Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
– Hali aniq bilmaymiz. Reaksiyalaringiz sust.
Reaksiyasi sust? Bu nima degani boʻldi?
Va nihoyat, 1994-yil, issiq va nam avgust kunlarining birida Morri
xotini Sharlotta bilan nevrolog huzuriga tashrif buyurdi. Shifokor
yangilikni aytishdan avval ulardan oʻtirib olishlarini soʻradi: Morrida
yon amiotrofik skleroz (ALS), asab tizimining beshafqat xastaligi
–
Lu Gerig kassaligi aniqlanibdi.
Hali bu kasallikning davosi topilmagandi.
– Bu dardni qanday orttirdim? – soʻradi Morri. Hech kim buni
bilmasdi.
– Kasallik oʻlimga olib boradimi?
– Ha.
– Demak, oʻlaman?
– Ha, – dedi shifokor. – Juda ham afsusdaman.
U deyarli ikki soat davomida sabr bilan Morri va Sharlottaning
savollariga javob berdi. Xayrlashish chogʻida shifokor ularga ALS
haqida maʼlumotlar yozilgan mitti broshyuralarni berdi. Ular bankda
hisob raqami ochishda taqdim etiladigan broshyurachalarni
eslatardi. Tashqarida quyosh charaqlar, odamlar oʻz tashvishlari
bilan yugurib yurardi. Ana, bir ayol avtoturargoh hisoblagichiga
tanga tashlashga oshiqmoqda. Boshqasi esa bozor-
oʻcharini
yelkalab olgan. Sh
arlottaning xayolida minglab oʻylar gʻujgʻon
oʻynardi: “Qancha vaqtimiz qoldi ekan? Endi nima qilamiz? Qanday
kun koʻramiz?”
Keksa professorim esa bu paytda atrofda hayot bir maromda davom
etayotganidan hayratda edi. “Hayot toʻxtab qolishi kerakmasmidi?
Na
hotki odamlar menga nima boʻlganidan bexabar boʻlishsa?”
Biroq hayot toʻxtab qolmadi, u Morrining ahvoliga eʼtibor ham
bergani yoʻq. Morri madorsiz qoʻllari bilan mashina eshigini ochar
ekan, oʻzini tubsizlik qaʼriga qulayotgandek his qildi.
– Endi nima boʻladi? - oʻyladi u.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
Keksa professorim savollariga javob izlar ekan, kasallik uni tobora
yengib borardi: kundan-kun, haftama-
hafta… Bir kuni ertalab
mashinasini garajdan olib chiqayotib, tormoz pedalini bosishni
zoʻrgʻa uddaladi. Shu bilan mashina haydashdan ham voz kechildi.
Hadeb qoqilavergach, hassa sotib oldi. Shu tarzda mustaqil
yurishga ham yakun yasaldi.
U muntazam Yosh nasroniylar jamiyatiga suzishga qatnardi, lekin
endi mustaqil yechinishni ham eplolmay qoldi. Ilk marta shaxsiy
yordamchi yollashiga
toʻgʻri keldi – Toni ismli ilohiyot fanlari talabasi
uning suv havzasiga tushib-chiqishi va suzish kiyimini kiyib-
yechishiga yordam beradigan boʻldi. Yechinish xonasidagi
suzuvchilar oʻzlarini ularga qaramayotgandek tutar, biroq bari bir
tomosha qilishdan tiyila olmasdi. Shu bilan hayotini begona
koʻzlardan yashirish imkoni ham boy berildi.
1994-yilning kuzida Morri Brandeys kampusiga universitetdagi
soʻnggi kursini oʻtib berishga keldi. Kelmasa ham boʻlardi.
Universitetdagilar tushunishardi. Shuncha odamn
ing koʻz oʻngida
azob chekib nima qilasan? Uyda oʻtir. Bitmagan ishlaringni yakuniga
yetkaz. Ammo Morri ishdan ketishni xayoliga ham keltirmasdi.
Morri oʻttiz yildan ortiq unga ikkinchi uy vazifasini oʻtagan
auditoriyaga oqsoqlanib kirib keldi. Hassa yordamida yurgani
sababli kursisiga yetib olishga bir muncha vaqt ketdi. Va nihoyat
kursiga joylashib oldi; koʻzoynagini tushirib, unga jimgina tikilib
oʻtirgan yosh chehralarga qaradi.
– Doʻstlarim, barchangiz bu yerga ijtimoiy psixologiya fanini
oʻrganish uchun yigʻilgansiz degan fikrdaman. Men yigirma yildan
beri shu fandan dars berib kelaman va bugun birinchi marta bu
kursga yozilish tavakkalchilik ekanini aytib qoʻyishni lozim topdim,
chunki
tuzalmas
dardga
chalinganman.
Umrim
semestrni
yakunlashga yetmay qolishi mumkin. Buni muammo deb
Do'stlaringiz bilan baham: |