66
– Xuddi boy-skautga oʻxshab gapirasiz, a.
– Pulni nazarda tutmayapman, Mich. Vaqtni nazarda tutyapman. Gʻamxoʻrlikni. Suhbatni. Bu
unchalik qiyin emas. Yaqinimizda
qariyalar markazi ochilgan. U yerga har kuni oʻnlab qari
kishilar boradi. Biror koʻnikmaga ega yoshlardan esa u yerga borib, oʻz koʻnikmalarini
qariyalarga oʻrgatish soʻraladi. Aytaylik, sen kompyuterga yaxshi tushunasan – borasan va
kompyuterdan foydalan
ishni oʻrgatasan. Ular sendan juda ham xursand va minnatdor
boʻlishadi. Shu tarzda oʻzing ega boʻlgan narsalarni boshqalarga berish orqali hurmat qozona
boshlaysan. Bu kabi joylar anchagina. Va sendan favqulodda isteʼdod talab qilinmaydi.
Shifoxona va bosh
panalarda koʻplab yolgʻiz insonlar bor, ular xohlaydigan yagona narsa –
hamsuhbat, hamroh. Ular senga muhtoj
– yolgʻiz qariyalar bilan karta oʻynash orqali oʻz-
oʻzingni hurmat qila boshlaysan. Hayot mazmunini topish haqida nima deganim esingdami?
Men uni y
ozib qoʻygandim, lekin hozir yoddan aytib bera olaman: Oʻzingni boshqalarga mehr
ulashishga bagʻishla, oʻzingni atrofingdagi insonlarga bagʻishla, hayotingga maqsad va
mazmun taqdim etuvchi nimadir yaratishga oʻzingni baxshida et. Sezdingmi, – qoʻshimcha
qildi
u jilmayib,
– maosh haqida hech narsa tilga olinmadi.
Morrining baʼzi gaplarini sariq yon daftarchamga yozib borardim. U nigohimdan nimalar
haqida oʻylayotganimni, oliygohni bitirganimdan beri hayotimning katta qismini aynan u
tanqid qilayotgan narsalar
– kattaroq oʻyinchoqlar, hashamdorroq uylar ortidan quvib
oʻtkazganimni bilib qolmasligi uchun ham yozish bilan mashgʻul boʻldim. Boy va mashhur
sportchilar orasida ishlaganim sababli ehtiyojlarim haqiqiy ekanligi, mening ochkoʻzligim
ularniki bilan sol
ishtirganda hech narsa emasligiga oʻzimni ishontirgandim.
Morri bir harakat bilan bularning bari xomxayol ekanini anglatib qoʻydi.
– Mich, agar sendan yuqorida turgan kishilarga oʻzingni koʻz-koʻz qilishga urinayotgan
boʻlsang, buni esingdan chiqar. Ular senga bari bir past nazar bilan qarashadi. Agar
oʻzingdan quyi odamlarga oʻzingni koʻz-koʻz qilishga urinayotgan boʻlsang, buni ham
esingdan chiqar. Ular senga faqat hasad qilishadi. Mansab hech narsani oʻzgartirmaydi.
Faqatgina ochiqkoʻngillik seni boshqa istalgan kishi bilan tenglashtirishga qodir.
U
bir oz tin oldi, keyin menga qaradi:
– Men oʻlyapman, toʻgʻrimi?
– Ha.
– Nima deb oʻylaysan, nega boshqalarning muammolarini tinglash men uchun shunchalik
muhim? Oʻzimning dardim, ogʻriqlarim kammi menga? Albatta, yetarli. Lekin kimgadir
nimadir berish orqali tirikligimni his qilib turaman. Mashinam yoki uyimni emas. Koʻzgudagi
aksimni ham emas. Vaqtimni berib, hozirgina gʻamga botib turgan kishini tabassum
qildirishga muvaffaq boʻlganimda, oʻzimni xuddi sogʻlom kishidek his qilaman. Qalbing
buyurgan ishlarni qil. Shunday qilsang, qoniqmaslik hissini tuymaysan, hasad qilmaysan,
67
boshqalarda bor narsalarga ega boʻlish ishtiyoqida kuymaysan. Aksincha, qilgan ishlaring
natijasidan huzurlanasan.
U yoʻtaldi va kursisida turgan kichik qoʻngʻiroqchaga qoʻl uzatdi. Bir necha bor uni qoʻliga
olishga urindi, uddasidan chiqa olmadi; nihoyat, men uni olib, Morrining kaftiga qoʻydim.
– Rahmat, – deb shivirladi u. Konnini chaqirish uchun qoʻngʻiroqni holsizgina siltadi. – Anavi
yigit, Ted Turner, qabr toshiga yozdirish uchun boshqa narsa oʻylab topa olmabdimi? – dedi
Morri.
Do'stlaringiz bilan baham: