Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 280 b



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana15.06.2022
Hajmi1,03 Mb.
#674687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O\'tkir Xoshimov. Bahor qaytmaydi [@kitoblar1]

HURKITILGAN TUSH 
Ko‘ngil vayron bo‘lishi uchun 
taqdirning ojizgina zarbasi kifoya.
S. Sveyg
Tishlari to‘kilgan kemshik bola edim. Soy 
bo‘yidagi o‘tloq biz – bolalarning «katta yeri­
miz» edi. Har kuni erta bilan oyim chiyduxo­
ba shimimning cho‘ntagiga yarimta zog‘ora, bir 
bo‘lak qaynagan lavlagi solib berardi­da, shox­
siz, yuvosh echkimizni yetaklab «katta yer»ga 
jo‘nardim. Ovozi do‘rillab qolgan Melivoy ko‘k 
ko‘zni aytmasa, hammamiz yosh bolalar edik. 
O‘tloq yonidagi ikki tup azim tol bizning ovun­
chog‘imiz edi. Bahor kelishi bilan bolalar tol 
nov dalaridan hushtak yasashar, qizlar bo‘lsa 
bargak taqib, daraxt soyasida cherta o‘ynashardi.
Bir kuni oramizga yangi mehmon – Halima 
degan qizcha qo‘shildi. Uning qishlog‘imiz­
ga kelganini hammadan avval men bildim. 
Kechqurun oyim dadamga aytgan gapini eshi­
tib qolgandim.
– Hakim sassiq shaharga borib qizini topib 
kelibdi. Xotinining boshiga itni kunini solibdi. 
«O‘zing­ku, sharmandalik qilding... Mayli, sen 
o‘sha topganing bilan bo‘laver. Menga qizimni 
ber», debdi...
Hakim sassiq urushdan kelgach, polizda 
brigadir bo‘lib ishlardi. Men uni yomon ko‘rar­
dim: bir marta echkim poliziga kirib ketgani­


258
da meni ikki tarsaki urgan. Oyimning gapi­
dan hech nima tushunmagan bo‘lsam ham, 
Hakim sassiqning qizini ko‘rgim keldi. Ertasiga 
ko‘rdim ham...
* * *
O‘sha kuni ertalab momaqaldiroq bo‘lib, jala 
quygani esimda bor. Oyim odatdagiday echki­
ning yelin qopini bog‘lab (bo‘lmasa bolasi emib 
qo‘yardi) arqonni qo‘limga tutqazdi:
– Yaxshilab to‘yg‘iz!
«Katta yer»ga yetib kelgunimcha havo 
charaqlab ochilib ketdi. Echkining arqonini ye­
chib, mollarga qo‘shib yubordim­da, tol tagida 
to‘dalanib turgan bolalar yoniga keldim.
O‘rtada urushda o‘lgan dadasining kattakon 
beqasam choponini kiyib olgan Melivoy yon­
boshlab yotar, yalang oyoq bolalar uning atro­
fida o‘tirib olib nimagadir xaxolab kulishardi.
– Hakim sassiqning qizini ko‘rdingmi, Anvar? 
– Melivoy yaqin kelishim bilan do‘rillab so‘ra­
di. Keyin qo‘lidagi tol yog‘och bilan imo qilib 
ko‘rsatdi. – Dadasiga o‘xshagan daroz ekan.
Bolalar tag‘in baravariga kulib yuborishdi. 
Tolning panasida turgan novcha qizaloqni endi 
ko‘rdim. Uning katta­katta ko‘zlari ma’yuslik 
bilan javdirar, nima qilishini bilmay, kalishi­
ning uchi bilan maysalarni ezg‘ilardi.
Melivoydan hammamiz qo‘rqardik, u hech 
kimni ayamasdi. Lekin hozir u qizni masxara 
qilishi alam qildi menga.
– Daroz bo‘lsa senga nima? – dedim alamim­
dan chiyillab.


259
Halima yalt etib menga qaradi­yu, indamadi. 
Melivoy birpas baqrayib turdi­da, tayog‘ining 
uchi bilan soy tomonni ko‘rsatdi.
– Bor, buqamni qaytarib kel! Sening galing 
keldi. 
U har doim molini bizlarga qaytartirardi. 
Nimagadir bu safar o‘jarligim tutdi. Soy bo‘yiga 
tushib ketgan qora buqaga qarab qo‘ydim­u:
– O‘zing qaytar! – dedim.
– Shunaqami? – Melivoyning ko‘k ko‘zlari 
olayib ketdi. Irg‘ib o‘rnidan turdi­yu, qo‘lidagi 
tayoqni baland ko‘tardi. Hozir yelkamga kaltak 
tushishini bilib, qo‘rquvdan ko‘zlarimni yumib 
oldim. Ammo kaltak tegmadi. Bir mahal ko‘zim­
ni ochib qarasam, Halima tayoqni ingichka tiz­
zasiga tirab, sindiryapti.
– Buzuqning bolasi! – dedi Melivoy unga qarab. 
Halimaning labi pirpirab, yig‘lab yuboray deyot­
ganidan bu yomon gap ekanligini tushundim.
– O‘zing buzuqning bolasi! – dedim baqirib. – 
Ko‘k ko‘z! Ko‘k qarg‘a!
...O‘sha kuni «katta yer»ning xo‘jayini – 
Melivoyning buyrug‘i bilan «qiz bola» degan 
laqab oldim. Echkimni ham soyning narigi be­
tida boqadigan bo‘ldim.
* * *
Bolalar orasiga qaytgim kelardi­yu, «ko‘k qar­
g‘a»dan qo‘rqardim. Faqat bir narsaga xursand 
edim: Halima ham ola sigirini men bilan birga 
boqardi. Keyin bilsam, u mendan uch yosh kat­
ta ekan. Kun bo‘yi ikkalamiz chillak o‘ynardik. 
Halima bu o‘yinda o‘g‘il bolalardan qolishmasdi.


260
Yozda tag‘in bir odat chiqardik. Har kuni pe­
shinda soy bo‘yida olov yoqib, qo‘riga ikkitadan 
kartishka ko‘mib yeydigan bo‘ldik. Bir gal u, bir 
gal men uydan kartishka olib kelardik.
Cho‘g‘da qop­qorayib pishgan kartishkani 
shosha­pisha artib, og‘zimiz kuyishiga qaramay 
yeb olishdan lazzatliroq narsa yo‘q edi bizga.
Hech esimdan chiqmaydi. Bir kuni o‘sha tot li 
tushlikni yeb bo‘lib, maysalar ustiga chalqan­
cha yotib oldim. Tubsiz osmonning bir chek­
kasida ko‘pikday oppoq bulutlar ohista suzib 
yurar, baland­balandlarda jajjigina bir to‘rg‘ay 
turgan yerida tipirchilab, shodon sayrardi...
Halima yonimda o‘tirib olib, o‘tlardan «aji­
na kovush» to‘qir, uzun­uzun barmoqlarinig 
shunchalik chaqqon harakat qilishiga hayron 
qolardim. Birpasdan keyin u ingichka, past to­
vushda ashula ayta boshladi:

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish