Oʻquv rejasi
U 1994-
yilning yozida oʻlimga mahkum etilganidan xabar topdi.
Oʻtmishga nazar tashlar ekan, Morri qandaydir koʻngilsizlik
yaqinlashayotganini ancha oldin sezganini yodga oladi. Buni raqs
tushishni toʻxtatgan kuniyoq anglab yetgandi.
Keksa professorim doim raqs tushishga ishtiyoqmand boʻlgan. Unga
qanday musiqa qoʻyilishining farqi yoʻq edi. Rok-n-rol, big bend,
blyuz. Hammasi yoqar
di. U koʻzlarini yumar va masʼud tabassum ila
xayolidagi maqomga monand yoʻrgʻalay boshlardi. Harakatlari har
doim ham chiroyli koʻrinmasdi. Morri sherikka muhtojlik sezmasdi. U
yolgʻiz raqs tushardi.
Har chorshanba oqshom u Garvard maydonidagi cherkovda
u
yushtiriladigan “Bepul raqsga tush” nomli qandaydir kechaga
borardi. Oq futbolka va qora ishton kiyib, boʻyniga sochiqcha tashlab
olgan Morri miltiroq chiroqlar va ovoz kuchaytirgichlar bilan
jihozlangan, asosan talabalar bilan gavjum xonada aylanib yurar va
qanday musiqa qoʻyilsa, shunisiga oʻynab ketaverardi. U Jimi
Hendriks ashulasi qoʻyilsa, lindi raqsi harakatlarini bajarardi.
Amfetamindan kayfi oshib qolgan dirijordek qoʻllarini silkitar, jiqqa
terga botmagunicha eshilib-bukilardi. U yerda hech kim uning yillab
tajribaga ega universitet professori va bir nechta eʼtiborga molik
kitoblar yozgan atoqli jamiyatshunoslik fanlari doktori ekanini
bilmasdi. Shunchaki, esi ogʻib qolgan chol deb oʻylashardi.
Bir kuni u oʻzi koʻtarib kelgan tango musiqasi yozilgan kassetani
qoʻydirdi. Keyin esa davrani egallab, ehtirosli ispan oshigʻidek xona
boʻylab xirom aylay boshladi. U raqsini yakunlaganda, hamma
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
qarsak chalib yubordi. U shu lahzalarda bir umr qolishni istardi!
Biroq tez orada raqs tushishdan voz kechishiga t
oʻgʻri keldi.
Morri oltmishdan oshganda koʻksov kasalligini orttirib oldi. Nafas
olishi qiyinlashdi. Bir kuni Charlz daryosi boʻyida sayr qilib
yurganida, toʻsatdan turgan sovuq shamoldan nafasi qaytib, boʻgʻilib
qoldi. Uni zudlik bilan shifoxonaga olib ketib, adrenalin ukoli
yordamida qutqarib qolishdi.
Bir necha yildan soʻng yurishi ham qiyinlashdi. Bir doʻstining
tugʻilgan kun bazmida besabab qoqilib, yiqilib tushdi. Boshqa bir
kechada teatr zinapoyasidan yiqilib, yonida turganlarni choʻchitib
yubordi.
– Unga havo yetishmayapti! Havo kerak! – deya baqirib yubordi
kimdir.
Bu paytga kelib u yetmish yoshni urib qoʻygandi, shu sababli
odamlar “Qarilik-da...” deb shivirlagancha, uning oyoqqa turishiga
koʻmaklashishdi. Ammo ichki aʼzolarining holatini bizdan koʻra
yaxshiroq his qilgan Morri muammo qarilikda emasligini bilardi.
Qarilikdan tashqari yana nimadir bor edi. U oʻzini muntazam horgʻin
sezar, uxlashga qiynalardi. Tushlarida oʻlayotganini koʻrib chiqardi.
Morri shifokorlarga qatnay boshladi. Koʻp shifokorlarga uchradi. Ular
Morrining qonini tekshirishdi. Peshobidan namunalar olishdi. Orqa
teshigidan moʻralab, ichaklarini koʻzdan kechirishdi. Oxir-oqibat
hech narsa topilmagach, bir shifokor Morrining boldiridan kichkina
boʻlakcha kesib olib, mushaklar biopsiyasiga yubordi. Tahlil natijalari
nevrologik muammo borligini koʻrsatdi. Morrini yana yangitdan
tekshiruvlar oʻtkazishga olib ketishdi. Shunday koʻriklarning birida
Morrini elektr kursiga oʻxshash maxsus moslamaga oʻtqizib, elektr
toki yuborish orqali uni
ng nevrologik reaksiyalarini oʻrganishdi.
– Chuqurroq tekshirishimiz kerak, – dedi shifokor, natijalarga koʻz
yugurtirarkan.
– Nega? - soʻradi Morri. – Nima dard ekan oʻzi?
Do'stlaringiz bilan baham: |