Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 336 b



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/107
Sana14.07.2022
Hajmi1,65 Mb.
#799720
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107
Bog'liq
O‘tkir Hoshimov-Dunyoning ishlari

Dunyoning ishlari
311
III
Quyosh ufqqa lab bosdi. Kichkina shalaq arava 
tuproq yo‘ldan imillab borar edi. Qora eshak chil
-
lakday ingichka oyoqlari bilan tuproq changitib, 
aravani sudrab borar, g‘ildiraklar nola chekkan 
kabi hazin g‘iyqillardi.
Aravada o‘tirgan cholning ingichka, burishiq 
bo‘ynidagi chuqurchasi, oq oralagan sochi Tir-
kashga ko‘rinib turardi. Dilorning otasi hech 
qayoqqa shoshilmayotganini shama qilganday 
eshak ni qistamas, boshini tashlab, mudrab bo-
rardi. Ertalabdan beri chol Tirkashga bir og‘iz 
ham gapirmadi. Faqat ahyon-ahyonda milki qiza-
rib ketgan ko‘zlari bilan unga sinchiklab qarab 
qo‘yar, yana indamasdan teskari qarab olardi.
Aravaning ketida Tirkash bilan yonma-yon 
kelayotgan Dilor unga qarab jilmayib qo‘yar, al-
laqayoqdan sindirib olgan tol xivichi bilan yo‘l 
chetidagi giyohlarni savalab borardi. Uning sha
-
paloq gulli qizil kuylagi shafakda lovillar, o‘zi 
ham o‘t bo‘lib yonib ketayotganday ko‘rinardi. 
Tirkash shu tobda qizning nima o‘ylayotganini 
bilolmas, ammo bir ko‘zini sal qisib, istehzoli, 
jozibali jilmayishidan o‘zining go‘zalligidan, yigit-
ni ergashtirib kelayotganidan mamnun ekanligi-
ni ko‘rib turardi.
Quyosh yer ortiga yumalab ketdi. Oqshom 
shamoli ufqda yonib turgan shafaq alangasini 
puflab o‘chirdi. Hamon g‘ildiraklar nola chekar, 
shalaq arava tepalikka chiqib borardi.
Tirkash qishloqdan chiqib ketayotganida ho-
zirgidek ko‘ngli g‘ash bo‘lishini o‘ylamagandi. U 
Qosim otaning ko‘ziga ko‘rinishdan qo‘rqqan, 
Tentaksoydan chiqib olguncha tanish hay-


O‘tkir Hoshimov
312
dovchilarning uchrab qolishidan yurak hovuch-
lab turgandi. Yo‘q, hech kim uchramadi... U 
Dilorni endi o‘ziniki deb o‘ylar, shu qiz uchun 
dunyoning narigi chekkasigacha borishga ham 
tayyor edi. Lekin qishloqdan uzoqlashgan sayin 
uning qadami sekinlashar, o‘zi qilayotgan guno-
hini endi tushunayotganday bo‘lardi. Go‘yo kim
-
dir ko‘zga ko‘rinmas nozik, juda nozik iplar bilan 
uni Tentaksoyga bog‘lab qo‘ygan-u, bu iplar bor
-
gan sayin tarang tortilar, yana bir qadam yursa, 
uzilib ketayotganday bo‘lardi.
Shalaq arava tepalik ustiga chiqqanda to‘xtadi. 
Tirkash tag‘in burilib orqaga qaradi. Pastda qish
-
loqni tasmaday o‘rab olgan soy yaltillab ko‘rinar, 
ammo uylar ko‘zga tashlanmas, quyuq daraxtzor 
ustiga oqshom sharpasi qo‘ngandi. Uzoqda – kat
-
ta yo‘l ustida quyuq chang ko‘rindi.
– Poda qaytyapti, – pichirladi u. Birdan ko‘z 
o‘ngi qorong‘ilashib, xotiralar quyunidan boshi 
aylanib ketdi.
Bir vaqtlar o‘zi ham kattakon targ‘il sigirni tong 
saharda podaga qo‘shib yuborar, kechqurun si
-
girning o‘zi eshikdan ma’rab kirib kelardi. Sigirni 
qo‘shni kelin sog‘ib berar, Qosim otaning kampi
-
ri o‘lib ketgan, so‘qqabosh edi. Cholning o‘zidan 
boshqa ovunchog‘i yo‘qligini, uning umidi yolg‘iz 
Tirkashdan ekanini endigina tushundi.
O‘sha, suvdan olib chiqqan yiliyoq Qosim ota 
unga papka, «Alifbe» olib bergan, Tirkash mak
-
tabga qatnay boshlagan edi. Tong saharlab 
shudring qo‘ngan dalalardan maktabga yugur-
ganlari, yozlari qishloq bog‘ida bolalar bilan uzum 
uzishgani, bultur o‘ninchini bitirganida maktab-
da o‘tkazilgan kecha uning xayolida jonlandi-yu, 
yuragi gupillab urib ketdi.


Dunyoning ishlari
313
Tirkash kuz kechalari xirmonda ishlashni 
yaxshi ko‘rardi. U baland xirmon ustiga chiqib, 
chalqancha yotib olar, nazarida osmon borgan 
sayin pastlashib tushayotganday bo‘lar, pax
-
taning yelkalariga iliqqina, yumshoqqina botishi 
ham, salqin shamoldan junjikib, seskanib ketishi 
ham – hamma-hammasi juda lazzatli edi.
U rohat qilib yotganida pastdan mashina ning 
bo‘g‘iq ovozi eshitilar, kabina eshigi taraqlab 
ochilardi.
– Uxlab qoldingmi, hoy lo‘li!
Tirkash haydovchilarning qo‘polligiga parvo 
qilmas, o‘zini shu qishloqning bir o‘zbegi, bir 
farzandi hisoblardi. U xirmon ustidan sakrab 
tu shardi-da, kuzovga panshaxa bilan paxta or-
tardi...
Keyin traktorchiga shogird tushdi. U omoch-
larni to‘g‘rilab borar, palaxsa-palaxsa bo‘-
lib ko‘chayotgan tuproq isi, kerosin hidi mast 
qilib qo‘yganday boshi aylanib ketar, motorning 
guvillashi ham, traktor atrofida parvonaday ay-
lanayotgan qarg‘alarning qag‘illashi ham gashtli 
tuyilardi unga.
Yigit o‘sha tuproq isini, bahor qo‘ng‘irog‘idan 
uyg‘ongan yerning iliq nafasini, Tentaksoyning 
tishni qamashtirib yuboruvchi muzday suvlarini 
hech qachon, hech nimaga alishmasligini, alisha 
olmasligini endi tushundi. Tushundi-yu, tishlari 
g‘ijirlab ketdi.
...Tirkash yelkasiga kelib tushgan xivich 
zarbidan seskanib ketdi.
– Yurmaysanmi?
Dilor bir qo‘lini biqiniga tirab, bir qo‘lida xi vich 
o‘ynatib jilmayib turardi. Atrof qorong‘ilashib qol
-



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish