.
Sanoatda asosan quyidagi tozalash usullari qo’laniladi:
1. Yaxshilab maydalangan adsorbent yordamida kontakt usulida tozalash.
2. Perkolatsiya yoki adsorbent donalari ustidan o‘tkazib filtrlash.
Kontakt usulida tozalash
Kontakt tozalashda moylar maydalangan oqartiruvchi tuproq bilan
aralashtiriladi. Adsorbentning aktivligi uni maydalanganligi darajasiga bog'liq
boMganligi uchun uni yaxshilab maydalanadi.
Moyning yopishqoqligini
kamaytirish uchun, uni adsorbentni g‘ovak!ariga so‘rilishini yaxshilash uchun
moyni qizdiriladi. Jarayon harorati xomashyoni sifatiga, adsorbentni tabiatiga
18.22-16 guruh talabasi Kamolov Muhiddin
(xossasiga), talab qilingan tozalash darajasiga bog‘liq.
Yengil distillat moylari 80—120°C da kontakt qilinadi, o‘rta distillyat
moylari 140—170°C da,og‘ir moylar 180—220°C.
Jarayonning ektivligi moyni
tuproq bilan kontakt vaqtining o'lchamiga bog‘liq.Kontakt vaqti 20—25 min.
davom etadi. Jarayonning afzalligi— tozalash darajasini boshqarish
mumkinligida. Bu esa tayyorlanayotgan moy rangining o‘zgarishi bilan aniqlanadi
va jarayonning haroratini va adsorbentni moyga nisbatan olingan nisbati bilan
boshqariladi. Moy to‘xtovsiz tozalanadi, zararli aralashmalar
birdaniga ajratib
olinadi. Jarayonning kamchiliklariga: adsorbentni regeneratsiya qilishni qiyinligi
adsorbent bilan birgalikda 35—40 % moyni yo‘qotilishi, moyni yuqori haroratda
sintetik alyumosilikatlar ta’sirida biroz krekingga uchrashi, adsorbentni qurilmada
regenerirlanmasligidadir
Filtrlash dona-dona harakatsiz yoki harakatda bo‘lgan adsorbent qatlamida
amalga oshiriladi. Birinchi variantda moy toza holda yoki og‘ir benzin eritmasida
o’lchamlari 0,3 — 2 mm bo‘lgan adsorbent qavatidan o‘tkaziladi. Filtr ichi bo‘sh
vertikal silindr apparat bo‘lib, adsorbent bilan to'ldiriladi.
Moyning birinchi porsiyasi juda chuqur tozalanadi.
Adsorbent rnoydan
ajratib olinadigan moddalar bilan to‘yingan sari, tozalanish darajasi pasaya boradi.
Hamma filtrat bitta idishga yig‘ilib aralashtiriladi. Shuning uchun filtratning sifati
o‘rtacha bo‘ladi. Filtrlash tugagandan so‘ng adsorbent filtrdan moy qoldiqlarini
ajratib olish uchun erituvchi — og‘ir benzin bilan yuviladi. Keyin filtrdan
eruvchini chiqarib tashlash uchun suv pari bilan ta’sir etadi. Yuvilgan va parlangan
adsorbent filtrdan tushirib olinadi va yangisi bilan almashtiriladi.
Perkolyatsiya usulining asosiy kamchiligi —
harakatsiz adsorbent
qurilmasining kattaligi va ko‘p mehnat talab qilishidir. Asosiy afzalligi — tozalash
yumshoq sharoitda 20-100°C da olib boriladi va moy uglevodorodlari
parchalanmaydi. Bu usul moylarni qayta tozalash uchun qo'llaniladi. Harakatda
bo‘lgan adsorbent bilan selektiv tozalangan distillyat va qoldiq moylarining
adsorbsiya usulida tozalangandan keyin olingan natijalar jadvalda keltirilgan.
19.22-16 guruh talabasi Kamolov Muhiddin
Do'stlaringiz bilan baham: