Tana va yarim tana holatidagi go‘shtlarni kameralardagi osma yo‘llarda osib
jihozlangan. Mollar go‘shti tana, yarim tana yoki chorak tana holatida, qo‘y va
cho‘chqa go‘shtlari tana va yarim tana holatida sovitiladi. Osma yo‘llarning ilgaklariga
23
bir qavatga 10 ta qo‘y tanasi joylashtiriladi.
Har bir osma yo‘lga iloji boricha bir xil kategoriyali va o‘rtaga bir xil vazndagi
mol tanalari joylashtiriladi. Katta mol tanalarini kameraning shamol harakati tezroq va
eng sovuq zonalariga (joylariga) olib qo‘yadilar.
Osma yo‘lning har bir metriga 2-3 ta mol yarim tanasi, 4 ta cho‘chqa yarim
tanasi yoki qo‘y tanasi osilgan ramalar joylashtiriladi. Osma yo‘lning har bir metriga
200 kg mol, 250 kg qo‘y va cho‘chqa go‘shti og‘irligi to‘g‘ri keladi.
Go‘sht qanchalik tez sovitilsa, vazn kamayashi shuncha oz bo‘ladi. masalan,
mol go‘shtini 24 soat davomida sovitilsa vazni 1, 08% kamayadi, 48 soat sovitilanda 1,
30% va 72 soat sovitganda 1, 40% kamayishi aniqlangan.
Tez sovitishning afzallik tomoni yana shundaki, go‘shtning sanitar holati
yaxshi saqlanadi; chunki tez sovitish katijasida mikroorganizmalar ko‘payishi
to‘xtatiladi, yangi so‘yilgan go‘shtning rangi va uning yog‘ining oq rangi saqlanadi;
sovitish muddati kamayadi.
Go‘sht tanalarini, go‘shtga birlamchi ishlov berish sexlari bilan bog‘langan
konveerlarda sovitiladi.
Sovtish jarayonini tezlashtirish maqsadida sovitish boshlanishida haroratni –
5
0
S va undan ham past tushirish bilan birga kameradagi havo harakati tezligi oshiriladi.
Bu usul bosqichma-bosqich sovitish asosi bo‘lib, bunda sovitish boshlanishida jarayon
tezlashtiriladi, keyin sovitish harorati va havo harakati tezligi kamaytiriladi. Natijada,
tana va yarim tananing butun hajmida go‘shtning harorati bir xil bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda yangi so‘yilgan mol go‘shtini maxsus jihozlangan kamera yoki
tunellarda bir bosqichli yoki ikki bosqichli usulda sovitish jarayoni qo‘llanilayapti.
Bir bosqichli sovitish usulida go‘shtni sovtish kameralarida 4
0
S gacha
sovitiladi. Ikki bosqichli usulda sovitish kameralarida go‘shtni ichki qavatlarida
10
20
0
S gacha va yuzasida - 1
0
S gacha sovitiladi. Ikkinchi bosqichda sovitish
kameralarida go‘shtni – 1dan – 1, 5
0
S gacha sovitiladi. Natijada yarim tana
go‘shtlarning butun hajmida harorat 4
0
S gacha bo‘ladi.
Go‘shtni 4 – 7 soat davomida o‘ta tez usul bilan sovitganda, go‘shtni qurishi
natijasida vazn yo‘qolishi 4 – 50% ga kamayadi, ishlab chiqarish maydonlari 2 – 3
barobar qisqaradi, texnologik ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Sovitish jarayonini go‘shtni
birlamchi ishlov berish kameralari bilan bog‘langan konveerlarda o‘tkazish mumkin.
O‘ta tez sovitishning asosisy sharti, sovitadigan havoni ratsional tarqatish
hisoblanadi. buni amalga oshirish uchun sovuq havo oqimini yuqoridan vertikal
ravishda yo‘naltirish kerak.
Osma yo‘llarga osilgan go‘sht yarim tanalari maxsus metall havo o‘tkazgich
trubalarga o‘rnashtirilgan soplo (tuynuk) dan yuqoridan pastga qarab yo‘naltiriladi.
Havo oqimini soplodan chiqib, atrofdagi havoni so‘rishi natijasida yoyiladi. Havo
oqimi katta tezlik bilan yarim tananing biqin tomonini va biroz sekinlashib keyin
lopatka oldingi oyoq qisimini sovitadi.
Havo uzatgich qurilmasi osma yo‘l tepasida yoki o‘rtasida joylashgan havo
o‘tkazgich trubalardan va unga o‘rnatilgan saplo va ventelyatordan iborat. Havo,
batareyalar yoki havo sovitgichlar yordamida sovitiladi.
Kameralardagi havo ventelyator yordamida so‘riladi va havo o‘tkazuvchanlar
24
soplosi orqali yuqoridan pastga go‘sht yarim tanalariga yo‘naltiriladi.
Havo bilan sovitishda havo sovitgichlar, havo o‘tkazuvchanlar va soplosi va
ventelyatorlar ostida qovurg‘ali yoki tekis yuza shaklidagi sovituvchi zmeeviklar
o‘rnatilishi mumkin. banda sovuq havo kameradan ventelyator yoradmida sovituvchi
zmeeviklarga va undan go‘sht yarim tanalariga yo‘naltiriladi.
Soviqlik bilan ishlov berish uchun keltirilgan sub mahsulotlari, mollarning turi
va sub mahsulotlarning xiliga qarab alohida protivenlarga joylashtiriladi.
Protivenlarni osma etajerkalarga yoki g‘ildirakli telejkalarga joylashtirib, osma
yo‘llar bilan yoki ko‘p yarusli (qavatli) statsionar stellajlar bilan jihozlangan sovitish
xonalariga keltiriladi.
Sub mahsulotlari ichki qavatida 4
0
S bo‘lguncha sovitiladi. Sovitish
kamerasining haroratini + 2
0
S
- 1
0
S da, nisbiy namligini – 90% da saqlaydilar.
Sovitilgan sub mahsulotlari sotuvga, qayta ishlov berishga yoki muzlatishga
jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: