Motivatsiya. F. Gersberg motivatsiya nazariyasi. Kutish nazariyasi



Download 81,25 Kb.
bet19/32
Sana31.12.2021
Hajmi81,25 Kb.
#231317
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
kurs ishi SHAMSHODBEK

 

2.1.2. Vaqt muammosi va Marshal xochi 

Iqtisodiy  tahlilda  asosiy  muammolardan  biri  bu  ta’sir  etayotgan  omillarning 

natijaga ta’sir qilishiga ko‘p vaqt ketishidir. Qisqa vaqt mobaynida ta’sirlarni to‘g‘ri 

tushuntiruvchi  har  qanday  tahlil  yoki  xulosa  uzoq  muddat  uchun  noto‘g‘ri  bo‘lishi 

mumkin. Marshallning ceteris paribus usulidan foydalanishi uning vaqt bilan ishlash 

usuliga mos keladi. Bozorda ba’zida bir zumlik vaqt yoki juda qisqa muddatda ko‘p 

omillar  o‘zgarmas  tarzda  ushlab  turiladi.  Keyinchalik  esa  bir  zumlik  vaqtdan  qisqa 

muddatga,  uzoq  muddatga  va  juda  uzoq  muddatga  o‘tish  jarayonida  o‘zgarmas 

miqdorlar ham o‘zgartiriladi. Vaqt o‘tishi talabga bir oz ta’sir qiladi, ammo bu taklif 

tahliliga ancha putur yetkazishi mumkin.  

172 

 

Vaqt  oqibatida  yuzaga  kelgan  muammolarni  ko‘tarib,  Marshall  4  ta  vaqt 



davrlarini  belgilab  berdi.  Marshall  uning  farqlari  butunlay  sun’iy  bo‘lganligini  tan 

oldi.  “Haqiqiy  hayotning  iqtisodiy  sharoitlarida  tabiat  ular  orasiga  hech  qanday 

chiziqlar  chizmagan”.  Marshallning  vaqt  tushunchasi  soat  vaqtlari  bilan 

o‘lchanadigan xronologik vaqt  emas;  u asosan tahliliy qarashdir. Vaqtlarga bo‘lish 

firmaning yoki taklifning iqtisodiyoti nuqtai nazaridan ta’riflanadi. Bir zumlik davrda 

taklif umuman o‘zgarmas yoki mukammal noegiluvchandir. Narx o‘zgarganda taklif 

miqdori  umuman  o‘zgarmas,  chunki,  narxning  o‘zgarishiga  firmalar  moslashishi 

uchun  vaqt  juda  qisqa.  Qisqa  davr  bu  firmalar  mahsulot  ishlab  chiqarishni  hamda 

taklifni o‘zgartira oladigan ammo, zavodni ko‘paytira olmaydigan vaqt hisoblanadi. 

Bu yerda taklif biroz egiluvchan. Chunki baland narxlar taklif miqdorini oshiradi va 

taklif  egri  chizig‘i  tepaga  yuqoriga  ko‘tariladi.  Qisqa  davr  mobaynida,  firmaning 

umumiy  harajatlari  ikkita  tarkibiy  qismga  bo‘linadi:  ishlab  chiqarish  hajmi  bilan 

o‘zgaradigan harajatlar, ya’ni Marshall ularni maxsus, to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoki asosiy 

harajatlar deb atagan va zamonaviy nazariya fanida ularni o‘zgaruvchi harajatlar deb 

ataymiz. Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydigan harajatlarni Marshall 

qo‘shimcha harajatlar deb atagan va zamonaviy nazariyada esa uni doimiy harajatlar 

deb ataymiz. Qisqa davrdagi, o‘zgaruvchan harajatlar va doimiy harajatlar o‘rtasidagi 

farq  shubhasiz  Marshallning  biznes  jarayonlarini  kuzatishidan  kelib  chiqqan.  Bu 

metodologiya  firma  harakatlarini  tahlil  qilishda  muhim  tahliliy  vosita  hisoblangan. 

Uzoq davrda, zavod hajmi o‘zgara oladi va hamma harajatlar o‘zgaruvchan bo‘ladi. 

Taklif egri chizig‘i uzoq davrda qisqa davrga qaraganda ko‘proq  egiluvchan bo‘ladi 

va  firmalar  zavodlarni  ko‘paytirish  orqali  narxlar  o‘zgarishiga  to‘liq  moslasha 

oladilar. Sanoatda uzoq muddatli taklif egri chizig‘i 3 ta umumiy shaklga ega ya’ni  u 

tepaga  va  o‘ng  tomonga  siljishi  mumkin  (harajatlar  oshishi  mumkin);  u  butunlay 

egiluvchan  bo‘lishi  mumkin  (harajatlar  doimiy  bo‘lishi  mumkin)  yoki,  noodatiy 

hollarda,  u  pastga  va  o‘ngga  siljishi  mumkin  (harajatlar  tushishi  mumkin).  Azaliy 

yoki juda uzoq davrda, texnologiya va aholi soni o‘zgarishi mumkin, shuning uchun 

Marshall  narxlarning  harakatini  avloddan  avlodga  o‘tish  davrida  tahlil  qilayatgan 

paytda bunday davrni ishlatadi. 

Qisqasi,  Marshallning  vaqt  davrlari  kunlarda  o‘lchanmaydi,  balki  firma  va 

sanoat keltirib chiqaradigan taklifning moslashuviga qarab o‘zgaradi. Masalan, po‘lat 

sanoati  kabi  yangi  zavod  qurish  sekin  bo‘lgan  kapital-sig‘imi  yuqori  sanoat 

tarmog‘idagi  qisqa  davrda  yangi  zavod  yaratish  nisbatan  tez  bo‘lgan  sanoat 

tarmog‘idagi  uzoq  davr  bilan  teng  bo‘lishi  mumkin.  Marshall  mikroiqtisodiy 

nazariyaning deyarli har bir qismiga hissasini qo‘shgan bo‘lsa ham, uning nazariyaga 

qo‘shgan  eng  buyuk  hissasi    vaqtning  taklifga  ta’sirini  tahlil  qilishidir.  U  narx 

tahlillarida vaqtning ta’sirini aniqlashda bir qancha asosiy qiyinchiliklarni topdi va u 

keyinchalik  hayotida  bu  sohada  ishlash  uchun  ko‘p  mashaqqat  kerak  ekanligini 

isbotladi.  1908-yilda  J.B.Klarkga  yozilgan  maktubda,    u  haligacha  yana  beshta 

mavzular bo‘yicha ko‘p ishlar turgani haqida yozib, “Vaqtning ta’sirini puxta ishlab 

chiqish” ni  ro‘yxatining boshiga qo‘ydi. 


Download 81,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish