40
Ogʻir oilaviy sharoitga qaramasdan, Morri odamlarga mehr berish va oʻzgalar haqida
qaygʻurishga oʻrgatilgandi. Va ilm olishga ham. Ivani faqat aʼlo baholar qoniqtirardi, chunki u
taʼlimni qashshoqlikdan qutulishning yagona chorasi deb bilardi. Uning oʻzi ham ingliz tilini
yaxshiroq oʻrganish uchun tungi maktabga qatnardi. Ivaning mehnatlari tufayli Morri bilimga
chanqoq boʻlib oʻsdi.
U t
unlari oshxona stolida, chiroq yorugʻida dars qilardi. Ertalablari esa onasi uchun
marhumlar haqqiga oʻqiladigan duo – Izkor aytgani sinagogaga qatnardi. Qanchalik ishonish
qiyin boʻlmasin, otasi unga marhuma onasini tilga olishni taqiqlab qoʻygandi. Charli yosh
Devidning Ivani oʻz onasidek koʻrishini xohlardi.
Morri uchun bu oʻta ogʻir yuk edi. Yillar davomida onasidan qolgan yagona yodgorlik uning
oʻlimi haqidagi telegramma edi. U telegrammani kelgan kuniyoq yashirib qoʻygandi.
Morri uni butun umr yonida saqladi.
Morri oʻsmirlik yoshiga yetganda, otasi uni oʻzi ishlaydigan moʻyna fabrikasiga olib bordi.
Buyuk iqtisodiy inqiroz yillari edi. Otasi Morriga ish topib berish maqsadida yurardi.
U fabrikaga qadam qoʻyishi bilan devorlar uni toʻrt tomondan qurshab olgandek boʻldi. Xona
qorongʻi va issiq, deraza oynalari kirlanib yotar, bir-biriga tiqib oʻrnatilgan mashinalar poyezd
gʻildiraklaridek taraqlab ishlardi. Havoda uchib yurgan moʻyna tolalari nafas olishni
ogʻirlashtirar, ishchilar igna ustida bukchaygancha moʻyna boʻlaklarini bir-biriga yoʻrmalab
ulashar, xoʻjayin esa qatorma-qator yurib, ularni tezroq ishlashga chaqirardi. Morri zoʻrgʻa
nafas olardi. U otasining yonida yuragini hovuchlab turar, xoʻjayin unga ham baqirib qolishi
mumkinligidan dahshatga tushardi.
Tushlik payti otasi Morrini xoʻjayinning oldiga olib bordi. Bolani oldinga itarib, unga biror ish
topilarmikan deb soʻradi. Ammo kattalarga ham deyarli ish yoʻq edi, bor ishchilar esa
fabrikani tark etish niyatida emasdi.
Shu holat Morriga najot bo
ʻldi. U bu jirkanch joyni tezroq tark etishni xohlardi. Morri shu onda
oʻzicha qasam ichdi va umrining oxirigacha unga sodiq qoldi: u hech qachon insonlar
ekspluatatsiya qilinadigan ishda ishlamaydi va boshqalarning peshona teri evaziga pul
topmaydi.
– Kim boʻlmoqchisan unda? — soʻrardi Iva.
– Bilmadim, — javob qaytarardi Morri. U huquqshunoslikni roʻyxatdan oʻchirib tashlagandi,
chunki huquqshunoslarni yomon koʻrardi. Shuningdek, tibbiyotni ham roʻyxatdan chiqarishga
toʻgʻri keldi, chunki qondan qoʻrqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: