Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
boradigan koʻrsatuvni tomosha qilganmisiz oʻzi?
Morri yelkasini uchirdi.
– Adashmasam, ikki marta.
– Ikki marta? Ikki martaginami?
– Ranjishga shoshilmang. “Opra”ni bir martagina koʻrganman.
– Xoʻp, koʻrsatuvimni ikki marta koʻrganingizda qanday xulosaga
kelgansiz?
Morri bir oz sukut saqladi.
– Rostini aytaymi?
– Ha?
– Oʻziga bino qoʻygan odamdek koʻringansiz menga.
Koppel qahqaha otib kulib yubordi.
– Oʻzimga bino qoʻyish uchun juda badbasharalik qilaman, – dedi
keyin.
Tez orada mehmonxonadagi kamin oldida suratga olish jarayoni
boshlandi. Koppel astoydil dazmollangan koʻk kostyum-shimda,
Morri esa keng kulrang sviter kiyib olgandi. U suhbat uchun ust-
boshini chiroylisiga almashtirishdan ham, pardoz qildirishdan ham
bosh to
rtdi. Uning falsafasiga koʻra, oʻlim uyaladigan narsa emasdi,
demak, yuziga upa surishga ham hojat yoʻq.
Morri nogironlar aravachasida oʻtirganligi sababli uning jonsiz
oyoqlari kameraga tushmadi. Hali qoʻllarini harakatlantira olgani
uchun, Morri doim qoʻllarini silkitib gapirardi, qanday qilib oʻlimni
mardonavor qarshi olish mumkinligi haqida ehtirosga toʻlib
soʻzlashini koʻrishimiz mumkin edi.
– Ted, – deb gap boshladi u. – Men bu gʻalvalar boshlangandayoq
oʻzimga oʻzim savol berdim: “Boshqalarga oʻxshab tarki dunyo
qilaymi yoki imkoni boricha hayotdan bahra olib yashaymi?” va
yashashga qaror qildim. Hech boʻlmaganda, qadr-qimmat, jasorat,
yaxshi kayfiyat va xotirjamlikni saqlagan holda oʻzim istagandek
yashashga urinib koʻrishga ahd qildim. Yigʻlab uygʻongan tonglarim
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
ham boʻlib turadi. Oʻzimga oʻzim aza tutib, koʻz-yosh toʻkaman.
Baʼzida esa gʻazabga toʻlib uygʻonaman. Lekin bunday holatlar uzoq
davom etmaydi. Oʻzimga bir oz achinib olganimdan soʻng oʻrnimdan
turib, “Men yashashni istayman” deya taʼkidlayman. Hozircha, buni
uddalayapman. Yana shunday davom etish qoʻlimdan keladimi?
Buni bilmayman. Menimcha, qoʻlimdan keladi.
Koppel uni butun vujudi bilan tinglardi. “Oʻlimning yaqinligi odamni
kamtarlikka undaydimi?” – deb savol berdi u.
– Qanday tushuntirsam ekan senga buni, Fred, – deb yubordi
toʻsatdan Morri va tezgina xatosini toʻgʻriladi, - Ted demoqchi
edim…
–
Mana buni
kamtarlikka undash desa boʻladi, – dedi Koppel, kulib.
Ular oʻlimdan keyingi hayot toʻgʻrisida suhbatlashishdi. Morrining
tobora bos
hqalar yordamiga muhtoj boʻlib borayotgani haqida
gapirishdi. Unga ovqatlanish, oʻtirish, bir joydan ikkinchi joyga oʻtish
uchun ham kimningdir yordami zarur edi.
– Sezdirmasdan, sekinlik bilan jismingizni yemirib borayotgan
jarayonning siz uchun qoʻrqinchli jihati nimada? – soʻradi Koppel.
Morri bir oz jim qoldi. Keyin esa, bu narsa haqida televideniye orqali
gapirish oʻrinlimikan, deb soʻradi.
– Albatta, gapiravering, – undadi Koppel.
Morri Amerikadagi eng taniqli teleboshlovchining koʻzlariga tik
qaradi.
– Nima ham derdim, yaqin kunlarda kimdir orqamni artib qoʻyishiga
ham muhtoj boʻlishim aniq.
Koʻrsatuv juma kuni tunda efirga uzatildi. Uni Vashingtonda yozuv
stoli oldida oʻtirgan Ted Koppelning zalvorli ovozi boshlab berdi.
– Morri Shvarts kim? Va nima sababdan oqshom yakuniga qadar
koʻpchiligingiz u haqida yaqin insoningizdek qaygʻura boshlaysiz?
Vashingtondan minglab chaqirim uzoqlikda, tepalikdagi uyimda
odatdagidek kanallarni alma
shtirib oʻtirardim. Televizor qutisidan
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
jaranglagan “Morri Shvarts kim?” degan soʻzlarni eshitib, qotib
qoldim.
1976-
yilning bahori, Morri bizga oʻtgan birinchi dars. Morrining keng
xonasiga kirishim bilan devor boʻylab joylashtirilgan javonlarning
tokchal
ari sanoqsiz kitoblarga toʻlib yotgani diqqatimni tortadi.
Jamiyatshunoslik, falsafa, din va ruhshunoslikka oid kitoblar.
Xonaning parket poliga katta gilam toʻshalgan, derazadan kampus
yoʻlagi koʻrinib turibdi. Sinfda oʻn ikkitacha talaba darslar rejasi va
daftarlarini titkilab oʻtirishibdi. Koʻpchiligining ustida jinsi shim va
katakli flanel koʻylak, oyoqlarida esa mallarang poyabzal. Guruhdagi
talabalarning hammasi shu boʻlsa, dars qoldirish oson boʻlmaydi,
degan fikr xayolimdan oʻtadi. Balki bu fandan voz kechganim
yaxshidir.
– Mitchel,
–
deydi davomat varaqasini oʻqiyotgan Morri. Qoʻlimni
koʻtaraman.
– Mich deb chaqiraveraymi yoki Mitchel yaxshiroqmi?
Hali biror marta oʻqituvchilar menga bunday savol bermagan. Boʻyni
uzun sariq jemper va chiyduxoba shim kiyib olgan, kumushrang
sochlari peshonasiga tushib turgan odamchaga diqqat bilan
tikilaman. U jilmayadi.
– Mich,
–
deb javob qaytaraman.
–
Doʻstlarim meni shunday
chaqiradi.
– Mayli, Mich boʻlaqolsin unda,
–
deydi Morri, goʻyoki kelishuvni
yakunlayotgan kishidek.
–
Aytgancha, Mich?
– Labbay?
– Biror kun meni ham doʻst deb bilasan degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |