«Ochil-ochil oq toshlar-a...
Men onamni ko‘rayin-a...
Diydoriga to‘yayin-a...»
Uning sekin xo‘rsinganini eshitdim. Zum
o‘tmay yana qaytardi.
«Oyijonim... ko‘rayin-a Diydoriga...»
Keyin birdan jim bo‘lib qoldi. Allanimadan
qo‘rqqanday, sekin boshimni ko‘tarib qaradim.
Halimaning kattakatta, qopqora ko‘zlari jiqqa
yosh edi.
Nima qilishimni bilmay, dovdirab qoldim.
261
– Yig‘lama, – dedim yalinib. – Yig‘lamagiin...
Halima qo‘lidagi «ajina kovush»ni uloqtirib
yubordida, qizil chit ko‘ylagining etagini qa
yirib, ko‘z yoshini artdi.
Arpaga o‘roq tushdi. Endi bizning ham
ishimiz ko‘payib qolgandi, har kuni mashoqqa
borardik. O‘sha kuni peshingacha ikkalamiz
bir to‘rvadan mashoq terdik. O‘roqchilar narigi
adirga o‘tib ketishgan, qizib yotgan arpazorlar
ni quyosh yondirardi.
– Yur, soydan suv ichib kelamiz, – dedim
to‘rvachamni orqalab.
– Polizga borib qovun yemaymizmi?
– Dadang bermaydida, – dedim ishonmay.
– Beradi, beradi, – Halima qo‘limdan ushladi.
Chopib ketdik. Soy bo‘yidan yurib poliz yoniga
yetib borganimizda to‘xtab qoldim.
– Qo‘rqma! – Halima sudraguday bo‘lib poliz
ichiga yetaklab kirdi. Pushtalar ustida yuma
lab yotgan kattakatta qovuntarvuzlarni ko‘rib
ko‘zim o‘ynardi. Lekin chayla yoniga yaqin
borganda qo‘rqapisa yana to‘xtadim. Chayla
soyasida Hakim sassiq bilan tabelchi To‘lash
aka chordana qurib o‘tirgancha kosa qilingan
bosvoldini yeyishardi.
– Dada, bizgayam qovun berasizmi? – Halima
avval menga, keyin dadasiga qarab qo‘ydi.
Hakim sassiq qizarib ketgan ko‘zlarini men
ga qadagan edi, urgani esimga tushib ketdi.
O‘shanda ham ko‘zlari shunaqa qipqizil edi.
Birdan To‘lash aka og‘zini katta ochib, xa
xolab kula boshladi. Yakkamdukkam tish
lari orasida yarim chaynalgan oppoq bosvoldi
bo‘lagi ko‘rindi.
262
– Sassiq! – dedi u og‘zini to‘ldirib. – To‘yni
boshlayversang ham bo‘larkan. Mana kuyov
bolayam tayyor. – Keyin yana xaxolab kuldi.
Hakim sassiq labining bir chekkasi bilan il
jayib qo‘ydi. Hayron bo‘lib, Halimaga qara dim.
U ham ko‘zlari javdirab, atrofga alanglar, hov
o‘shanda – Melivoydan so‘kish eshitganda qan
doq qilgan bo‘lsa, hozir ham o‘shanday, ka
lishining uchi bilan yer chizardi.
To‘satdan miyamga bir nima urilganday
bo‘ldi. Ular men bilmaydigan, yomon bir narsa
to‘g‘risida gapirishayotganini tushunib qoldim.
Sekin burildimu, yig‘lagancha chopib ketdim.
Kattakichik qovunlarni bosib, pushtalar us
tidan sakrabsakrab borarkanman, yelkamdan
og‘ir bir narsa bosib tushayotganini anchadan
keyin bildim. Boshoq to‘la xaltam ekan. Uni
ham uloqtirdimu soy bo‘yiga yugurdim.
...Aqlimni taniganimdan keyin bilsam, men
shirin, beg‘ubor tush ko‘rayotgan ekanmanu,
To‘lash bir og‘iz gapi bilan ustimdan muzday
sovuq suv quyib, uyg‘otib yuborgan ekan. Men
bo‘lsam mana shu tush uzoq, juda uzoq davom
etishini xohlardim. O‘shao‘sha Halimani bosh
qa ko‘rmadim, nimagadir ko‘rishni xohlama
dim ham. Keyin eshitsam, shaharga – oyisining
yoniga ketib qolibdi.
* * *
Kecha panorama kinoteatri yonida Halimani
ko‘rib qoldim. Agar o‘zi chaqirmasa, tanimas
dim. U yo‘lkadan bolalar aravachasini yetaklab
borardi. Qiziq, Halima meni qanday tanigani
263
ga hayronman... Arg‘uvon tagidagi o‘rindiqda
o‘tirib gaplashdik. Halima turmush quribdi. Eri
aspirant, o‘zi vrach ekan.
– Bu – ikkinchi o‘g‘lim, – dedi u aravachada
uxlab yotgan shiringina chaqaloqni ko‘rsatib.
Anchagacha jim o‘tirganimizdan keyin sekin
xo‘rsindi.
– Qanday yaxshi opauka edika... Qarang,
o‘n olti yil o‘tib ketibdi.
Men uni sizlashni ham, senlashni ham bilol
may ikkilanib qoldim.
– Haliyam qo‘rga ko‘milgan kartishkani yax
shi ko‘rasizmi? – dedim anchadan keyin.
– Haliyam yosh bolasiza, Anvar... – u kuldi.
Bu o‘sha – o‘zimga tanish, opalarcha mehribon
kulgi edi.
Yuragimning bir burchida sog‘inch tuyg‘usi
jo‘sh urib ketdi. Rosta, qandoq opauka
edika!.. To‘lash aka o‘shanda nimagayam shu
naqa dedia?
1966-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |