245
erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo’ladi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi farqi nimalarda ko’rinadi?
Bu turdagi ta’lim muassasalridagi jarayon bir biridan farq qilinmaydi.Ikkisida ham ta’lim-tarbiya berish ishlari davlat talablari hamda ta’lim standartlari orasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari:, nodavlat ta’lim muassasalari tarbiyanuvchilari, bolalalar bilan individual mashg’ulot olib borish tizimi yaratilgan. Jumladan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga o’zbek, ingliz va rus tillarida saboq berilib, ular qiziqish nuqtai nazaridan ingliz tili kompyuter savodxonligi o’g’il bolalar taekvondo, qiz bolalar badiiy gimnastika to’garaklariga muntazam jalb etiladi. Xususiy maktabgacha talim tarbiyalanuvchilari, uch maxal issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Albatta ta’lim muassasalariga ota-onalar munosabati, qiziqishi ham farq qiladi.
Nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish qanday talablar asosida amalga oshiriladi?
Nodavlat ta’lim muassasasini tashkil etish uchun avvalo rejalashtirilgan hududdagi aholining mazkur ta’lim turiga ehtiyoji hamda mablag’ni to’lash imkoniyatiga egaligi binoning sanitariya qoidalari va normalari-me’yorlari, “yashash joyi” maqomidan “noturar joyi” maqomiga o’tkazish talablariga javob be rishi bino yonida mashinalar uchun yo’lakning mavjudligi, yon-atrofda yashovchilarning roziligi hamda rejalashtirilgan bino atrofida bolalar sog’lig’i uchun zararli bo’lgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud emasligi kabi omillar talab etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasasining faoliyati yuritishi uchun lisenziya besh yil muddatga beriladi.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar nafaqat ta’lim tizimini boshqarish mexanizmalarini o’zgartirish takomillashtirishni, undagi boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik metodlaridan voz kechib, ijtimoiy- iqtisodiy, zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan
246
boshqaruv tizimini shakllantirishni, balki yagona effektiv maqsadga yo’naltirilgan ichki, ta’lim sifatini oshiruvchi va bunday sifatni ta’minlab berib turuvchi mexanizmni bunyod etish hamda shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda ham nodavlat ta’lim maskanlari ham o’z fidoyi ishlari bilan davlat maktabgacha talim muassasasiga ibrat bo’lishi zarur.Ta’lim - ma’lumotni ma’lum bir tartibda berish va uni olish jarayoni sifatida qaraladi
Taniqli olim L.Fishman fikriga ko’ra ta’lim menejmenti - bu o’ziga xos pog’onaviylikka asoslangan, ilmiy asosda tashkil etilgan boshqaruvdir: rahbar pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Uning fikricha boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog’ona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish; ikkinchi pog’ona - o’quvchilar faoliyatini boshqarish. Albatta nodavlat ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirishda rahbar, tarbiyachilar, bolalar, ularning ota-onalari faoliyati chambarchas bog’liq bo’ladi. Nodavlat ta’lim muassasalarini boshqarishda ta’lim menejmenti fani uzoq vaqt ichida xizmat qiladi. Chunki, ta’lim menejmentining asosiy ma qsadi - ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasasi oldiga qo’yilgan maqsadga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo’lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat. Umuman olganda nodavlat ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirishda har qanday natijaga erishish, barcha xodimlarning faoliyatini motivlashtirish, tashabbuslarni rag’batlantirish, turli pedagogik loyihalarni ishlab chiqish va tahlil qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda qo’shimcha rahbarlik qilish tendensiyasi paydo bo’ladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli qarori .
Do'stlaringiz bilan baham: |