Motivatsiya. F. Gersberg motivatsiya nazariyasi. Kutish nazariyasi



Download 81,25 Kb.
bet18/32
Sana31.12.2021
Hajmi81,25 Kb.
#231317
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
kurs ishi SHAMSHODBEK

Kompleks taxlil: Faol Marshal uslubi

 

Iqtisodiyotni  o‘rganishni  qiyinligi  va  murakkabligi  haqida  gap  ketganda, 



Marshal  ikkita  sababni  ko‘rsatadi.  Bir  tomondan  qaraganda,  har  bir  narsa  boshqa 

narslarga  bog‘liqdek  tuyuladi.  Tizimning  barcha  qismlari  o‘rtasida  qiyin  va  nozik 

aloqalar  mavjud.  Boshqa  tarafdan  qaraganda,  vaqt  ana  shu  iqtisodiy  tadqiqotdagi 

qiyinchiliklarning  sababi  bo‘lib  chiqadi.  Sabablar  tez  oxirgi  natijani  bermaydi,  ular 

o‘zlari  ichida  ko‘p  marta  ta’sirlanishadi.  Ammo,  birgina  omil,  masalan  talabning 

o‘sishi, o‘z ta’sirini o‘tkazgan zahoti, iqtisodiyotda boshqa omillar mustaqil ravishda 

o‘zgarishi  mumkin,  masalan  (taklifning  o‘sishi),  shuning  uchun,  bitta  sabab 

natijasidagi    o‘zgarishlar  uning  ta’siridan  bo‘lganligini  aniq  aytish  qiyin.  Agar 

jismoniy fanlarning labaratoriya texnikasini (ya’ni faqatgina bittadan tashqari doimiy 

hamma  ta’sirlarni  ushlab  turishning  va  keyin  takroriy  tajribaning  natijalarini 

171 

 

kuztishning  iloji bo‘lganida)  iqtisodchilar ishlata  olganda  edi, bu  muammo  bo‘lmas 



edi. Ammo labaratoriya metodikasini qo‘llashning iloji bo‘lmaganligi sababli, boshqa 

metodologiya  ishlatilishi  kerak.  Marshall  ehtiyotkorlik  bilan  o‘zining  asosiy  o‘ylab 

qo‘ygan tizimini rivojlantirib bo‘lgandan keyingina bu metodologiyani ko‘rsatdi. 

  Iqtisodchilar  amalda  berilgan  o‘zgaruvchi  natijasiga  ta’sir  qilishi  mumkin 

bo‘lgan  barcha  omillarni  o‘zgartirmay  ushlab  tura  olmagani  sababli,  ular  nazariy 

jihatdan  abstraksiya  orqali  buni  bajarishlari  kerak.  Iqtisodiyotda  o‘zaro  murakkab 

munosabatlarni  tahlil  qilishda,  biz  aniq  elementlardagi  o‘zgarishlar  ceteris  paribus 

yani  “boshqa  narsalar  o‘zgarmagan  holda”  sodir  bo‘ladi  deb  faraz  qilamiz.  Har 

qanday  tahlilning  boshlanishida,  ko‘p  narsalar  o‘zgarmas  tarzda  ushlab  turiladi; 

ammo,  tahlillar  davom  etishi  jarayonida,  ko‘proq  elementlar  o‘zgartirilishi  mumkin 

va  shuning  hisobiga  ko‘proq  realizmga  erishiladi.  Real  hayotdan  uzoqlashish 

hisobiga Ceteris paribus uslubi murakkab muammolarni yechishga imkon yaratadi. 

Marshallning  ceteris  paribus  yani  boshqa  narsalarni  o‘zgarmas  holda  ushlab 

turish  uslubidan  foydalanishni  hususiy  muvozanatning  ma’lum  bir  shaklini  tahlil 

qilishda  qo‘llagan.  Murakkab  mujammoni  bo‘laklarga  ajratib  o‘rganish  uchun,  biz 

iqtisodiyotning bir qismini ajratib olamiz, iqtisodiyotning boshqa qismlarining o‘zaro 

aloqadorligini  rad  etmagan  holda  tahlil  maqsadida  e’tibordan  chetga  surib  turamiz. 

Masalan,  biz  boshqa  barcha  ta’sirlardan  ajralgan  yakka  uy  xo‘jaligi  yoki  firmaning 

harakatlarini tahlil qilamiz. Biz sanoatda narxlarni keltirib chiqaruvchi talab va taklif 

mexanizmini  tahlil  qilish  orqali    bir  lahzaga  murakkab  bo‘lmish  bir  birini  o‘rnini 

bosuvchi  va  to‘ldiruvchi    sanoat  va  boshqa  tarmoqlar  mahsulotlari  o‘rtasidagi 

a’loqalarni  e’tibordan chetga surib turamiz. Hususiy  muvozanat yondashuvining bir 

muhim  foydasi  shuki,  u  orqali  berilgan  omilning  dastlabki  taxminiy  ta’sirini  bilish 

mumkin.  Shuning  uchun  bu  yondashuv  muammolarni  hal  etishda    juda  ham  qo‘l 

keladi,  masalan  import  soatiga  tarif  qo‘llashning  ta’sirini  oldindan  aytib  beradi. 

Oddiy  taklif  va  talab  tahlili  hususiy  muvozanat  tahlili  davomida  davlat  siyosatning 

tezkor ahamiyatini oldindan bashorat qilish uchun foydalaniladi. Marshallning tartibi 

quyidagicha  bo‘lgan:  avvalambor  hususiy  muvozanat  paytida  muammoni 

ehtiyotkorlik bilan chegaralash, maksimal darajada o‘zgaruvchilarni o‘zgarmas tarzda 

saqlash  va  tahlillar  ko‘lamini  boshqa  omillarni  o‘zgartirish  orqali  asta  sekin  

kengaytirish hisoblangan. Uning usuli “bir vaqtning o‘zida bir narsa” usuli deb to‘g‘ri 

nomlandi. 




Download 81,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish