Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
hisoblaganlarning darslarimga qatnashishdan voz kechish istagi
boʻlsa, tushunaman.
U jilmaydi.
Shu bilan uning dardga chalingani ham ortiq sir boʻlmay qoldi.
ALS yonayotgan shamga oʻxshaydi: asab tolalaringizni eritib,
tanang
izni bir uyum mum holiga keltiradi. Koʻpincha, u ishni
oyoqlardan boshlaydi va sekin-asta yuqorilab boradi. Avvaliga son
mushaklaringiz oʻzingizga boʻysunmay qoʻyadi va tik turish
qobiliyatidan mahrum boʻlasiz. Keyin esa butun tana mushaklaringiz
nazoratin
i yoʻqotasiz va oʻtirish baxtidan ham mosuvo boʻlasiz.
Alaloqibat, agar shunda ham tirik boʻlsangiz, tomogʻingizni teshib
oʻrnatilgan naycha orqali nafas olasiz, hali mutlaqo uygʻoq ruhingiz
esa, oʻz tanasi ichida qotib qolgan ilmiy-fantastik film qahramonlari
kabi, kiprik qoqish yoki tilni qimirlatishga zoʻrgʻa yaraydigan majruh
qobiq ichida tutqunlikda qoladi. Mazkur dardga yoʻliqqaningizdan
besh yil oʻtar-oʻtmas, shu holatga tushasiz.
Shifokorlar Morrining yana ikki yilcha umri qolganini taxmin qilishdi.
Morri esa ikki yildan kamroq vaqti qolganini bilardi.
Keksa professorim qatʼiy qarorga kelgan, bu qaror, u oʻlimi
muqarrarligidan xabar topib, shifokor qabulidan chiqayotganidayoq
yetila boshlagandi. “Jimgina soʻlib, yoʻq boʻlib ketaveramanmi yoki
qolgan
vaqtimdan unumli foydalanib qolamanmi?” – deya oʻziga
savol berdi.
U soʻlmaydi. U oʻlayotganidan uyalmaydi.
Aksincha, oʻlim uning soʻnggi loyihasi – qolgan sanoqli kunlarining
markaziy nuqtasi boʻladi. Oʻlim hammaning ham boshida bor ekan,
uning tajribasi
boshqalar uchun oʻta ahamiyatli boʻlishi mumkin,
shunday emasmi? Uning oʻzi tadqiqot obyekti boʻladi. Jonli oʻquv
qoʻllanmasi.
Sekin-
asta soʻnib borishimni tadqiq qiling. Menga
nimalar boʻlayotganini kuzating. Birgalikda oʻrganamiz
.
Morri hayot va mamot oʻrtasidagi koʻprikni bosib oʻtarkan, soʻnggi
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
safari haqida hikoya qilib borishga qaror qildi.
Kuzgi semestr bir nafasda oʻtib ketdi. Dorilar soni koʻpaydi.
Muolajalar esa kundalik hayotning bir qismiga aylandi. Hamshiralar
professorning
uyiga
qatnay
boshladi.
Mushaklar
faolligi
yoʻqolmasligi uchun uning jonsizlanib borayotgan oyoqlarini
harakatlantirish, quduqdan suv tortayotgand
ek, koʻtarib-tushirish,
bukish mashqlarini bajartirish zarur edi. Uqalash mutaxassislari uni
muntazam azoblayotgan mushaklar uvushishidan xalos etish uchun
haftada bir marta tashrif buyurardi. U meditatsiya murabbiylari bilan
uchrashar, koʻzlarini yumib, butun borligʻi faqatgina nafas olishga
qaratilmagunicha, xayolidagi oʻylarni birma-bir oʻchirib chiqardi:
nafas olamiz-chiqaramiz, olamiz-chiqaramiz.
Bir kuni Morri hassasi yordamida trotuarga chiqaman deb, yoʻl
yuziga yiqilib tushdi. Shundan soʻng, hassa toʻrt oyoqli tirgak bilan
almashtirildi. Tanasi zaiflashib borarkan, hojatxonaga borib kelish
ham uning tinka-
madorini quritadigan boʻldi. Morri tuvakka oʻtirishga
odatlandi. Biroq shuni ham mustaqil bajarishga holi yoʻq edi – kimdir
unga tuvakni tutib turi
shiga toʻgʻri kelardi.
Koʻpchiligimiz bunday ishlardan xijolat chekkan boʻlardik, ayniqsa,
Morrining yoshida. Ammo Morri koʻpchiligimizga oʻxshamasdi. Yaqin
hamkasblari uni koʻrgani kelganda, Morri ulardan: “Menga qara,
siyishim kerak. Yordamlashib yuborm
aysanmi? Malol kelmaydimi?”
-
deb soʻrardi.
Mehmonlar, koʻpincha, ularga bu ish malol kelmasligidan oʻzlari ham
hayron qolardi.
Uni koʻrgani keluvchilar oqimi oshib borar, u esa mehmonlar
koʻnglini ovlashdan mamnun edi. Oʻlim, uning asl mohiyati, jamiyat
o
ʻlimning nima ekanini anglamasdan, azaldan undan qoʻrqib
yashagani borasida fikr yuritish uchun muhokama guruhlari tuzib
olgandi. Morri doʻstlaridan, agar ular chindan ham yordam
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
bermoqchi boʻlsalar, unga achinish koʻzi bilan qaramasliklarini,
aksincha, tashriflari, telefon suhbatlari, odatdagidek, muammolarini
Morri bilan boʻlishish orqali uni xursand qilishlarini soʻradi, chunki u
har doim ajoyib tinglovchi boʻlgan.
Dard kuchayib borayotganiga qaramasdan, uning jarangdor ovozi
hali ham oʻziga tortar, xayolida esa minglab oʻylar charx urardi.
“Oʻlim” tushunchasi “keraksiz” soʻzi bilan maʼnodosh emasligini
isbotlashga bel bogʻlagandi.
Yangi yil ham oʻtdi. Hali hech kimga aytmagan boʻlsa-da, Morri bu yil
umrining soʻnggi yili ekanini bilib turardi. Bu paytga kelib, u
nogironlar aravachasiga mixlangan, qadrli insonlarining barchasiga
aytishi lozim boʻlgan gaplarni aytib qolishga ulgurish uchun vaqt
bilan
kurashayotgandi.
Brandeysdagi
hamkasblaridan
biri
kutilmaganda yurak xurujidan vafot etganda, Morri uning dafn
marosimiga bordi. Uyga tushkun holda qaytdi.
– Esiz, – dedi u. – Kelganlar u haqida shuncha yaxshi gaplarni
aytsa-yu, Irv bularning hech birini eshitmasa.
Kutilmaganda Morrining xayoliga ajoyib fikr keldi. U bir nechta
doʻstlariga qoʻngʻiroq qildi. Kerakli sanani tanladi. Sovuq yakshanba
kunlarining birida “jonli dafn marosimi”ni oʻtkazish uchun unikida oila
aʼzolari va doʻstlaridan iborat kichik jamoa toʻplandi. Ularning har biri
soʻzga chiqib, keksa professorimga oʻz hurmatini izhor qildi. Baʼzilar
koʻziga yosh oldi. Kulganlar ham boʻldi. Bir ayol sheʼr oʻqidi:
Sevimli va aziz jigarim…
Hayot soʻqmoqlari oralab,
Zamon osha kezarsan tanho.
Abadiy navqiron yuraging
–
Barhayot sekvoyyadir goʻyo.
Morri ham ularga qoʻshilib kuldi, yigʻladi. Odatda aziz insonlarimizga
aytishga jurʼatimiz yetmay, qalbimiz tubida qolib ketadigan
gaplarning hammasini aytib oldi oʻsha kuni. Uning “jonli dafn
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
13
marosimi” muvaffaqiyatli oʻtdi.
Faqat... Morri hali hayot edi.
Buning ustiga, professor hayotining eng hayratlanarli davri endi
boshlanayotgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |