MUHABBAT
Uzoq, entikib o‘pishdilar. Qizning soch tolalari
Tirkashning yuziga tegib turar, allanechuk nota-
nish, ammo totli is anqir, uning butun vujudi ta-
rang tortilib, oyoqlari titrar, qizning ham yelka-
lari bilinar-bilinmas silkinayotganini his qilib tu-
rardi. To‘satdan qiz siltanib qaddini rostladi-yu,
zarb bilan itarib yubordi uni.
Tirkash laylak qilib qo‘yilgan aravaga suyanib
qoldi. U hamon o‘ziga kelolmas, allaqanday ichki
bir to‘lqin borgan sayin qattiqroq jo‘sh urardi.
– Dadam so‘yib tashlaydi, – dedi qiz to‘zib ket-
gan sochlarini kafti bilan tekislarkan. Ammo da
-
dasidan hech qachon hayiqmaganligi, bundan
keyin ham hayiqmasligi uning ovozidan bilinib
turardi.
Tirkash aravadan uch-to‘rt qadam narida,
maysalar ustiga tashlab qo‘yilgan bir parcha
namat ustida uxlab yotgan cholga qaradi. Chol
ola-bula xurjunga boshini tashlab, oyoqlarini
kerganicha, chalqancha yotar, qorong‘ida yuzi
aniq ko‘rinmasdi. Undan ham nariroqda bir tup
do‘lananing to‘kilgan xazonini shitirlatib, shar-
paday qop-qora eshak o‘tlab yurardi.
Tirkash qaddini rostlab, qizga tikilib qoldi.
Uning katta-katta ko‘zlari yonib turar, uzun-uzun
kipriklari, qirra burni qorong‘ida yanayam jozibali
ko‘rinar, Tirkash hali ham hayajonini bosib
ololmas edi. Ikkovlari anchagacha jimib qolishdi.
Arslonbobo tog‘ining cho‘qqisi yonib ketdi. Zum
o‘tmay dum-dumaloq to‘lin oy chiqdi. Chor at-
O‘tkir Hoshimov
306
rofga nur aralash sukunat seli quyilganday,
hamma yoq jimjit bo‘lib qoldi. Yaproqlari to‘kila
boshlagan do‘lana soyaday qorayib ko‘rinar,
havoda xazon, g‘o‘zapoya isi anqirdi.
Qiz sochini qaytadan o‘rib, orqasiga tashladi.
Tirkashning yoniga keldi-da, niholday nozik gav-
dasini egib, arava ichidan paxtalik nimcha olib
kiydi. Tirkashga bir qarab qo‘ydi-yu, oyoqlarini
osiltirib, aravaga o‘tirib oldi. U endi hamma nar
-
sani unutganday, Tirkashni ko‘rmayotganday
edi. Boshini baland ko‘tarib, oyga tikilib o‘tirar,
chehrasida beparvolik ko‘rinib turardi. Boyagi
to‘lqin yana jo‘sh urib ketdi. Tirkash nima qilayot-
ganini o‘zi ham sezmay, tiz cho‘kib, qizning oyoq-
laridan mahkam quchoqlab oldi.
– Dilor, ketma. Iltimos qilaman, yalinaman... –
U qizning tizzasiga bosh qo‘ydi. Negadir shu tob
-
da qizning qo‘llari sochini silashini kutar, orzu
qilardi. Dilor egilib uning yelkasidan itardi.
– Ket bu yerdan!
– Tushunsang-chi, axir, qayoqqa borasan?! Ni-
ma ga borasan? – Tirkash qizning oyoqlarini mah
-
kamroq qisib iltijo bilan bosh chayqadi. – Yo‘q
dema, Dilor. Ikkalamiz birga ishlaymiz. Sen ni-
mani xohlasang...
– Ket, men uxlayman! – Dilor tag‘in uning
yelkasidan itardi.
Tirkash qizning chimirilgan qoshlariga, qat’iyat
bilan qimtilgan lablariga qarab, endi gapirish or
-
tiqcha ekanini tushundi. Asta qaddini rostlab,
boshini quyi soldi. O‘ziga ham erish tuyilgan past
ovozda pichirladi:
– Ketib qolmanglar, tongotarda kelaman.
Shartta burildi-da, tasmaday oqarib yotgan
tuproq ko‘chadan soyasini bosib, chopib ketdi.
Dunyoning ishlari
307
Oy koptokday sakrab-sakrab unga ergashib ke
-
layotgandek bo‘lar, qishloq tomondan itlarning
akillagani eshitilar, soy shovillar edi. Qir usti-
ga chiqqanida old tomondan qishloq chiroqlari
ko‘rindi. U to‘xtab qoldi. Orqasiga burilib qara
-
di. Pastlikda, yo‘l yoqasidagi o‘sha bir tup do‘la
-
na qorayib ko‘rinar, Dilor ham, otasi ham daraxt
ko‘lankasi tagida qolib ketgandi.
Tirkash tez yurganidan nafasi qisib, terlab ket-
ganini endi sezdi. Ko‘ylagini yechib yelkasiga tash
-
ladi-da, tag‘in qishloq tomonga qaradi. Katta yo‘ldan
nur zanjiri bilan bog‘lanib qolganday qator-qa-
tor mashinalar o‘tib borardi. «Punktga paxta olib
ketishyapti», deb o‘yladi u. Birdan ko‘ngli cho‘kdi.
«Yo‘q! – dedi u pichirlab. – Hech qayoqqa bormay
-
man. Bormayman! Uyga ham, Dilorning oldiga
ham. Hech nima kerakmas menga, hech nima!»
U ko‘ylagini yerga tashlab, qurib, sarg‘ayib qol
-
gan ko‘katlar ustiga o‘tirdi.
«Nima bo‘lyapti o‘zi? Qayoqdanam shu qizni
uchratdim?! Nahotki endi hamma narsadan –
uyim, qishlog‘im, otamdan ayrilsam? Nahotki
endi Tentaksoydan bir umr bosh olib ketsam?
Nima bo‘lyapti o‘zi?»
U diqqat bilan quloq sola boshladi. Bu safar
soyning shovillashi aniq eshitildi. Keyin xo‘rozlar
cho‘zib-cho‘zib qichqira boshladi. Ehtimol, ular-
ning hovlisidagi tojdor xo‘roz ham qo‘noqda turib
bo‘ynini cho‘zgancha jo‘r bo‘layotgandir. Ehtimol,
Qosim ota xirmondan qaytib, uning kelishini
kutib, supada nos chekib mudrab o‘tirgandir.
Tirkashning xayolida Qosim otaning oppoq
qoshi ostidan o‘ychanlik, muloyimlik bilan boqib
turgan ko‘zlari, so‘lg‘inroq, ammo nuroniy yuzi,
Do'stlaringiz bilan baham: |