Monologik nutqini shakllantirishning nazariy asoslari Reja



Download 20,16 Kb.
bet1/6
Sana09.04.2022
Hajmi20,16 Kb.
#538840
  1   2   3   4   5   6

. Monologik nutqini shakllantirishning nazariy asoslari
Reja:

  1. Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari.

  2. Monologik nutqni shakllantirish usullari.

  3. Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va vazifalari

  4. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg’ulotlar

Моnologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi. Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, ohiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi. Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli– bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi. Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi. Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
2. Monologik nutqni shakllantirish usullari. Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim. Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim. Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar – bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur. Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur. Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fikrni so‘zlarda izchil, ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi. Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrofmuhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez ortishiga olib keladi.

Download 20,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish