Ikkinchi seshanba: Oʻz
-
oʻziga achinish haqida
suhbatlashamiz
Keyingi seshan
ba yana Morrini koʻrgani bordim. Undan keyingi
seshanba kunlari ham.
Ushbu tashriflarni siz oʻylaganingizdan-da
koʻproq intiqib kutardim, oʻlayotgan odamning boshida oʻtirish uchun
har hafta yetti yuz mil masofadan uchib borganimdan ham bilib
olavering. Mo
rrining yonidaligimda oʻzimni boshqa davrga tushib
qolgandik his qilardim va oʻsha davrdagi men oʻzimga koʻproq
yoqardi. Aeroportdan manzilgacha boʻlgan masofani bosib oʻtishda
foydalanish uchun ijaraga mobil telefon olishni toʻxtatdim. “Kerak
boʻlsa, kutishadi”, - taʼkidlardim oʻzimga, Morriga taqlid qilib.
Detroytda nashriyot bilan bogʻliq mojaro tinchimadi. Aksincha,
yanada avj oldi. Ish tashlovchilar va ularning oʻrniga ishga olinganlar
oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar sodir boʻla boshladi; yuk mashinalari
qatnovini toʻsib, yoʻlga yotib olganlar kaltaklanar va hibsga olinardi.
Shu voqealar taʼsiri ostida, Morri bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarim
menga inson mehri yordamida poklanishdek tuyulardi. Biz hayot
haqida, muhabbat haqida suhbatlashardik. Morrining sevimli
mavzularidan biri
– rahmdillik va jamiyatimizda uning taqchilligi
sabablari haqida ham suhbatlashdik. Uchinchi tashrifimdan oldin
“Non va tomosha” deb nomlangan doʻkonda toʻxtab oʻtdim –
Morrining uyida ularning yorligʻi tushirilgan paketlarga koʻzim
tushgandi, Morri ularning mahsulotlarini yoqtirsa kerak deb oʻyladim,
– plastik idishga qadoqlangan sabzavotli vermishel, sabzi shoʻrva va
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
44
pahlava kabi bir qancha mahsulotlardan koʻpgina xarid qildim.
Morrining kabinetiga kira solib, xuddi hozirgina bankni tunab
qaytgandek, qoʻlimdagi paketlarni tepaga koʻtardim.
– Oziq-ovqat yetkazib berish xizmati! – qichqirdim men.
Morri koʻz qorachiqlarini aylantirib, jilmaydi.
Men
esa
kasallik
rivojlanishining
yangi
belgilari
paydo
boʻlmadimikan deb uni zimdan koʻzdan kechiraman. Barmoqlari
qalam ushlash yoki koʻzoynagini tutib turish kabi vazifalarni yaxshi
bajarayotgandi, lekin u qoʻllarini koʻkragidan yuqoriga koʻtara
olmasdi. U kundan kunga oshxona va mehmonxonada kamroq vaqt
oʻtkazib, koʻproq kabinetidagi yostiqlar, yopinchiqlar va qurib qolgan
oyoqlari uchun maxsus yasalgan penoplast tirgaklar bilan yasatilgan
yumshoq kresloda yotardi. Uning yonida qoʻngʻiroqcha turardi va
yostiqni toʻgʻrilab qoʻyish yoki, uning tili bilan aytganda, “tashqariga
chiqib kelish” zarur boʻlganda, qoʻngʻiroqni chalib, shaxsiy
qarovchilari armiyasidagilardan biri
– Konni, Toni, Berta yoki Eymini
yordamga chaqirardi. Morri uchun qoʻngʻiroqni koʻtarish har doim
ham oson kechmasdi va buni uddalay olmagan paytlari oʻzidan
hafsalasi pir boʻlardi.
Morridan “oʻzingizga achinasizmi?” deb soʻradim.
– Baʼzan, ertalablari, – javob berdi u, – odatda aynan shu vaqtda
motam tutaman. Uygʻonib, butun tanamni paypaslayman: qoʻllarim,
barmoqlarim va boshqa nimaiki aʼzolarim ishlayotgan boʻlsa,
hammasini q
imirlatib koʻraman va ishdan chiqqan tana aʼzolarimga
aza tutaman. Oʻlim meni sekin-asta, makkorona yoʻl bilan mahv
etayotganidan chuqur qaygʻuga botaman. Keyin esa birdaniga
zorlanishni toʻxtataman.
– Shunday osongina-ya?
– Yigʻlagim kelsa, yaxshigina yigʻlab olaman. Lekin keyin diqqatimni
meni hali tark etmagan ijobiy narsalarga qarataman. Mendan xabar
olgani kelayotgan odamlarga. Ulardan eshitadigan hikoyalarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |