Motiv va motivatsiya O‘quv motivlari mohiyati O‘qish motivlari manbalari


Motiv – bu ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyillik3. Motiv



Download 28,17 Kb.
bet2/11
Sana21.01.2022
Hajmi28,17 Kb.
#395966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MI 3

Motiv – bu ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyillik3.

Motiv (lot. moteo – harakatlantiraman, fransuz. motiv – undovchi sabab) shaxsni aqliy harakatga va hulq-atvorni amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog‘liq mayl yoki sababiyat. Motivlarning asosiy funksiyasi insonni harakatga undovchi sabablar, ichki turtkilar vazifasidan iborat. Odamni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin, xatti – harakatga va faoliyatga undovchi shaxsning anglashilgan xususiyati hisoblanuvchi, ehtiyojni aks ettirishning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki motiv xatti-harakat va faoliyat motivlarning majmuasi motivatsiya deyiladi. Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va shakllanadi.

Motiv mazkur negizda o‘sib, barqarorlashib borib, ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Odatda inson faoliyati va harakatiga ta'sir o‘tkazuvchi jarayonda o‘zaro bog‘liq ravishda ehtiyoj tomonidan motiv va maqsad aniqlanadi. Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi tufayli faoliyatning maqsadi va motivi orqali boshqariladi. Lekin “motiv – faoliyat”, “maqsad - harakat”, “sharoit - operatsiya” holatlari o‘rtasida qat'iy aloqa hukm surmaydi. Goho motiv turtki, qo‘zg‘atuvchi, undovchi singari istilohlar bilan aynanlashtiriladi. Motivlar ehtiyojlarning ifodachisi, harakat va faoliyatning boshqaruvchisi bo‘lganligi sababli ularni shaxsning dinamik xususiyati tarkibiga kiritish mumkin. Xuddi shu boisdan motivlar shaxsning yo‘nalganligi, maqsadga intilganligi bilan uzviy aloqada. Yo‘nalganlik motivga nisbatan kengroq qo‘llashga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanadi va o‘z navbatida motivning shakllanishiga yordam beradi4.

M.H.Saidov va boshqalar tomonidan tuzilgan “Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘at” kitobida motivga quyidagicha ta'rif beriladi:

Motiv – (lot. harakatga keltirish, turtki).


  1. sub'ekt ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash; sub'ekt faolligini yuzaga chiqaruvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi tashqi yoki ichki shartlar majmui.

  2. narsa faoliyati yo‘nalishini tanlashga rag‘batlantiruvchi va uni belgilovchi, shuning uchun mavjud bo‘luvchi.

  3. shaxsning harakatlar va hulq–atvorlarini tanlashi asosida yotuvchi idroklangan sabab.

Psixologiyada motivga izlanuvchi faollik jarayonida ehtiyojlarning amalga oshishi sifatida qaraladi. Motivning rivojlanishi narsa mohiyatini o‘zgartiruvchi faoliyatlar doirasini o‘zgartirish va kengaytirish orqali yuz beradi.

Sotsiologiyada motivga muayyan ne'matlarga faoliyatning xohlagan sharoitlariga erishishda idroklangan ehtiyoj deb qaraladi.

Motivlash (frans. qo‘zg‘atish) organizm faolligini uyg‘otuvchi va uning yo‘nalishini belgilovchi turtki, motivlovchi omillarning nisbati mustaqil 3 sinfga farqlanadi. Faollik manbai bo‘lib, ehtiyoj va instinktlar hisoblanadi”5.

Motiv – grekcha so‘z bo‘lib “movere” – siljitish, harakatga keltirish, ehtiyojga yo‘naltirish ma'nosini beradi6.

Motiv - kishining ma'lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo‘ladigan kishining ichki faoliyat mazmuni7.

Q.Turg‘unovning “Ruscha-o‘zbekcha psixologiya terminlarining izohli lug‘ati”da motiv (lat. moveo - harakatlantiraman) odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab sifatida ko‘rsatiladi. Motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi bilan bevosita mos keladi. Ko‘pincha murakkab faoliyatda motiv harakat maqsadiga bevosita mos kelmay, bir maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi deb ta'rif beriladi.

Motivatsiya – motivlashtirish: shaxsning nima uchun ma'lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilinganligini asoslab berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya8.

Motivlar shaxs faolligini, uning faoliyatini boshqarib turuvchi, tartibga soluvchi muhim omil sifatida qadimdan olimlarimizni qiziqtirib kelgan. Buyuk mutafakkirlarimizning asarlarida ham inson va uning ruhiyati, kechinmalari, maqsadli faoliyatlari yuzasidan qarashlari bayon etilgan.

Inson faoliyati asosida turli-tuman maqsadlar yotadi. Maqsadlarni esa ma'lum ehtiyojlar yuzaga keltiradi. Ana shu jarayonlar, unda insonga nisbatan inson omilining ta'siri Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘z aksini topgan.

XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborot texnologiyalarning roli va o‘rni kundan – kunga o‘sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tassavur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-3080 sonli farmoniga binoan:



  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 117-sonli qarori;

  • Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2004-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Ta'lim muassasalarini yagona axborot makoniga aylantirish, integratsiyasini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda zamonaviy maktabni jihozlash Konsepsiyasi”;

  • O‘zbekiston Respublikasiyning Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Ta'lim sektorini rivojlantirish dasturi” hamda “Umumta'lim maktablariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihalari;

  • Xalq ta'limi vazirligining 2006-yil 3-avgustdagi “2006-2007-o‘quv yillarini “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kadrlarni salohiyatini oshirish o‘quv yili” deb nomlash to‘g‘risida”gi 6/5-sonli buyruqlari.

Yuqorida qayd etilgan konsepsiyalar, loyihalar va Xalq ta'limi vazirligining buyruqlari ta'lim jarayonida AKT ni qo‘llash va bu orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.9

O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham shaxsning o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning barkamollik sari intilishlari ro‘yobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni o‘z vaqtida olish bilan birga ulardan to‘g‘ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Respublikamiz xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlardagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, maxsus maktab-internetlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o‘quv kompyuter tarmoqlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, maktablar “ZiyoNET” jamoat ta'lim axborot tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar undan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.

“O‘zbekistonda elektron kitob (Jet Book)lardan foydalanish” loyihasi esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Maktablarda veb-saytlar ochilib, maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan elektron darsliklar mazkur veb-saytlarga joylashtirilib borilmoqda. O‘z navbatida ana shunday yo‘nalishda o‘zoro tajriba almashish (masalan “O‘rgan-o‘rgat” tadbiri) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ham albatta axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasidir.

Yaratilayotgan ana shunday imkoniyatlar natijasida o‘quvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallab, bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib bormoqda.

Motivlar o‘qish – bilish jarayonini boshqaradi, unga faollik kasb etish bilan bir qatorda ta'limning mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Shunday ekan, o‘quvchilarning ta'lim jarayonida har tomonlama barkamol shaxs, yetuk malakali kadr sifatida shakllanishada o‘quv-biluv motivlari, umuman keng qamrovli motivlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Motivatsiya shaxs faolligi, xulqi va faoliyatini tartibga soluvchi muhim omildir. Chunki insonning har xil xatti-harakatlari ostida ushbu xatti-harakatlarga undovchi asoslar, ularning motivatsiyasi yotadi. Shuning uchun ta'lim jarayoniga faqatgina o‘quv – biluv motivlarigina emas, barcha keng qamrovli motivlar o‘z ta'sir doirasi bilan ta'sir etib turadi.

O‘qitish - ta'lim jarayoniga undash va uni qo‘llab-quvvatlash. Biz ta'lim jarayonida faol qatnashuvchi, o‘z qarashlari uchun ma’suliyatni his eta oluvchi shaxsni tarbiyalashimiz lozim.




Download 28,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish