Моррининг сешанба дарслари



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/51
Sana24.03.2022
Hajmi1 Mb.
#508219
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
84
edi. Talabalar belgilanga
n oʻrtacha ballni toʻplay olmasa, armiyaga 
chaqirilishi kechiktirilgani haqidagi hujjatlari bekor qilinishidan xabar 
topgan oʻqituvchilar talabalarga umuman baho qoʻymaslikka qaror 
qilishdi. Universitet maʼmuriyati agar baho qoʻyilmasa, barcha 
talabalar imtihonlardan yiqilgan deb hisoblanishini aytganida, Morri 
ushbu muammoning yechimi topdi: “Keling, ularning hammasiga A 
(aʼlo) baho qoʻyamiz”. Va hamma oʻqituvchilar u aytganidek qildi. 
Kampusga hurfikrlilik olib kirgan oltmishinchi yillar Morrining 
boʻlimida faoliyat yurituvchi xodimlarga ham hurfikr gʻoyalar olib 
keldi: ishga hozirda odat tusiga kirgan jinsi shim va shippakda 
kelishdan boshlab to sinfxonaga yuragi urib turuvchi jonli dargoh 
sifatida qarashgacha. Ular muhokamani maʼruzadan, amaliyotni 
nazar
iyadan ustun qoʻya boshladi. Ular inson huquqlari toʻgʻrisidagi 
loyihalar 
ustida 
ishlayotgan 
talabalarni 
janubiy 
shtatlarga, 
amaliyotchi talabalarni esa katta shaharlarning nochor qismlariga 
yuborishdi. Ular norozilik namoyishlarida ishtirok etish uchun 
Va
shingtonga borishar; Morri, koʻpincha, talabalar toʻla avtobusni 
oʻzi haydab borardi. U shunday safarlarning birida boʻyinlariga rang-
barang munchoqlar taqib olgan ayollar etaklarini hilpiratib, 
askarlarning miltiqlariga gul qoʻygani, keyin esa maysazorga oʻtirib, 
qoʻl ushlashib, Pentagonni fikr kuchi bilan havoga koʻtarishga 
urinishganini mayin tabassum bilan tomosha qildi.
– Uni qoʻzgʻata olishmadi, – dedi Morri, keyinchalik shu voqeani 
yodga olarkan, 
– lekin, muhimi, urinib koʻrishdi. 
Kunlarning birida bir guruh qora tanli talabalar Brandeys 
universitetining Ford korpusini egallab olishdi va unga “Malkolm X 
universiteti” deb yozilgan baner ilib qoʻyishdi. Ford korpusida kimyo 
laboratoriyalari joylashgani sababli ayrim maʼmuriyat vakillari bu 
radikallar y
ertoʻlada bomba tayyorlayapti degan xavotirga ham 
bordi. Morri gap nimadaligini yaxshi bilardi. U muammoning asl 
mohiyati 
– oʻzlarining qandaydir ahamiyatga ega ekanligini his 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
85
qilishga urinayotgan oddiy insonlar ekanini koʻrib turardi. 
Qoʻzgʻolon bir necha hafta davom etdi. Morri binoning yonidan oʻtib 
ketayotganida, qoʻzgʻolonchilardan biri sevimli ustozini tanib qolib, 
derazadan kirishga undamaganida, qoʻzgʻolon uzoqroq davom etishi 
ham mumkin edi. 
Bir soatdan keyin Morri qoʻzgʻolonchilarning istaklari aks etgan 
roʻyxat bilan derazadan emaklab qaytib chiqdi. U roʻyxatni 
universitet prezidentiga yetkazgach, muammo hal etildi. 
Morri har doim muammolarni tinch yoʻl bilan hal qilishning 
uddasidan chiqardi.
Brandeys universitetida u ijtimoiy psixologiya, ruhiy xastaliklar va 
ruhiy salomatlik, jamoada shaxsning axloqi kabi fanlardan dars 
berardi. Darslar hozirda “kasbiy koʻnikmalar” deb ataluvchi jihatlarga 
koʻp ham urgʻu bermasdan, asosiy eʼtiborni “shaxsiy rivojlanish”ga 
qaratardi. 
Shu sababli ham, bugunning huquqshunoslik va tadbirkorlik 
yoʻnalishi talabalari uning darslarini oʻta sodda va befoyda deb 
hisoblagan boʻlardi, balki. Uning talabalari universitetni bitirgach, 
qancha pul topdi? Necha marta sudda katta ishlarni yutib chiqdi? 
Biroq, shu bilan bir qatorda, universitetni tamomlagach, ushbu 
huquqshunos va tadbirkor talabalarning nechtasi oʻzlarining keksa 
professoridan xabar oladi? Morrining talablari har doim uni koʻrgani 
kelib turishardi. Umrining oxirgi kunlarida unikiga yuzlab talabalari 
tashrif buyurdi: Boston, Nyu-York, Kaliforniya, London va 
Shveytsariyadan; 
yirik 
kompaniyalar 
va 
nochor 
tumanlar 
maktablarida faoliyat yuritayotganlar. Unga qoʻngʻiroq qilishdi, xatlar 
yozishdi. U bilan uchrashish, suhbatlashish, uning tabassumini 
koʻrish uchun yuzlab mil yoʻl bosib kelishdi. 
– Boshqa sizga oʻxshagan birorta oʻqituvchi topmadim, – deya 
taʼkidlardi kelgan talabalarning har biri. 
Morri bilan suhbatlarimiz davom etarkan, men oʻlim haqida oʻqiy 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
86
boshladim: turli madaniyat vakillarining hayotdan koʻz yumishga 
qarashlari haqida. Masalan, Shimoliy Amerikaning Arktikaga yaqin 
qismida istiqomat qiluvchi bir qabila yer yuzidagi barcha narsaning 
ichida oʻzining mitti shakli yashaydi, yaʼni kiyikning ichida mitti 
kiyikcha, odamning ichida esa mitti odamcha yashaydi. Tashqi 
– 
katta mavjudot vafot etganida, ichki 
– mitti mavjudot yashashda 
davom etadi. U yaqin-atrofda dunyoga kelgan boshqa mavjudotga 
aylanishi yoki buyuk ayol ruh qornida samodagi vaqtinchalik hordiq 
maskaniga koʻtarilib, oy uni yerga qayta yuborishini kutadi. 
Baʼzida oy dunyoga kelgan yangi ruhlar bilan shu qadar band 
boʻladiki, osmonda koʻrinmay qoladi, deyishadi. Shu sababli oysiz 
tunlar boʻlib turadi. Ammo, oxir-oqibat, oy har doim qaytadi, xuddi 
biz qaytganimizdek.
Mana nimaga ishonadi bu qabila. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish