Oltinchi seshanba: his-
tuygʻular haqida suhbatlashamiz
Togʻ dafnasi va yapon zarang daraxti yonidan oʻtib, koʻkimtir tosh
zinalardan Morrin
ing uyiga koʻtarildim. Tom qirrasi boʻylab
oʻrnatilgan oq tarnov kirish eshigi ustida osilib, ayvoncha hosil
qilgandi. Eshik qoʻngʻirogʻini chaldim, lekin meni Konni emas,
Morrining rafiqasi Sharlotta
– allalovchi ohangda gapiradigan
kulrang sochli goʻzal ayol qarshi oldi. Men kelganimda, koʻpincha u
uyda boʻlmasdi – Morri xohlagani uchun Massachusets
texnologiyalar institutida ishlashni davom ettirayotgandi; bu safar uni
koʻrganimdan bir oz hayratlandim.
– Bugun Morrining ahvoli unchalik yaxshi emas, – dedi u. Bir lahza
yelkam osha tashqariga tikilib turdi, keyin esa oshxonaga qarab
yurdi.
– Afsusdaman, – dedim men.
– Yoʻq, yoʻq, u tashrifingizdan xursand boʻladi, – tezda javob
qaytardi u.
– Albatta…
Gapini tugatmasdan jimib qoldi va boshini bir oz burib, nimanidir
eshitishga urindi. Soʻng gapida davom etdi:
– Albatta… shu yerdaligingizni eshitishi bilanoq oʻziga kelib qoladi.
Bozordan xarid qilgan narsalarim solingan paketlarni qoʻlimga oldim:
– Odatiy oziq-ovqat taʼminoti, – hazil aralash aytdim men.
Uning
yuzida xavotir aralash tabassum paydo boʻldi.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
76
– Shundoq ham yegulik koʻp edi. Oxirgi marta olib kelinganlaridan
hech narsa yemadi hali.
Uning gapidan hayratga tushdim.
– Hech qaysini yemadimi? – soʻradim men.
U muzlatkichni ochgandi, tanish mahsulotlarga
koʻzim tushdi: tovuqli
salat, vermishel, sabzavotlar, qovoq doʻlma – Morriga atab olib
kelganlarim. U hozirgina koʻrganimdan ham koʻproq yeguliklar
toʻldirilgan muzxonani ochdi.
– Morri bu ovqatlarning koʻpini yeya olmaydi. Yutishga juda
qiynalyapti. Endi u faqat yumshoq va suyuq mahsulotlarni yeyishi
mumkin.
– Lekin u menga bu haqida hech ogʻiz ochmagan, – dedim men.
Sharlotta jilmaydi:
– U sizni xafa qilishni xohlamaydi.
– Bu meni xafa qilmagan boʻlardi. Shunchaki, qandaydir yordamim
tegsa degandim. Unga
nimadir olib kelsam degandim…
– Nimadir
olib kelyapsiz. U tashrifingizni intizorlik bilan kutadi.
Ushbu loyihani aynan siz bilan amalga oshirishi zarurligi, buning
uchun diqqatini bir yerga jamlashi va alohida vaqt ajratishi kerakligi
haqida gapiradi. Menimcha, bu Morriga yashashidan maqsad
borligini his qilishga yordam beryapti…
Uning nigohi yana uzoq-uzoqlarga tikilayotgandek qotib qoldi,
xayolan boshqa yerda kezib yurgandek edi. Tunlari Morrining ahvoli
yomonlashib borayotganini bilardim: kechasi uxlay olmasdi, demak,
Sharlotta ham koʻpincha mijja qoqmay chiqardi. Baʼzida Morri
soatlab yoʻtalar, chunki tomogʻiga yopishgan balgʻamdan qutulish
ancha vaqt olardi. Endi tibbiy xodimlar tuni bilan navbatchilik
qilishar, kunduzi esa Morridan xabar olgani keluvchilarning keti
uzilmasdi: sobiq talabalar, hamkasb professorlar, meditatsiya
murabbiylari. Ayrim kunlari besh-olti kishi tashrif buyurar va
koʻpincha Sharlotta ishdan qaytganida, mehmonlar hali ham
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
77
professor bilan oʻtirgan boʻlardi. Garchi begonalar Sharlottaning
Morri bilan oʻtkazishi mumkin boʻlgan qimmatli daqiqalarini
oʻgʻirlayotgan boʻlsa-da, u barchasiga sabr bilan qarardi.
– ...maqsad borligini his qilish, – davom etdi Sharlotta. – Ha.
Bilasizmi, bu foydali.
– Shunday deb umid qilaman, – dedim men.
Yangi
keltirilgan
yeguliklarni
muzlatkichga
joylashtirishga
koʻmaklashdim. Oshxona stolida turli qaydnomalar, xabarlar,
maʼlumotlar va tibbiy koʻrsatmalar yozilgan qogʻoz parchalari
yotardi. Stol usti har doimgidan ham koʻproq dori-darmonlarga toʻlib
ketga
ndi: koʻksov kasali uchun “Seleston”, “Ativan” uyqu dorisi,
infeksiyalarga qarshi kurashish uchun “Naproksen”, sutli qorishma
kukuni va surgi dorilar. Koridor oxirida eshik ochilgani eshitildi.
– Endi boʻshadi, shekilli… Borib qaray-chi.
Sharlotta yana men
keltirgan yeguliklarga koʻz tashlagandi,
birdaniga meni uyat hissi chulgʻab oldi. Bularning bari Morri
endilikda lazzat olishdan mahrum boʻlgan narsalarni yodga solardi.
Morrining dardi ogʻirlashayotganini koʻrsatuvchi belgilar koʻpayib
borayotgandi. Va n
ihoyat, Morrining yoniga kirib oʻtirganimda, u
odatdagidan koʻproq yoʻtalayotganini sezdim: koʻkrak qafasini
larzaga keltirayotgan quruq, tomoqni qiruvchi yoʻtaldan boshi
oldinga silkinib-
silkinib ketardi. Navbatdagi yoʻtal xurujidan keyin u
toʻxtab, koʻzlarini yumdi va chuqur nafas oldi. Uning oʻziga kelib
olishini kutib, jimgina oʻtirdim.
– Tasmaga yozib olyapsanmi? — toʻsatdan soʻradi u, koʻzini
ochmasdan.
– Ha, ha, — dedim men tezda, “Yoqish” va “Yozib olish” tugmalarini
bosa turib.
– Men hozir, — davom etdi u koʻzlari yumuq holda, — voqelikdan
uzilyapman.
– Uzilyapsiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |