Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'G'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida



Download 182,5 Kb.
bet3/3
Sana28.06.2017
Hajmi182,5 Kb.
#18624
1   2   3

Zaruriyat bo'lganda, maxsus komissiya majlisiga vakolatli davlat organlari, shuningdek bitimlarni sodir etishga rozilik olish uchun murojaat qilgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning vakillari taklif etilishi mumkin.

15. Ariza maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqilishi uchun monopoliyaga qarshi organning mas'ul shaxsi taqdim etilgan materiallarni ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligi yuzasidan o'rganib chiqadi, so'ngra ularni maxsus komissiyaga kiritadi.

16. Maxsus komissiya taqdim etilgan materiallarni o'n kalendarь kun mobaynida ko'rib chiqadi va ushbu Nizomga 3-ilovagamuvofiq shakl bo'yicha tabiiy monopoliyalar sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

17. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to'g'risidagi qaror ikki nusxada maxsus komissiyaning raisi va a'zolari tomonidan imzolanadi va monopoliyaga qarshi organning gerbli muhri bilan taqdirlanadi.

Maxsus komissiyaning ko'rib chiqishi natijalari bo'yicha qabul qilingan qarori ariza beruvchiga qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay yuboriladi.

18. Monopoliyaga qarshi organ, agar:

ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to'liq bo'lmagan hajmda taqdim etilganda;

tabiiy monopoliya sub'ekti ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq bo'lmaganda;

taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma'lumotlar mavjud bo'lganda bitimlarni sodir etishga rozilik berishni rad etishga haqlidir.

Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari bo'yicha bitimlarni sodir etishga rozilik berishning rad etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Rad etish to'g'risidagi qarorda rad etishning sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalariga (mavjud bo'lganda) muvofiq emaslik va tabiiy monopoliya sub'ekti ko'rsatib o'tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatiladi. Tabiiy monopoliya sub'ekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo'lgan muddat bitimlarni sodir etishga rozilik berishni rad etish to'g'risida xat olingan kundan boshlab o'n ish kunidan kam bo'lishi mumkin emas.

Tabiiy monopoliya sub'ekti tomonidan bitimlarni sodir etishga rozilik berishni rad etish uchun asos bo'lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko'rib chiqish va monopoliyaga qarshi organ tomonidan qaror qabul qilish rad etish sabablari bartaraf etilganligi to'g'risida tabiiy monopoliya sub'ektining arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o'n ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni takroran ko'rib chiqishda monopoliyaga qarshi organ tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi fikr-mulohazalar ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi, ilgari ko'rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bog'liq rad etish sabablarining ko'rsatilishi bundan mustasno.

Rad etish to'g'risidagi xatda ko'rsatilgan muddat tamom bo'lgandan keyin tabiiy monopoliya sub'ekti tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va monopoliyaga qarshi organ tomonidan umumiy asoslarda ko'rib chiqiladi.

19. Ariza beruvchi bitimlarni sodir etishga rozilik berish (berishni rad etish) to'g'risida monopoliyaga qarshi organning qaroridan norozi bo'lgan taqdirda sudga murojaat qilishga haqlidir.

20. Agar monopoliyaga qarshi organ tomonidan arizani ko'rib chiqish muddati mobaynida bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilinmasa, u holda ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan muddat tugagandan keyin tabiiy monopoliya sub'ektlari bitimni sodir etish, bu haqda monopoliyaga qarshi organni yozma ravishda xabardor qilish huquqiga egadir.

21. Ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan holatda monopoliyaga qarshi organ tabiiy monopoliya sub'ektining yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risida qaror qabul qilishga majbur. Monopoliyaga qarshi organning qarori olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlar ro'yxati ular qabul qilinganligi sanasi to'g'risidagi belgi va tabiiy monopoliya sub'ekti tomonidan yuborilgan yozma xabarnoma bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risidagi qarorga tenglashtiriladi.

22. Bitim uni sodir etishga rozilik to'g'risidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida sodir etilishi kerak. Agar bitim ko'rsatib o'tilgan muddatda sodir etilmagan bo'lsa monopoliyaga qarshi organning qarori o'z kuchini yo'qotadi.

23. Bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tabiiy monopoliya sharoitlarida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining monopoliyaga qarshi organga taqdim etiladigan hisobot ko'rsatkichlarini tahlil etish yo'li bilan amalga oshiriladi.

V. Arizani ko'rib chiqish va bitimni sodir etishga rozilik berish yoki rad etish to'g'risidagi qarorni to'xtatib turish, to'xtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish

24. Arizani ko'rib chiqish va bitimni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to'g'risidagi qarorni to'xtatib turish, to'xtatish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22 — 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

25. Agar bitimlar sodir etilguniga qadar tabiiy monopoliya sub'ekti tomonidan qayta o'zgartirish, nomini yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) o'zgartirish amalga oshirilgan taqdirda tabiiy monopoliya sub'ekti xo'jalik yurituvchi sub'ekt qayta ro'yxatdan o'tkazilgan sanadan boshlab etti ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risidagi qarorni qayta rasmiylashtirish haqida ariza berishi, ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart.

26. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risida monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi qarori yo'qolgan yoki yaroqsiz bo'lib qolgan taqdirda tabiiy monopoliya sub'ektining arizasiga ko'ra uning dublikati beriladi.

Maxsus komissiya qarorining dublikati maxsus komissiyaning qarori yaroqsiz bo'lib qolgan hollarda — ariza va maxsus komissiya qarorining asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda beriladi.

VI. Ruxsat berish tusidagi berilgan hujjatlar reestri

27. Monopoliyaga qarshi organ bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risida berilgan qarorlar reestrini yuritadi va ularni monopoliyaga qarshi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

28. Berilgan qarorlar reestrida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi:

bitimni sodir etgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning nomi;

bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risida qabul qilingan qarorning berilgan sanasi va tartib raqami;

bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risidagi qaror dublikatini berishning asosi va sanasi.

VII. Bitimlarni sodir etish tartibining buzilishi

29. Monopoliyaga qarshi organning roziligini olmasdan bitimlar sodir etilishi holatlari aniqlanganda tabiiy monopoliya sub'ektlariga yoxud bitimlarning tashabbuskorlari hisoblangan yuqori tashkilotga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga (ularning mansabdor shaxslariga) nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida ish qo'zg'atiladi, ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

30. Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi.

Maxsus komissiya ishni mazmunan ko'rib chiqish natijalari bo'yicha quyidagi qarorlardan birini:

bitimni haqiqiy emas deb hisoblash to'g'risida xo'jalik sudiga da'vo arizasi berish to'g'risidagi qarorni;

bitimlarni saqlab qolish to'g'risidagi qarorni qabul qiladi.

31. Monopoliyaga qarshi organning roziligisiz bitimlar sodir etilganligi uchun maxsus komissiya, ushbu Nizomning 30-bandigamuvofiq qabul qilingan qarordan qat'i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq ma'lumotlar taqdim etilmaganligi uchun ularga nisbatan ish qo'zg'atilgan shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risida qaror qabul qiladi.

32. Monopoliyaga qarshi organning qo'zg'atilgan ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qabul qilgan qarori va yozma ko'rsatmasi o'ziga nisbatan ish qo'zg'atilgan shaxslarga hamda manfaatdor tomonlarga u qabul qilingan kundan boshlab besh kundan kechikmay yuboriladi va unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

33. Bitimlarni sodir etish davomida tabiiy monopoliyalar sub'ektlari tomonidan qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda monopoliyaga qarshi organ sodir etilgan bitimni haqiqiy emas deb hisoblash to'g'risidagi da'vo arizasi bilan xo'jalik sudiga murojaat qilishga haqli.

34. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar monopoliyaga qarshi organning qaroridan (yozma ko'rsatmasidan) norozi bo'lgan taqdirda qarorni to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash to'g'risidagi ariza bilan sudga yoxud qarorni (yozma ko'rsatmani) bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan Qo'mitaga murojaat qilishga haqli.

VIII. Yakunlovchi qoidalar

35. Tabiiy monopoliya sub'ektlari ma'lumotlar monopoliyaga qarshi organga taqdim etilmaganligi yoki o'z vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek bitimlar sodir etilishi to'g'risida ishonchsiz yoxud yolg'on ma'lumotlar taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomga 


1-ILOVA

Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishiga rozilik berish

SXEMASI

Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomga


2-ILOVA

20___ yil «___» __________

‎_____-son


O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan
‎chiqarish va raqobatni
‎rivojlantirish davlat qo'mitasi
‎(Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining hududiy bo'linmasi)

















Tabiiy monopoliya sub'ekti tomonidan asosiy vositalarni sotib olish,
‎ (berish) bo'yicha bitimlar sodir etilishiga rozilik olish uchun

ARIZA









‎‎____________________________________________________________da joylashgan

‎‎(joylashgan joyi (pochta manzili)



‎‎_______________________________________________________________

‎‎(xo'jalik yurituvchi sub'ektining to'liq nomi)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi to'g'risidaginizomga muvofiq ___________________________________
‎_______________________________________________________________

(nazarda tutilayotgan xatti-harakat nomi)



‎tarzidagi asosiy vositalarni sotib olish (berish) bo'yicha bitimlarni sodir etishga rozilik berishni so'raydi.

















Ilovalar:‎







1. __________‎







2. __________‎







…‎















‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi

‎M.O'.

Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomga 
3-ILOVA

‎‎O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri

























‎‎O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASNTIRISN, MONOPOLIYADAN CNIQARISN VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISN DAVLAT QO’MITASI

























‎‎_____________________________________________

‎‎(mo'ljallanayotgan xatti-harakatning nomi)

bo'yicha bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risida
‎Q A R O R

= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =

























__________________‎‎

№____________

___________________ sh.

‎‎(ko'rib chiqilgan sana)‎









‎‎(ko'rib chiqilgan joy)‎

























‎‎O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining Maxsus komissiyasi ________________________















‎‎‎‎(komissiyaning nomi)

‎‎________________________________________________________________ tarkibda,

‎‎(lavozimlar ko'rsatilgan holda komissiya raisi va a'zolarining F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________________ga

‎‎(xatti-harakatning nomi va ko'rsatib o'tilgan xatti-harakatni amalga oshiruvchi
‎ yuridik shaxslarning nomi)

‎‎monopoliyaga qarshi organning roziligini berish masalasi bo'yicha ___________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqib,

‎‎(ariza tushgan sana)













«Tabiiy monopoliyalar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq

‎‎ANIQLADI:

‎‎_______________________________________________________________

‎‎_______________________________________________________________

‎‎_______________________________________________________________

(hujjatlarni ko'rib chiqishda aniqlangan ishning holati bayon qilinadi)

Yuqorida bayon qilinganlarni hisobga olib va Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomning 14-moddasiga (30-modda) amal qilib, Komissiya

‎‎QAROR QILDI:

‎‎______________________________________________________________________*

‎‎(xatti-harakatning nomi)

bo'yicha bitishuvlarni sodir etishga rozilik berilsin (rad etilsin).‎



























‎‎Maxsus komissiyaning raisi ‎

____________ ‎‎

_________________ ‎‎











(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

‎‎Komissiya a'zolari:



____________

_________________ ‎‎











(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

* Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomning 22-bandiga muvofiq ushbu qarorda nazarda tutilgan xatti-harakat qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida sodir etilishi kerak. Xatti-harakat ko'rsatilgan muddatda sodir etilmagan taqdirda qaror o'z kuchini yo'qotadi.
Download 182,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish