Jami:
|
-
|
3654697
|
100,0
|
2927038
|
100,0
|
Opretsion faoliyatning sof pul kirimi yoki
chiqimi
|
050
|
727659
|
19,91
|
-
|
-
|
Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida, xo‘jalik (operatsion) faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi 727659 ming so‘mni tashkil qilgan. Korxonada jami kirim 3654697 ming so‘mni tashkil qilib, uning 96,12 foizi mahsulotlarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari hisobiga, qolgan 3,88 foizi esa operatsion faoliyatning boshqa pulli tushumlari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Korxonaning xo‘jalik faoliyatidagi jami sarflar esa 2927038 ming so‘mni tashkil qilib, uning 78,48 foizi mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari, 9,13 foizi xodimlarga to‘langan pul mablag‘lari hisobiga, qolgan 12,39 foizi operatsion faoliyatning boshqa pulli to‘lovlari uchun sarf qilingan. Korxonada pul mablag‘larining xo‘jalik (operatsion) faoliyatidagi sof kirim natijasi 727659 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich umumiy tushumning 19,91 % ini tashkil qilgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy deb baholash lozim.
13.4. Investitsiya, moliyaviy va soliq to‘lashlardagi pul oqimlari tahlili
Investitsiya faoliyati – korxona investitsiya faoliyatida nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish, uzoq muddatli moddiy aktivlar, ya’ni ko‘chmas mulk bo‘lmish bino, jihozlar va boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun yetkazib beruvchilarga to‘langan pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar chiqim ustunida aks ettiriladi.
Kirim ustunida esa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan tushgan tushum hisoblanadi. Korxonalar xarid qilingan uzoq va qisqa muddatli qo‘yilmalar moddasini chiqim ustunida vositalarga komission to‘lovlar va boshqa birjada to‘langan foizlarni hisobga olmagan holda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun to‘langan pul mablag‘larini ko‘rsatadilar. Kirim ustunida o‘zlik bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni, shu bilan birga bank va boshqa yuridik shaxslarning qisqa muddatli va uzoq muddatli ssuda va qarzlarini sotishdan kelgan tushum ko‘rsatiladi.
Odatda, korxonalar o‘z faoliyati davomida asosiy faoliyat bilan bir qatorda investitsiya faoliyati bilan hamda moliyaviy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Ushbu holatni biz quyidagi jadval ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqamiz.
Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik subyektining investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlaridan ko‘rilgan pul mablag‘larining harakatiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda bizning respublikamizdagi pul mablag‘lari harakatidagi o‘ziga xos jihatlari shundaki, bizning respublikamizda pul mablag‘larining asosiy qismi, ya’ni odatda 90-95 foizi xo‘jalik (operatsion) jarayonlariga to‘g‘ri keladi. Shu jihatdan ham mazkur jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rinib turibdiki, korxonaning mazkur faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari jami kirimi 1938 ming so‘mni tashkil qilgan xolos. Mazkur faoliyatlardan ko‘rilgan jami pul mablag‘lari chiqimi esa 727763 ming so‘mni tashkil etib, ularning hammasi asosan, to‘langan soliqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, korxonada investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlaridan sof pul oqimi 1834 ming so‘mni tashkil qilgan, ya’ni ushbu faoliyat natijalaridan so‘ng korxonadagi sof pul mablag‘larining kirimi birmuncha kamayganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan ko‘rinadiki, korxona ushbu faoliyatlar natijasida asosan pul mablag‘larining chiqimiga erishgan. Bunday natijalarni ijobiy hol deb baholab bo‘lmaydi.
124-jadval Investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlardagi pul mablag‘lari harakati tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |