Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishning mazmuni va mohiyati



Download 9,79 Mb.
bet319/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

16.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishning mazmuni va mohiyati
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanishi uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omili sifatida qaraladi. Chunki, mamlakatning rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan fan va ishlab chiqarish, mehnat taqsimoti yuzasidan iqtisodiy aloqalari bevosita tashqi iqtisodiy faoliyatni yuzaga keltiradi. Shu boisdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga qaratilgan davlat dasturini tuzib chiqish hamda bu borada qator iqtisodiy, huquqiy negizlarni belgilash muhim hisoblanadi. Chunki, faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada, hamkorlikda bo‘lish, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish hamda unda muqim o‘rin egallashning shartlarini belgilab olishga imkoniyat yaratadi. Shu o‘rinda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining quyidagi shakllarini belgilash mumkin:

  • Savdo (mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasi).

  • Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar.

Oxirgi yillarda mamlakatimizni rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini ijobiy baholash mumkin.
Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la iqtisodiy asosga ega. Lekin iqtisodiy asoslar maqsadli va kelajakni ko‘zlab foydalanilayotgani yo‘q. Chunki, mamlakatda tashkil etilgan ayrim qo‘shma korxonalar to‘la quvvatda ishlamayotganligi natijasida iqtisodiy, jumladan: moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan foydalanish imkoniyatlari boy berilmoqda.
Bizning fikrimizcha, qo‘shma va hamkorlikdagi xo‘jalik yuritish subyektlari faoliyatni yo‘lga qo‘yishda mamlakat to‘la moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga ega. Respublika har qanday foydali va maqsadli loyihani moliyalashtirish imkoniyati mavjud.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili iqtisodiy tahlilning muhim bo‘limi sifatida alohida o‘rganiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tahlilni avvalo, boshqaruvning va harakatning muhim sharti sifatida o‘tkazamiz. Tahlil etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy shakllari, mahsulot ish va xizmatlar eksporti va importi o‘zgarishlari, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, tovarlar eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar o‘zgarishiga baho berish, foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxona tashqi savdo aylanmasini o‘stirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik loyihalarini tuzib chiqish va yo‘lga qo‘yish, korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga qisqacha tashxis qo‘yish va sharhlar berish tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi.
Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi.

  1. Eksport hajmi.

  2. Import hajmi.

Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport hajmining tarkibiga qaratiladi.
Eksport hajmi va uning o‘zgarishini omilli tahlil etish tahlilning muhim qatori sifatida qaraladi. Bunda eksport hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi.
Miqdor omil sifatida miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan ko‘rsatkich olinadi. Sifat omili sifatida korxonaning muhim iqtisodiy samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi.
Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahliliga baho beriladi.
Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import qilingan tovarlar miqdoriy hajmining, hamda import qilingan tovarlar bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin.
Kreditga olingan tovarlar va ularning yalpi import hajmidagi salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish