O‘tkir Hoshimov
308
cho‘qqi soqoli jonlandi. Shu ko‘zlarning nurini ol-
gan Tirkashning o‘zi emasmikin? Shu soch-soqol
-
ga qirov qo‘ndirgan Tirkashning o‘zi emasmikin!
Axir uni odam qilgan, ota o‘rnida ota bo‘lgan kishi
shu emasmidi?.. Tirkashdan boshqa suyanchig‘i
bormi uning...
Koshki edi, Tentaksoyga o‘sha eski arava kirib
kelmagan bo‘lsa... Koshki edi, Tirkash shu ara-
vada kelayotgan lo‘li qizni – Dilorni ko‘rmagan
bo‘lsa...
Tirkash birdaniga o‘rnidan sakrab turgisi,
qishloq tomonga yugurib ketgisi keldi. Lekin qa
-
chonlardir go‘daklik xotirasiga mahkam o‘rnashib
qolgan, unutilayozgan sog‘inch bir tuyg‘u ustun
keldi-yu, chalqancha yotib oldi. Oy havolab ket-
gan, qatlam-qatlam kuz bulutlari ohista suzib
o‘tar, namxush tuproq isi anqir edi.
II
Bu voqeaga ancha yil bo‘lib ketgan. Ancha yil
-
lar...
Tirkash esini tanibdiki, shu tuproq voyaga
yet
kazdi uni. Dunyoga qaysi kuni kelganini,
otasi kim, onasi kim ekanini haliyam bilmaydi.
To‘rt-besh yoshida odam ajratadigan bo‘lib qol-
ganida lo‘lilar chodirida ko‘rdi o‘zini. Ota-onasi
allaqachon ko‘z yumib ketganini shulardan eshit-
di. Hammaga ergashib yurgani uchun Tirkash
deb chaqirisharkan uni. Ular Tirkashni qo‘lma-
qo‘l ko‘tarib katta qilishibdi... Tirkash ham shu
lo‘lilardan bittasi edi. Yarim kechagacha childirma
chalib, bazm qilishni, qizil ko‘yla gining etagini
hilpiratib raqs tushishni hech nimaga alish-
maydigan xotinlarning hammasi uning onasi edi.
Dunyoning ishlari
309
Gulxan atrofida davra qurib o‘tirgan lo‘lilar ning
hammasi ota edi unga.
Hazin qo‘shiqlar og‘ushida mudragan oqshom-
lar, oy nuriga g‘arq bo‘lgan osmon... Tirkash
dun yoga kelib eng avval shularni ko‘rgandi. Kun
botar-botmas ularning elati ko‘kalamzor bir yerga
chodir tikar, Tirkash ko‘katlar ustiga chalqancha
tushib olardi-da, childirmaning gumbirlashiga,
quvnoq qahqahalarga quloq solib yotar, gulxan
atrofida lip-lip aylanayotgan soyalardan ko‘zi
tinib uxlab qolardi.
Erta tongda odamlarning g‘ovur-g‘uvuri,
eshak
larning hangrashidan uyg‘onib ketardi.
Shud ringdan ho‘l bo‘lib ketgan jingalak sochlarini
silab o‘rnidan turar, uvushib qolgan qo‘llarini
uqalab-uqalab qo‘yardi.
Yana o‘sha uzun-uzun yo‘llar boshlanardi.
Dunyoda yo‘llarning nega shunchalik ko‘pligi
-
ga uning aqli yetmas, lo‘lilar elati bo‘lsa bir zum
ham to‘xtamas, qayoqqa ketishayotganini hech
kim bilmasdi.
Tirkashning so‘ngsiz-nihoyasiz yo‘llari Ten-
taksoyda to‘xtadi. Bahor oqshomlaridan birida
lo‘lilar elati shundoqqina soyning bo‘yiga, tosh-
loq sohilga chodir tikdi. Tentaksoy son-sanoqsiz
orolchalar hosil qilib hayqirar, osmoni falakka
marvarid sochardi.
Tirkash o‘shanda yetti-sakkizlarga borib qol-
gan, tishlari bir marta to‘kilib chiqqan edi. Kun
bo‘yi yo‘l yuraverib charchaganidanmi, hamma-
dan oldin uxlab qolibdi.
Tongotarga yaqin entikib uyg‘onib ketdi.
Uyg‘ondi-yu, to‘lqinlar ketma-ket urilib, suv
O‘tkir Hoshimov
310
qa’riga tortib ketayotganini bilib chinqirib yubor-
di. Ammo ovozini o‘zi ham eshitolmadi. Og‘ziga suv
to‘lib o‘qchiy boshladi. Soy dahshatli guldurosdan
titrar, yer-u ko‘k qop-qora to‘lqinlarga ko‘milgan edi.
Tirkash suvdan qalqib chiqib, qop-qora osmonni
so‘nggi marta ko‘rdi-yu, tipirchilab cho‘kib ketdi.
U ko‘zini ochganida boshiga egilib turgan
notanish kishini ko‘rdi. Elatida bunday odam
yo‘q edi. Boshiga ko‘k duxoba do‘ppi kiyib olibdi.
Yuzlari qizarib ketgan, oq oralagan mo‘ylovi ho‘l
bo‘lib, cho‘qqi soqoliga yopishib qolibdi. U jiqqa
suv ko‘ylagining etagini qayirib, Tirkashning
peshanasini artdi.
– Oting nima, o‘g‘lim?
Tirkash o‘zini shu odam suvdan olib chiqqani-
ni endi tushundi.
– Ketaman!
U o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, majoli kelma
-
di. Notanish kishi uning ustiga ko‘rpa tashladi.
– Elatlaring ketib qolishdi. Seni allaqachon
o‘ldiga chiqarishgan bo‘lsa kerak. – Notanish ki-
shi chuqur xo‘rsindi. – Sel yomon quturdi-da!
Tentaksoy shunaqa o‘zi. Har bahorda jilovini
yo‘qotib qo‘yadi.
Tirkash begona uyning guldor qog‘oz yopishtiril
-
gan shiftiga tikilib yota-yota ko‘zlari ilindi.
...Bu voqeaga ancha yil bo‘lib ketgan... Ancha
yillar...
Agar uch kun avval qishloqqa yana bitta lo‘li
arava kirib kelmaganida, agar Dilorni ko‘rma-
ganida, qiz ketaman deb turib olmaganida, o‘sha
damlarni eslab o‘tirmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |