405
Har bir o'quvchini individual ahloqiy jihatdan aniqlagandan keyin alohida olingan sub'ekt bilan individual munosabatda bo'lish imkonini beradi. 8-10 yoshli bolaning shaxsiy fazilatlari beqaror, dunyoqarashi sodda, tashqi taassurotlarga tez beriluvchandir. Buyuk allomalar ta'kidlagalaridek, kishining xarakteri hammadan ko'proq uninig hayotining dastlabki bilimlarida tashkil topadi va mazkur xislatlatida namoyon bo'lgan sifat mustahkam o'rnashadi va bolaning mustahkam tabiatiga aylanadi. Bolaning ikkinchi tabiatida ijobiy xis-tuyg'ularni, shaxs fazilatlarini tarkib toptirishda, yuksak insoniy sifatlarni ularda shakllantirishda barcha ma'suliyat boshlang'ich sinf o'qituvchisining zimmasiga tushadi.
Kichik maktab yoshida bolaning o'z o'ziga baxo berish darajasini shaklanishi omillari:
1. O'quv faoliyati O'z-o'zini baxolash darajasini shakllanishiga ta'sir qiladi, O'quv faoliyati jarayonida bola maqsadlarni belgilash va o'z xatti-harakatlarini nazorat qilish, o'zini o'zi boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi
Bola o'z xatti xarakatlarini nazorat qila olishi, o'zini baholay olishi kerak. Bolaning o'z mkoniyatlari qobiliyatlari to'g'risidagi tasavvurlari o'z o'ziga baxo berish darajasini shakllanishining asosidir, shuning uchun boshlang'ich sinf o'qituvchisi kichik yoshdagi o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini bilishi va o'qitish jarayonida individual va tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirgan holda o'z o'zini baxolashning individual xususiyatlarini hisobga olishi kerak. .
2.O'quv va kognitiv faoliyatning baholash komponenti.
O'qituvchining baholashi, birinchi navbatda, bolaning o'zini-o'zi baholashining yetarli darajada shakllanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi , shuning uchun o'qituvchining yordami bilan kichik yoshdagi o'quvchilarni o'zlarini adekvat baxolash darajalarini shakllantirish mumkin
406
Bola bilimlarini baholash komponenti o'quvchining o'quv va bilish faoliyatida ichki rag'batlantiruvchi omil bo'lib, o'zidagi imkoniyatlar qobilyatlariga nisbatan ishonch tuygusini , qiyinchiliklarni yengib o'tishda intiluvchanlik xislarini uyg'otadi,
3 Sinfdoshlarni baholash. Bolalarni sinfdoshlarining bilimlarini ob'ektiv baholashga o'rgatmasdan turib, ularning bilimlarini ob'ektiv baholashga o'rgatish mumkin emas. Bolani o'qituvchi o'rniga qo'yish, unga tengdoshn ing o'quv faoliyatini baholashning aniq mezonlarini taqdim etish va unga sinfdoshlarining faoliyatini berilgan mezonlar bo'yicha baholash va tahlil qilishga o'rgatish kerak., Kichik maktab yoshidagi o'quvchinig baholash pozitsiyasi boshlang'ich maktabda ta'limning butun davri davomida o'zgaradi.
Birinchi sinf o'quvchisi o'qituvchi va ota-onalarning baholari ta'sirida passiv baholash tajribasiga ega bo'ladi. 2-sinfda o'quvchi o'qituvchi rahbarligida o'zining ta'lim faoliyati natijalarini va tengdoshlari faoliyati natijalarini tahlil qilishi mumkin. 3-
sinflarda o'quvchilar ikkinchi sinf o'quvchilariga nisbatan katta mustaqillik bilan o'z ta'lim faoliyati natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, o'qituvchi rahbarligida o'z faoliyati natijalarini tuzatish yo'llarini ishlab chiqishlari kerak. O'z-o'zini baholash va o'zaro baholash ko'nikmalariga ega bo'lish bolaning maktabdagi ijtimoiylashuv xususiyatlariga tezroq moslashishiga yordam beradi.
Kichik yoshdagi o'quvchining o'z o'zini baxolash darajasini shakllanishiga bolaning o'z hayotiy tajribasi ham ta'sir qiladi. O'z o'zini baxolash ma'lum bir hayotiy tajriba ta'sirida shakllanadi, bu insonning o'z muvaffaqiyatlari yoki muvaffaqiyatsizliklari tajribasining natijasidir.
Shuning uchun kichik maktab o'quvchilarini muayyan vaziyatda muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka olib kelgan sabablarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va topilmalarni hisobga olgan holda keyingi faoliyatini qurishga o'rgatish muhimdir
5 Ota-onalarning fikri,oiladagi ustivor qadriyatlar,oilaviy tarbiya uslublari
Do'stlaringiz bilan baham: |