- 2.1: Oligofreniya haqida tushuncha.
Oligofreniyaga ikki muhim belgi xosdir. 1.Ularning ruhiy rivojlanishi kamolotga yetmasdan to’xtab qoladi va asosan, ularning klinik manzarasida aqliy yetishmovchilik belgilari ustunlik qiladi. 2.Ularda prosessual kasalliklarga xos bo’lgan alomatlar xastalikni yomon tomonga qarab yo’nalishi, rivojlanishi kuzatilmaydi. Oligofren aqli zaif bolalar voqea va hodisalarni kuzatib, chuqur tahlil etib, umumlashtirib, to’g’ri xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Bilim doirasi tor, mulohazalari yengil, sayoz va o’ta sodda bo’ladi. Bu kamchilik ularning diqqat e’tiboriga, aql-idrok etish qobiliyatiga, xotiralarining sifatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ularda faqatgina ruhiy rivojlanish to’xtab qolmasdan balki, jismoniy kamchiliklar ham ko’zatiladi. Jismoniy kamchiliklarning ko’zga tashlanadigan belgilari bolaning homilalik davrida zararli omillarni ta’siri bo’lganda hamda xromosoma apparatining patalogiyasi natijasida ham kuzatiladi. Aqli zaiflikning yengil darajasini aniqlash ancha murakkab, chunki ba’zilari boshqa bolalardan farqlab olish ancha qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |