KO‘PLIK QO‘SHIMCHASI USLUBIYATI
Topshiriq. Berilgan gaplarda ko‘plik shakllarining qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang.1. Sevguchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‘zal hikoya asrlar bo‘yi yashab kelmoqda.(Hamid Olimjon) 2. Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik. (O‘. Umarbekov) 3. Qizlar o‘zlari yasagan katta ipak koptokni Gulshanga berdilar. (Abdulla Qodiriy)4. Gulshanlar kirgan hovli «qirq qizlar» deb atalar edi. (Abdulla Qodiriy)
Ko‘plik qo‘shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’no sidan tashqari turli qo‘shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko‘rsatilgan holatlarda bu qo‘shimchaning qo‘llanishi uslubiy xato sanaladi. Masalan, o‘nta kitob lartarzidagi birikmada odatdagi ko‘plikni ifodalovchi -lar qo‘shimchasi noto‘g‘ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‘g‘risi o‘nta kitobbo‘lishi kerak.Ko‘plik qo‘shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslub larda hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish-ta’kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Masalan: Dadam keldilar(hurmat); Yigitcha «botir» bo‘lib keldilar(kinoya); Bolalar quvonchlarga to‘ldi(kuchaytirish); Alpomishlar maydonga tushdi(umumlashtirish) kabi.
46-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi ko‘plik qo‘shim chalarining uslubiy vazifalarini ayting.
1. Do‘stlarimga Ra’noning bu gapi chunonam go‘zal dastak bo‘ldiki, o‘zlarini qushdek yengil sezganlaridan ochilib-sochilib, avvalgiday bordi-keldini avjlantirib yubordilar. (Komil Avaz)2. Nomard ekan, chaldi bog‘lab qo‘llarim, Qiyo boqmay ko‘z yosh tomgan yuzimga. (Hamza) 3. Ham yana Erhubbi bo‘ladur tag‘o, Ammamizning erlaridurNurato (Muqimiy) 4. Qizlar majlisi – gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilarmajlisi! (Abdulla Qodiriy)5. Yosh oybeklarbayrog‘in ko‘taraylik ba landga. qari turli qo‘shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifoda- (A. Oripov) 6. Egila berib-egila berib, bellarimog‘rib ketdi, kapitan uka.(Tog‘ay Murod) 7. Opa, akamlargabir bog‘ni ko‘rsatib chiqaman, maylimi? (O‘. Umarbekov)
47-mashq. Ko‘plik qo‘shimchasining grammatik ko‘plik va uslubiy vazifa bajarib kelgan o‘rinlarni aniqlang. 1. Bakovul ularning belbog‘larini boshqatdan boylab, omin deb fotiha berdi. (Said Ahmad)2. Omon bo‘lsak, hademay Samarqand-u Farg‘onalarga ham borib qolgaymiz! (P. Qodi rov) 3. Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan bir tup o‘rik tagidan burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. (O‘. Hoshimov)4. Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen. (Iqbol Mirzo)5. Biz Kosonsoyda ular bilan so‘zlashdik. Maqsadlari urishish emas.(P. Qo dirov)6. Agar shartimizni qabul qilsalar, yolg‘iz bolamiz ikki bo‘lib – ayni bizning muddaomiz; yo‘q, qabul qilmasalar, ul vaqtda ginalari o‘zlaridan bo‘lsin, mana bu maslahatga nima deysan, xotin? (Abdulla Qodiriy)7. Bir yerda muqim hayot kechirish bilan tinimsiz darbadarlik o‘rtasida qanchalar farq bor? – dedi mehmon. (Isajon Sulton)
48-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi ko‘plik shaklini tushi rib ko‘ring va yuz bergan ma’noviy o‘zgarishlarni izohlang. 1. U ellik yoshlarni qoralab qolgan, yuzlaridabitta ham ajini yo‘q, ko‘hlik ayol edi. (Said Ahmad)2. O‘shanda ham, bu vagonda qayoqlarga ketayotganini emas, o‘sha Ko mil ni o‘ylardi. (Asqad Muxtor)3. So‘ fi jim qoldi. Hatto ko‘z lariga yosh kelganday bo‘ldi. (Cho‘lpon)4. Yig‘layberdi. Sovun yuqi qo‘llari bilan yuzlarimni, boshlarimnisilab yig‘ladi. (E. Vo hidov) 5. Boshlaridaulug‘vor shovullab daraxtlar man gu qo‘shiqlarini baralla aytar, oyoqlariostida endi-endi to‘ki lib, yer yuzini hali qoplab ulgurmagan xazonlar mayin shitirlar, quloqlaritagida sarin shaboda esib turar, yosh va baquvvat vujudlarisharobning yengil kayfidan mastona tebranib borardilar... (Ulug‘bek Hamdam)6. Sen madorsizlanib qolgan oyoqlaringnizo‘rg‘a ko‘tarib, hovli eshigigacha bor ding. (Nazar Eshonqul)7. Har bir kunda bir buyuk mazmun, Quyosh to‘kar boshlaringga zar, Tojixonlartongi boshlangan Farg‘onadan Amuga qa-dar... (Hamid Olimjon)8. Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! (Cho‘lpon)
49-mashq. Biror badiiy asardan -lar qo‘shimchasining kesatiq, hurmat, umumlashtirish, gumon va ta’kidlash ma’nolarida qo‘llangan o‘rinlarni toping.Quyidagi so‘zlarning izohlarini esda saqlab qoling. Ularga ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shib ko‘ring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
KANIZ1Tutqun ayol; cho‘ri. 2 Xon, amir va boshqa hukmdorlar saroyidagi xizmatchi ayol. MUFTI(Y) Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi; fatvo beruvchi lavozimli ulamo. RABOT 1Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3Shahardan chetroqdagi turarjoy. SUYURG‘OL Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yersuv, mol-mulk. QIBLAGOH1Qibla tomon, qibla. 2O‘ta hurmatga loyiq kishi (masalan, ota) va unga murojaat shakli. QURULTOY1 Mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimdan mav jud bo‘lgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi.2 O‘zbekistonda hozir: biror soha vakillari ishtirokidagi respublika miqyosida o‘tkaziladigan katta yig‘ilish.1. O‘zbek tilida birdan ortiqlik qay tarzda ifodalanadi?2. Ko‘plik shakli qanday uslubiy ma’nolarni ifodalaydi?3. Yuz, ko‘z, qo‘lkabi so‘zlarga -larqo‘shimchasi qo‘shilganda, qanday uslubiy ma’no ifodalanadi?4. Aniq miqdorni ifodalovchi sonlardan keyin ko‘plik shaklini qo‘llash mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |