4.12-jadval
|
Kranlar
|
O’lchamlar
|
Rels harakatidagi
|
Zanjirli harakatda
|
|
KDE-251
|
KJDE-425
|
E-1258
|
E-2058
|
Yuk ko’tarish kuchi, kN
|
250
|
250
|
200
|
120-600
|
Strelaning maksimal chiqishi, m
|
14
|
14
|
4-7.5
|
12-30
|
Kranning
harakatlanish tezligi, km/s
o’z harakati bilan
|
8.3
|
|
1.34
|
1.79
|
poezdda
|
5
|
115
|
-
|
-
|
Platforma uzunligi, m
|
9.2
|
-
|
-
|
-
|
Massasi, t
|
69
|
70.5
|
40.8
|
82
|
Elektr
yuritigichlarning quvvati, kVt
|
85
|
85
|
88
|
202
|
Kranlar yordamida yo’llarni qayta joylashtirish jarayoni quyidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi: bog’langan aloqalarni ajratish, zvenoni ushlab olish uchun kranni o’rnatish, zvenoni yangi yo’lga o’tkazish, ushlash uskunasini ajratish va kranning keyingi zvenoga harakatlanishi. Yo’llarni qayta joylashtirish ishlarini tashkil qilish kiruvchi yoki qaytuchi yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin (4.14-rasm.). Kiruvchi qayta joylashtirishda yo’llarni qayta joylashtirish pog’onadan chiqish joyidan boshlanadi, qaytuvchi holatda esa - qarama-qarshi tomondan. Birinchi usulning kamchiligi bu oldinga harakat
qiladigan yo’lning yotqizib borilishining talab etilishida va kranning yaxshi bo’lmagan ish sharoitlarida yo’ldan chiqib ketishi (qatlamning strelaning maksimal chiqishida chiqib ketishi) bilan unumdorlikning past bo’lishi (200300m almashinuvga). Usulning qulayliklari - pog’onadagi barcha yo’llarni joylashtirish tugagunga qadar yangi zaxodkada ishlash qobiliyati. Ikkinchi usulda yo’lni qayta joylashtirish almashinuvga 500-700m ni tashkil qiladi. Bu usulning kamchiligi, bu yo’lning to’liq qayta yotqizmasligi bilan ekskavator o’z ishini boshlay olmaydi. Elektrlashtirilgan yo’llarda yo’llarni qayta yotqizish unga o’rnatilgan kontaktli tayanchlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Agar qayta yotqizish qadami strela uzunligidan uzun bo’lsa qayta yotqizish ikki martada amalga oshiriladi (4.14-rasm.).
Qayta yotqizish ishlari hajmi yuqori bo’lgan va bevosita kran yordamida yotqizish imkoni bo’lmagan yangi trassada yollarni yotqizish uchun lokomotiv va yig’ilgan zvenolar (har bir platform uchun 6-8 ta) komplektli 5-6 platforma va lokomotivdan tarkib topgan maxsus mexanizatsiyalashgan qayta yotqizuvchi poezdlar qo’llaniladi. Bunday holatda yo’llarni qayta yotqizish zaxodkani qazib olish tugallangandan keyin amalga oshiriladi.
Davriy harakatdagi yo’lsiljitgich bilan yo’llarni zvenolarga ajratmasdan qayta siljitish plugli ag’darmalarda, siljitish qadami uncha katta bo’lmaganda qo’llaniladi (2.5-4 m). Davriy harakatga ega yo’lni siljitgich ikki o’qli platformaga ega, unda ichki yonuv dvigateli, rels bosh qismini ushlashga moslashgan ko’tarish mexanizmi va boshqaruv pulti o’rnatilgan. Yo’llarni bunday uskunalar bilan siljitish ish fronti bo’ylab doimiy siljishda 10-15m uzunlikdagi uchastkalar bilan amalga oshiriladi. Yo’llarni katta masofalarga siljitish bir nechta harakatlanishda amalga oshiriladi. Yo’llarni siljitgichlarning unumdorligi 450-550 м2 ni tashkil qiladi.
Uzluksiz harakatlanuvchi yo’l siljitgichlar kata quvvatli ko’p cho’michli ekskavatorlar, transport-ag’darma ko’priklari va boshqa uskunalar ishlayotgan karyerlarda qo’llaniladi. Bu turning ishlash printsipi quyidagicha. Yo’l rolikli ushlagichlar yordamida 0.2-0.4m balandlikka ko’tariladi va bir vaqtning o’zida yonga suriladi. Bitta kirishda yo’l siljitgich ish fronti bo’yicha yo’l 0.3-0.5m ga harakatlanadi. Yo’l siljitgich chelnokli usulda ishlab, yo’lni talab etilgan qadamga siljitish bir necha o’tishda amalga oshiriladi.
Rolik ushlagichlarning joylashuviga ko’ra yo’l siljitgichlar ko’prikli (ushlagichlar tayanchlar orasida joylashgan) va konsolli (ushlagichlar konsolda joylashgan) turlari mavjud.
Konsolli yo’l siljitgichlarning yaxshi tomoni - yo’llarni ko’chirishni oxiri berk yo’llarda amalga oshirish qobiliyati.
Uzluksiz harakatlanishga ega yo’l siljitgichlarning unumdorligi, davriy harakatga egalarnikidan bir necha marta yuqori va 1500-2000 м2 / соат ni tashkil qiladi.
Oxirgi vaqtlarda yo’llarni ajratmasdan siljitish uchun turnodozerlar (zanjirli traktorlar yoki osma uskunali g’ildirakli tortgichlar) qo’llanilmoqda. Turnodozer (4.15-rasm.) osma rolikli ushlagichli kranga ega u shuningdek rama bilan sharnirda mustahkamlangan. Yo’llarni siljitish turnodozerlar bilan quyidagicha amalga oshiriladi. Rels ustki qismiga qo’yiladigan rels ushlash moslamasi yo’lni ko’taradi. So’ng turnodozer 1-2m (kerakli bir martali siljish qadami) yuradi, va yo’l bo’ylab harakatlanish oqibatida yo’lni yangi joyga siljitadi. Siljitishni yakunlagandan so’ng turnodozer yana bir necha shunaqa harakatlarni yo’lni tekislash uchun amalga oshiradi. Yo’lni siljitishdan so’ng yo’l panjarasini ta’mirlash ishlari olib boriladi, bunda shpallar almashtiriladi, ballast mustahkamlanadi, yo’llar ballastga qarab ko’tariladi, shpallar o’tiladi (ballastni mustahkamlash).
Tashish uchun, mexanizatsiyalangan bo’shatishda, ballastni tekislash uchun vagon-qo’shgichlardan foydalaniladi, ular to’rt o’qli “xopper” vagoni turida bo’ladi. Har bir vagon-qo’shgich bo’shatish-qo’shish mashinasining vazifasini bajaradi. Ballast yo’l bo’ylab bir tekisda bo’shatiladi. Ballastning qiymati 40570 мъ /km oralig’ida nazorat qilinadi (poezdlarning xavfsiz harakatlanishi uchun relslar qoplanmasdan qoldiriladi).
4.15-rasm.. Turnodozer sxemasi:
1 - tayanch ramasi; 2 - konsol fermasi; 3 -polispast; 4 - rels ushlash uskunasi; 5 - qarshi yuk.
Ballastni shpal tagiga yotqizish, uni tekislash va yo’lni tekislash maxsus ballastchilar yordamida amalga oshiriladi. Shpallarni urish uchun temiryo’l harakatidagi SHPM-02 turidagi shpalurgich mashinalaridan foydalaniladi.
Ko’tarish-tekislash ishlari ko’tarish-tekislash mashinasi bo’lmish PRM-3 tomonidan bajariladi, ular ham yo’lni qayta yotqizish va tuzatish ishlarida, ham temiryo’llaridagi R43, R50 va R65 turidagi yog’och va temirbeton shpallardagi maydalangan toshli ballastdagi relslarga xizmat qilishda ham ishlatiladi. Tuzatish va ballast ishlari uchun yangi MSShU-3, PRM-1, KPRA-1 mashinalari ishlab chiqarish uchun tayyorlangan.
Yo’l panjaralarini turnodozerlar bilan tashishda qolgan ko’plab yo’l ishlarini turnodozer ustida o’rnatiladigan uskunalar bilan bajarish maqsadga muvofiq. Bunday ko’p operatsiyali uskuna (4.16 rasm.) UkrNII loyiha tomonidan ishlab chiqilgan. Uning tarkibiga turnodozer uskunasi, buldozer ag’darma, orqa osma tizim, gidrotizim, generator va almashtiriladigan ishchi uskuna majmuasi kiradi, almashinuvchi ishchi uskuna gidrolashtirilgan zanjirli trakrotda T-100 MGP o’rnatilgan. Yo’lning ko’chirish ishlari ekskavatorning yangi zaxodkaga ko’chirilishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, yoki ekskavatorning tuzatish ishlari vaqtida bajariladi.
Harakatlanadigan tarkibdan foydalanishda eng murakkab ishlardan biri bu muzlagan yoki yopishib qolgan tog’ jinsidan tozalashdir. Oxirgi vaqtlargacha dumpkarlarni tozalash uchun mexanik tozalagichlardan foydalanilardi. Lekin ularning qo’llanilishi ekskavatorlarning turib qolishiga va dumpkarlarning zarar yetkazilishiga olib keladi. Tajriba shuni ko’rsatdiki, yopishib qolgan tog’ jinslarini tozalashning eng unumli yo’llaridan biri bu ishlatilgan spirt oksosintezi qoldig’i va neftni qayta ishlash vositalari hisoblanadi (NIIOGR tomonidan tavsiya qilingan vositalar). Ular o’zida moyli, gidrofob suyuqliklarni tashkil qiladi (KOS, RPS-67, niogrin va boshqa), ularning zichligi 0.8-0.95 g/ м3 (sovush harorati 30-600S, yonish harorati 60-1200S). Dumpkarlarning kuz, bahor, qish vaqtida doimiy profilaktikasi ularning tog’ jinsi yopishib qolishi oldini olishga xizmat qiladi. Profilaktika vositalari dumpkarlarning devorlariga yoki tubiga forsunka-kompressorli mexanizatsiyalangan uskunalar bilan suriladi. Dumpkarga ishlov berishda suyuqlikning sarfi 3-5/ ni tashkil qiladi.
Avtomobil transporti. Avtomobil transportida yordamchi ishlar yo’l ishlari va harakatlanadigan tarkibdan foydalanishga bo’linadi. Yo’l ishlari katta kuch talab qilishi bilan ajralib turadi. Yo’llar holati harakatlanadigan tarkibning unumdorligi va ish vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Yo’llami qurish. Qoidaga ko’ra yaxshilangan tsementbeton, asfaltbeton va yig’ma temirbeton yo’llarni qurish maxsus yo’l qurish tashkilotlari tomonidan bajarilgani ma’qul, ular kuchli yo’l qurish uskunalariga ega bo’ladi. Karyerlar o’z kuchi bilan maydalangan toshli va shag’al yo’llarni quradi va ularga xizmat ko’rsatadi. Karyerlarda asosan mahalliy materiallardan quriladigan maydalan gan toshli yo’llar quriladi. Maydalangan tosh bu holatda qoyasimon tog’ jinslarini maydalash va maxsus tsexlar tashkil qilish bilan olinadi. Karyerlarda harakatlanadigan, turg’un va yarim turg’un maydalash uskunalari yordamida maydalangan toshni olish uni chetdan sotib olishdan ancha arzonga tushadi.
4.16-rasm.. Ko’p jarayonli yo’l agregati (a) va almashtiriluvchi uskunalar (b):
1 - yumshatgich; 2 - greyfer; 3 - sanqichli ushlagich; 4 - kranli osma; 5 - shpal ushlagich; 6 - to’g’li kurak cho’michi; 7 - teskari kurak cho’michi; 8 - transheya cho’michi.
Maydalangan toshli, shag’al yo’llami qurish jarayoni qazilmalar va to’kilmalami hosil qilish, yo’l trassasini tayyorlash va yo’l qatlamini hosil qilishni o’z ichiga oladi. Yo’l trassalarini yuqori qismlarda tozalash buldozer, osma yumshatgichlar, korchevatellar, kustokesgichlar va maxsus traktorlarga osilgan uskunalar bilan amalga oshiriladi. Qazilmalar maxsus draglayn va teskari mexanik kurak bilan jihozlangan ekskavatorlar, buldozer va skreperlar bilan hosil qilinadi. Qiyaliklar maxsus greyderlar bilan tekislanadi. Kyuvetlar maxsus kyuvethosiqilgich bilan yoki ekskavatorlar bilan hosil qilinadi. To’kilmalarni zichlashtirish uchun maxsus o’zi yurar vibratsion va turg’un tekislagichlar, pnevmomashinalardagi tekislagichlar va mushtli tekislagichlar bilan amalga oshiriladi.
Yo’llarni tamirlash. Yo’l-tamirlash ishlari joriy, o’rta va kapital ta’mirlash ishlariga bo’linadi. Yo’l-qurilish ishlarida qo’llaniladigan mashinalardan tashqari, yo’llarni tamirlash uchun maxsus yo’l mashinalari va yo’l ishlari turi va hajmi va yo’l qatlamiga ko’ra mexanizmlar ham qo’llaniladi.
Karyer yo’llarini saqlash. Yo’llami saqlashga qaratilgan ishlarga mavsumiy ishlar kiradi, bunda yo’llarning holatini saqlash va avtomobil transportini normal foydalanilishi uchun ishlar amalga oshiriladi. Yo’llarni qordan tozalash buldozer, avtogreyder va qor tozalagichlar bilan amalga oshiriladi. Qorni tozalash bilan birga yo’lni muzlashdan saqlash va muzlagan yollarga ishqalanish kuchini berish maqsadida muzlarni eritish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi. Muz yer yuzasiga tuz sepish yordamida yo’qotilishi mumkin (NaCl, CaCl2 va MgCl). Tuz ta’siridan muz eriydi. Lekin muzni yo’qotishning bu usuli katta kamchilikka ega: xlor tuzlari beton qoplamani va avtosamosvalning metall qismlarini emiradi. Muz paytida ko’pincha yo’lga abraziv materillar (qum, shag’al, toshli sepilmalar) sepiladi, ular g’ildiraklarni yo’l bilan ushlanishini oshiradi. Tajriba ko’rsatadiki, sepiladigan abraziv materiallarning kattaligi 1-6 mm ni tashkil qilishi kerak. Bu usulning kamchiligi shundaki, sepilgan qum avtosamosvallarning 200-300 qatnovidan keyin yer yuzasidan uchib ketadi. Abraziv materiallarning yaxshi yopishishi uchun ularni avval qizdiriladi yoki tuz bilan aralashtiriladi. Ko’pchilik karyerlarda butun sutka davomida harakat davom etadigan hollarda aralashma sifatida tezroq ta’sir qiladigan xlorli kaltsiy aralashtiriladi. Abraziv materiallarni sepish uchun maxsus qum sepish uskunalaridan foydalaniladi.
Ko’plab karyerlarda vaqtinchalik bo’lgan yo’llar shag’alli qoplamaga ega, shu sababli yo’llarning changlanishi qish va yoz vaqtida katta ahamiyatga ega. Karyerlarda chang bilan kurashish maqsadida ularni suv sepish mashinalari yordamida suv sepish amalga oshiriladi. Bu usulning kamchiligi yo’lning holati yomonlashishi (yo’l qatlamining yuvilib ketishi, chuqurlar hosil bo’lishi) va yozning issiq kunlarida unumsizligi. Chang bilan kurashishning eng samarali yo’llaridan biri bu ularga turli reagentlar bilan ta’sir qilish (xususan, lingosulfanat kaltsiy aralashmasi bilan), ular yo’lning uzoq vaqtga namlanishini ta’minlaydi.
Avtosamosvallarga xizmat ko’rsatish ishlariga yoqilg’i bilan to’ldirish, tog’ jinslarini yopishib qolish va muzlab qolishini oldini olish, avtosamosvallarni yuvish va mayda ta’mirlash ishlari kiradi. Avtosamosvallarga o’z vaqtida va joriy ta’mir ko’rsatish maqsadida harakatlanadigan yoqilg’i, moy to’ldirish va ustaxonalar ishlaydi. Tog’ jinslarini muzlab qolishini oldini olish maqsadida avtosamosvallar kuzovi ishlab bo’lingan gazlar yordamida kuzovni qizdirish uskunalari bilan jihozlanadi. Bunday uskunalarga ega bo’lmagan avtosamosvallarning kuzovini tozalash kichik mexanizatsiyalash bilan amalga oshiriladi (uncha katta bo’lmagan teskari kurak bilan ta’minlangan dizel ekskavatorlar). Ba’zida ramaga mustahkamlanadigan tozalagichlardan foydalaniladi. Tozalash buldozerning oldinga va orqaga harakatida amalga oshadi. Kuzovga tog’ jinslarining yopishib qolishi va muzlab qolishini oldini olish maqsadida kuzovga turli profilaktika vositalari bilan ishlov beriladi (dumpkarlarga ishlov berish bilan bir xilda).
Konveyer transporti. Lentali konveyerlarni siljitish konveyer transportidagi qo’shimcha ishlarning eng murakkablaridan biri hisoblanadi. Bu davriy va uzluksiz usulda amalga oshiriladi. Konveyerni alohida bo’laklarga bo’lib, uni kran bilan siljitishning davriy usuli o’ta murakkab hisoblanadi. Uzluksiz usulda tarkib bo’linmasdan siljitiladi. Oxirgi yillarda konveyerlarni turnodozerlar bilan uzluksiz siljitish keng tarqalgan. Bu holatda konveyer yog’och yoki metall shpallarda, uchida sharnirlar bilan rels mustahkamlangan holda o’rnatilgan bo’ladi. Konveyerni siljitishda konveyer va yo’l panjarasining qiyalashuvi hisobiga uning o’qining qiyalashuvi amalga oshadi. Turnodozer konveyer yonida harakatlanib har bir harakatlanishda konveyerni muayyan masofaga siljitadi va bu siljish qadami deb ataladi. Siljish qadami 0.3-1m oralig’ida bo’ladi. Harakatga keltirish stantsiyalari traktor bilan siljitiladi, ular g’ildirak- relsli arava bilan ta’minlanganda ular relslar bo’yicha siljitiladi.
Traktor T-180 va DET-250 bazasidagi turnodozerlarning unumdorligi konveyerlarni siljitishda 1000-6000 м2 /soat oralig’ida bo’ladi.
Konveyer lentalarini va barabanlarni tozalash lopastli tozalagichli aylanadigan turli tuzulishli sidirg’ichlar yordamida amalga oshiriladi, ularning ishchi a’zosi kapron yoki boshqa sun’iy vositadan tayyorlangan.
Konveyer tarkibi tagiga to’kilgan kon massasi maxsus universal ekskavatorlar yoki osma uskunali yuklagichlar va maxsus tog’ jinsini tozalagichlar tomonidan tozalanadi.
Konveyer lentasini osish va almashtirish traktor va avtokranlar yordamida amalga oshiriladi, konveyerni joylashtirish uchun maydonni tekislash esa buldozerlar bilan amalga oshiriladi.
KARYER TRANSPORTINING ISHLASHIDA ASOSIY XAVFSIZLIK QOIDALARI TALABLARI
Katta tezlikda ko’plab sonli transportlarning harakati karyer ishchilari uchun xavf tug’durishi mumkin. Faqatgina ishlab chiqarish qoidalariga qat’iy rioya qilinishi karyer transportida ishlab chiqarish zararlarini oldini olishi mumkin.
Temiryo’l transportida asosiy XQ talablari. Karyerlarda temiryo’l transportining xavfsizligining asosi bu harakatlanadigan tarkibning sozligi, aloqa vositalari mavjudligi, harakatning boshqariluvi va xizmat ko’rsatish tarkibining kerakli talablarni bilishi. Temiryo’l transportining barcha bino va inshootlari soz holatda bo’lishi kerak. Temiryo’l yo’llarida joylashgan hech bir inshoot belgilangan xafsizlik masofalaridan ichkariga va tashqariga chiqmasligi kerak. Yuklangan vagonlar sun’iy inshootlarga zarar yetkazmasligi uchun (yo’l o’tkazgichlar, tunellar va boshqa) belgilangan o’lchamlardan oshmasligi va shu o’rinda lokomotivtarkib bilan avariyalarga yo’l qo’ymasligi kerak. Poezdlarning xavfsiz harakati faqatgina Texnik foydalanish qoidalarida belgilangan temiryo’l yodlarining yotqizilish qoidalariga rioya qilgan holdagina ta’minlanadi. Koleyaning belgilangan kengligidan chetga chiqish mumkin bo’lgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Asosiy e’tiborni strelkali o’tkazgichlarga qaratish kerak. Rels va pero orasiga turli xil axlatlar, qumlarning tushishi poezdning rels bilan ushlanishini kamaytirishi mumkin va shuning oqibatida poezdlarning relsdan chiqib ketishi ehtimoli mavjud. Temiryo’l yo’llarining avtomobil yo’llari bilan kesishmalarda himoyalanadigan va himoyalanmaydigan qismlari mavjud. Himoyalanadigan qismlar shlakbaumlarga ega bo’ladi va qoidaga ko’ra markazlashgan boshqaruv tizimi ega bo’ladi. Shlagbaumning normal holati bu - yopiq holatidir. Kunning qorong’u paytida va tuman, qor va shamollar vaqtida yo’l kesishmalari yoritilishi kerak. Bundan tashqari harakatlanishning ko’pligida yo’l kesishmalari poezd yaqinlashuvidan ogohlantiruvchi ovozli va yorug’lik signallariga ega bo’lishi kerak.
Karyerda ishlaydigan odamlar qat’iy belgilangan harakatlanish tartibiga rioya qilishi kerak. Temiryo’l yo’llariga kelishda xavfning mavjud emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Relslar, yoki shpallarning uchidan yurish taqiqilanadi. Yurish faqatgina yo’l oralig’ida yoki yo’l chetidan ru[sat etiladi.
Katta harakatga ega yo’llardan o’tishda yer osti tunellaridan yoki maxsus piyodalar o’tish joyidan o’tish kerak. Tarkibning ikkinchi tomoniga vagonlarning tagidan o’tish taqiqlanadi.
Temiryo’l yo’llari uchastkalaridagi ta’mirlash ishlari uzoqdan ko’rinadigan qilib yotirilgan bo’lishi kerak.
Avtomobil transportida XQ asosiy talablari. Avtomobil transportlarining harakatlanishida (asosan muz va yomg’irli havoda) avtosamosallarning urilib ketishi, kyuvetlarga tushib yoki yo’ldan chiqib ketish xavfi bor. Shu sababli maxsus xizmatlar bu xavflarni oldini olish maqsadida yo’l holatini yaxshi holatda saqlashi kerak. Muzlagan yo’llarga davriy shlak, qum va boshqa materiallar bilan sirpanishni oldini olish maqsadida ishlov berilishi kerak. Avtosamosvallarni pog’ona yonidan tushib ketishini oldini olish maqsadida yuqori qismda (pog’ona qiyaligi tomonidan) tog’ jinsli 0.8-1.2m li val hosil qilinadi.
Yo’lning bo’ylama profili shunday bo’lishi lozimki, haydovchiga kerakli ko’rinish yaratilishi lozim. Bu uchun profilning keskin sinishini oldini olish kerak. Qiya tushgichlarni hosil qilishda ulardan xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida aylana radiusining minimal qiymatlari va tushgichlarning tomonlari yaqinligini ta’minlash kerak.
Yo’l belgilari soz holatda saqlanishi va kechki payt yoritilishi kerak. Bu haydovchi uchun yo’l holatida mo’ljal olish imkonini beradi va harakatlanishning xavfsiz holatini ta’minlaydi.
Liniyaga soz avtomobillarni chiqarishga ruxsat beriladi. Shu sababli har bir avtosamosval yo’lga chiqishdan oldin malakali shaxslar tomonidan qat’iy tekshirilishi kerak. Avtosamosvalning to’xtatish tizimi, boshqaruv tizimi, mufta, uzatish qutisi, signallar, yoritish va nazorat-o’lchov asboblarining sozligiga e’tibor berish kerak.
Avtosamosval yuklashga shunday o’rnatilishi kerakki, bunda ekskavatorning cho’michi avtosamosval kabinasi ustidan o’tmasligi kerak. Ekskavator bilan yuklashda avtosamosval ichida bo’lish ta’qiqlanadi (faqatgina yaxshi himoyalovchi yuqori qismga ega avtosamosvallarga ruxsat etiladi). Avtosamosvalni ko’tarilgan kyzov bilan, yuklsh joyiga 30m dan ortiq masofaga orqasi bilan harakatlanish va kabina begona odamlarni tashish taqiqlanadi.
Faqatgina ishni xafsiz olib borish bo’yicha mos keluvchi kurslarini o’tagan va ishlab chiqarish tartib intizomiga rioya etuvchi, yaxshi tayyorlangan haydovchilar karyerlarda avtomobil transportini boshqarishga ruxsat etilishi mumkin.
Konveyer transportida XQ asosiy talabilari. Konveyer transporti xavfsizlik nuqtai nazaridan eng xavfsiz transport vositasi hisoblanadi. Uning xavfsizligi uncha katta bo’lmagan harakatlanish tezligi va nisbatan turg’un bo’lgan ish holatlari bilan asoslanadi. Lekin bu holatda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganda ishchi xodimlarr bilan kutilmagan hodisalar ro’y berishi mumkin.
Konveyer lentasida odamlami tashish (hatto harakatlanmaganda ham) ruxsat etilmaydi. Konveyer lentasidan o’tish faqatgina maxsus yasalgan ko’priklardan amalga oshiriladi. Lenta tagidan o’tish faqatgina maxsus belgilangan, lentadan tushadigan tog’ jinslaridan himoyalovchi polkalar bilan himoyalangan joylardan o’tish mumkin. Konveyerga xizmat ko’rsatishni osonlashtirish uchun va konveyer galereyalaridan xavfsiz o’tilishi uchun erkin o’tgichlar bo’lishi kerak. O’tish joylarini tashqi elementlar bilan to’sish ta’qiqlanadi. Konveyerlar maxsus signallar bilan ta’minlanishi kerak.
KON MASSASINI TASHISHDA MARKSHEYDERLIK ISHLARI
Qo’llaniladigan karyer transporti turiga ko’ra marksheyderlik ishlari (karyerda transport aloqalarini qurish, foydalanish va keyingi rivojlantirish) o’ziga [xosliklarga egadir.
Temiryo’l transporti. Katta karyerlarda temiryo’llar katta uzunlikka egaligi (100 km va undan yuqori), murakkab yo’l rivojlanishiga ega karyer ichki stantsiyalariga egaligi, markazlashgan avtomatik bloklash va signallarga egaligi bilan ajralib turadi. Tortish agregatlaridan foydalanishda lokomotivtarkibning og’irligi bir necha ming tonnani tashkil qiladi. Shu sababli temiryo’llami qurishda marksheyderlik xizmatlariga katta talablar qo’yiladi. Bunga quyidagi ishlar kiradi:
Naturaga trassa o’qlarining proekt holatini reja va profildagi ko’rinishini tushirish;
O’q o’tkazgichlarni ajratish (yo’llarning kesisish nuqtalarida), aylanma yo’llar va syezdlar, turg’un aloqalarni ko’rsatish (stantsiya, ko’prik, yo’l o’tkazgich va boshqa);
Temiryo’l trassalarini, harakatlanadigan tarkib o’lchamlarini va tuzilishlarning yaqinlashuvini nazorat qilish.
Trassa loyihasini naturaga tushurishda asosiy ma’lumotlar trassa rejasi (ulanish nuqtalar, to’g’ri chizichli trassa maydonlari uzunligi, burilish burchagi, qiyalik radiusi ko’rsatilishi bilan) va mavjud bo’lgan loyiha nuqtalari, proekt qiyaliklari ko’rsatilgan bo’ylama trassa profili hisoblanadi. Agar loyihalanadigan trassa singan chiziqni tashkil qilsa, unda trassadagi burulish nuqtalarini turli usullar bilan aniqlash mumkin (to’g’ri yo’llarnmg soni va uzunligi, maydon relyefi, uning o’rmonga aylantirilganligi va qurilish mavjudligi asosida). Trassa o’qining maydondagi oxirgi holati aniqlangandan keyin (burulish nuqtalari orasidagi uchastka to’g’ri deb qabul qilinadi) trassa bir o’lchamdagi uchastkalarga bo’linadi (asosan 100 m). Uchastkalarning oxirgi nuqtasi piketlar deb ataladi. Piketlar va trassa bo’yicha muayyan nuqtalar (burulish nuqtalari, yer yuzasining qiyalik nuqtalari) maydonda yog’och ustunchalar bilan mustahkamlanadi, va yuza bilan bir xil qilib urib qo’yiladi. Yog’och nuqtani tezda aniqlash uchun uning yoniga “qorovul” urib qo’yiladi. Qorovulda piket raqami ko’rsatiladi, plyus (musbat) qorovulda esa - eng yaqin orqadagi piketgacha bo’lgan masova va uning raqami ko’rsatiladi.
Trassaning qiyalik uchastkalari elementlari trassaning qiyalik burchagi an va belgilangan qiyalik radiusi R bilan aniqlanadi. Trassaning burulish burchagi deb tasavvur qilinadigan davom etadigan trassaning to’g’ri yo’li va yangi yo’nalish orasidagi masofaga aytiladi. Trassaning to’g’ri yo’nalishlari orasida ajratish uchun oddiy qiyalik ishlatiladi - aylana yoyi (aylana qiyalik). Aylana qiyalikning asosiy nuqtasi boshlanishi, o’rasi va oxiri hisoblanadi (4.14 rasm, mos ravishda A,E,S). Qiyalikning berilgan radiusida burulish burchagining ma’lum kattaligida bu nuqtalarning naturadagi joylashuvi aylana qiyalik elementlari bilan aniqlanadi: tangens bilan T', bissektrisa B, qiyalik K va domer bilan D va quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
Rtg = — ; К = a ; Б = R (sec — -1); Д = 2Т' - К
K£ 2 ’ 180 n к 2
Ajratilgan piketlar va trassaning plyus nuqtalari bo’yicha ko’ndalang (ikki tomonga 30 m gacha bo’lgan trassa o’qigacha bo’lgan perpendikulyar chiziqlar bo’yicha) va bo’ylama nivelirlash amalga oshiriladi. Nivelirlashning ma’lumolariga ko’ra trassaning bo’ylama profili quriladi, bu quyidagi holatlarni qanoatlantirishi kerak: trassani qurishda kon ishlarining hajmi minimal bo’lishi kerak, trassaning loyihaviy chizig’i maksimal qiyalikdan oshmasligi kerak (balandlik), tashlanmalar va qazilmalar bo’yicha kon ishlari hajmi deyarli bir xil bo’lishi kerak (qazilmalardagi tog’ jinsini tashlanmalar uchun ishlatish mumkin bo’lishi uchun), trassaning balandlikdan pastga va pastdan balandlikka bo’lgan qismi gorizontal maydondan o’tishi kerak. Kon ishlari hajmini aniqlash uchun loyihaviy va aniq nuqtalar orasidagi ayirmani aniqlash kerak, bu tashlanmalarning balandligi va qazilmalarning chuqurligini turli profil nuqtalarida ko’rsatadi. Tashlanma yoki qazilmaning ko’ndalang kesmi yuzasi ko’ndalang nevilirlash ma’lumotlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
rasm. Aylanma qiyalik elementlari
Strelkali o’tkazgichni ma’lum koordinatalar bo’yicha bo’lishda maydonga chiqariladi va strelkali o’tkazgichning markazi va tutashma markazi mustahkamlanadi. Strelkali o’tkazgichning barcha holatlari va chiziqli o’lchamlari jadval bo’yicha qabul qilinadi.
Stantsiya yo’llarining maydonda bo’lish uchun asos bu stantsiyalning loyiha rejasidir (1:500 yoki 1:1000 masshtabda), rejada barcha strelkali o’tkazgichlarni koordinatalari ko’rsatiladi, burchaklar nomlanishi, barcha yo’llaming holati va balandlik nuqtalari ko’rsatiladi. Stantsiya maydonini rejalashtirishning barcha ishlari yakunlangandan keyin asosiy yo’lning o’qi naturaga tushiriladi. Marksheyderlik ishlarining juda aniqlikni talab qiladigan nuqta bu stantsiyaning boshlanish qismidir, unda ko’plab o’tkazgichlar va yo’llar markazlashgan va bevosita ularga bog’liq. O’tkazgichlarni aniqlash va yotqizishdan keyin, turg’un yo’llaming to’g’ri qiya nuqtalari chuqurlashtirilgan syomka qilish amalga oshiriladi va temiryo’l stantsiyasining rejasi tuziladi.
Quvurlarning ajratilishi yaqinda joylashgan tarmoq ustunlari nuqtalaridan amalga oshiriladi. Maydonda asosiy bo’ylama o’q AV va unga parallel bo’lgan A', V' o’qlar mustahkamlanadi (4.18-rasm.).Ustunlar bevosita oraliqlarning yo’lning bo’ylama o’qi bo’yicha loyiha o’lchamlarini joylashtirish bilan ajratiladi. Ustunlarni qurishda fermalarning tag maydonlari va ustunlarning vertikal holati, yig’maning to’g’ri chiziqliligi va oraliq tuzilmalarning balandlik nuqtalari nazorat qilinadi.
rasm. Yo’l o’tkazgichni ajratish sxemasi Harakatlanadigan tarkibning gabariti deb undan tashqariga chiqishi mumkin bo’lmagan har qanday elementga aytiladi. Qurilishlarning yaqinlashish gabariti deb, inshootlarning (yo’l o’qiga perpendikulyar joylashgan va yo’l yoqasida joylashgan va bevosita yo’lda joylashgan) ko’ndalang kesimi eng oxirgi nuqtasidir, uning ichiga harakatlanigan tarkibning hech qanday elementi kirmasligi kerak. Stantsiyalar va temiryo’l yo’llarini qurishda temiryo’llar yaqinida inshootlar qurishda yaqinlashib keladigan tarkiblar orasidagi masofani inobatga olish kerak va uni davriy o’lchab turish kerak.
Avtomobil transporti. Avtomobil yo’lining loyihasi burilish nuqtalari, to’g’ri harakatlanadigan yo’llar va qiyaliklar o’lchami, bo’ylama va ko’ndalang loyiha qiyaliklarni ko’rsatgan holda bo’lgan profillar, faktik va loyiha nuqtalarni o’z ichiga oladi. Avtomobil yo’lini nazorat qilish va ajratish bilan bog’liq bo’lgan marksheyderlik ishlari, temiryo’l qurilishida bajariladigan ishlardan farq qilmaydi.
Konveyer va skipli moslamalar. Konveyer uskunalarini qurish va foydalanishdagi markesheyderlik ishlari konveyerning loyiha o’qini naturaga tushurish, chiqarish nuqtalarini aniqlash, boshlang’ich va oxirgi nuqtalarni aniqlash, konveyerning loyiha qiyaligini nazorat qilishni o’z ichiga oladi. Kerakli kon lahimlarini o’tishda va skipli ko’targichni o’rnatishda, shuningdek yuklash-bo’shatish inshootlarida asosiy material bu ko’targichning bo’ylama va ko’ndalang profili rejasi, yuklash va bo’shatish gorizontlarida inshootlarning rejasi va kesimi, ko’targich o’qining direktsion burchagi, ko’targichning boshlang’ich va oxirgi nuqtasi koordinatlaridir.
Misol 1. Lokomotivtarkibdagi vagonlar sonini, qoplovchi tog’ jinsini ag’darmaga tashishda (zichlik 2.7 т/ м ) harakatlanadigan temiryo’l transportining ishchi va inventar parkini aniqlash. Vaqtinchalik yo’llar bo’yicha tashish masofasi 2km, doimiy yo’llar bo’yicha 4 km (boshqaruvchi balandlik i = 30 %o). Karyerda EL-1 turli elektrovozlar, 2VS-105 dumpkarlar
va ekskavator EKG-8I (texnik unumdorlik 1350 t/soat). Bo’sh tog’ jinslari bo’yicha karyerning kunlik yuk aylanmasi 100 ming.t.
Do'stlaringiz bilan baham: |