Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom ettirish.
Bolalarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'kishga o'rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, suratdagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga. o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o'rgatishni davom ettirish. Bolalar mustakil hikoya tuzayotganlarida og'zaki Nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.
Ijodiy hikoya qilish: tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu bo'yicha vokeani izchil davom ettirib, tugal mazmunli hikoya tuzish ko'nikmalarini mustahkamlash, vokea sodir bo'lgan joy, vakt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, kahramonlarning ruhiy kechinmalarini ko'rsatishlariga ahamiyat berish: „Gul bayrami'', „Navro'z", „Onamlarning bayrami'', „Bahor keldi", „Men kushlarga don berdirn", „Men onamga yordamchi", „Tomorkada", „Mening mushugim", „Metroda", „Avtobusda",
„Trolleybusda", „Ko'chada", „Bozorda", „Do'konda", „Arkon o'ynadik", „Kuvlashmachok", „Bekinmachok", „Mehmon- mehmon" mavzularida hikoya o'ylab topishga undash.
Mustakil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning xatti-harakatlarini baholashlariga ham diqqatni karatish va o'rgatib borish.
Mustakil tanlangan mavzu bo'yicha hikoya tuzishda vokealarning izchilligiga, tugal mantikka ega bo'lishiga, tasviriy ifoda vositalaridan o'rinli foydalanishlariga ahamiyat berish.
Monolog Nutqini o'stirishning yukoridagi dastur vazifalari va mazmuniga ko'ra bog'chaning o'rta guruhidagi bolalar hikoya qilib berishning kuyidagi turlarini egallashlari lozim:
Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
Mashg'ulotlarda birinchi marta o'kib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.
Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'yinchoklar, o'simliklar, kiyimlar, idishtovoklar, mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
Vokeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.
Katta guruh dasturida hikoya qilishning kuyidagi turlari bayon etilgan:
Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish.
Narsa-buyumlar: o'yinchoklar, o'simliklar. kiyim- kechaklar, idish-tovoklar, mebellar va hokazolar hakida hikoyalar, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni tuzish.
Rasmlar bo'yicha tasviriy va vokeaviy hikoya tuzish.
Xotiradan o'z shaxsiy tajribasida kuzatgan vokea va hodisalami, narsalarni, bog'chada va uyda nimalar kilganini, guruhda va uyda bo'lib o'tgan eng qiziqarli vokealar hakida hikoya qilib berish.
Ta’limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: „Ko'g'irchok, o'yinchokni top",
„Ko'g'irchok, menda kanaka gul bor", „Ko'g'irchok, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", „Ko'g'irchok, ko'limdagi suratlar kaysi ertakdan olinganini top- chi?" va boshkalar.
Ijodiy hikoya qilishga, tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak va hikoyani oxiriga yetkazish, tarbiyachi taklif etgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'kish, berilgan 3 — 4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'kishga o'rgatish.
Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bo'lishi kerak.
Qayta hikoya qilish mashg'ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish kobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatish ularga tanish bo'lgan ertaklarni („Bo'g'irsok", „Sholg'oirT, „Bo'ri bilan echki“, „Ochko'z it") takrorlashdan boshlanadi. Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda kuyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita so'zni yoki to'lik gapni takrorlaydilar:
— Choi bilan kanipir...
— Yashashar ekan.
— Bir kuni chol...
— Sholg'om ekibdi.
So'ngra bolalar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o'rgana boshlaydilar. Savollar vokealar ketma-ketligini belgilashga, ishtirok etuvchilarning nomini aytishga karatilgan bo'ladi:
— Bo'g'ircok kimni uchratdi?
— Kuyonni.
Agar bola ertakning boshlanishini yaxshi eslab kolgan bo'lsa, u holda uni mustakil hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida bola kiynalsa, tarbiyachi yordamlashadi, ya’ni matnni esiga tushirishdan foydalaniladi, bu ertak mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |