Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan moliyaviy natijani hisoblang



Download 9,79 Mb.
bet230/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

10. Soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan moliyaviy natijani hisoblang:

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili

1. Mahsulot sotishdan olingan foyda, mln so‘m

300

240

2. Operatsion daromadlar

40

50

3. Moliyaviy faoliyatdan foyda

9

7

4. Favqulodda chiqimlar

26

32

Soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan moliyaviy natija

?

?

a) 323:260; b) 323:255; d) 343:265; e) 323:265.
11. Quyidagi ma’lumotlar asosida mahsulot realizatsiyasidan ko‘rilgan yalpi foyda miqdorini aniqlang:
(ming so‘m)

Ko‘rsatkichlar

Miqdori

1. Mahsulot realizatsiyasidan olingan tushum

106850

2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i

20113

3. Aksiz solig‘i

726

4. Boshqa soliqlar

168

5. Realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi

65196

a) 41654; b) 40760; d) 20815; e) 20647.
12. Bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda summasini aniqlang va tahlil qiling:

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+, –)

1. Sof foyda, ming so‘m

1200

1810

610

2. Muomaladagi oddiy aksiyalar soni

575

670

95

3. 1 ta aksiyaga to‘g‘ri keladigan bazaviy foyda, ming so‘m

?

?

?

a) 625; 1140; -515. b) 0,47; 0,7; -0,10.
d) 2,08; 2,70; 0,62. e) 690,0 1212,7; +522,7.
13. Sotilgan mahsulot rentabelligi qanday aniqlanadi?

  1. (mahsulotni sotishdan tushgan tushum x 100) / yalpi foyda;

  2. (sotishdan yalpi daromad x 100) / mahsulot sotishdan tushgan

tushum;

  1. (sotishdan yalpi foyda x 100) / mahsulot sotishdan tushgan sof

tushum;

  1. (mahsulotni sotishdan tushgan yalpi tushum x 100) / yalpi sarflar.

14. Sotishdan olingan yalpi foyda qanday topiladi?

  1. sotishdan olingan sof tushum, minus o‘zgaruvchan xarajatlar;

  2. sotishdan olingan sof tushum, minus o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar;

  1. sotishdan olingan sof tushum minus ishlab chiqarish tannarxi;

  2. sotishdan tushum, minus sotish hajmiga soliqlar (qo‘shilgan

qiymatga soliq, aksiz, reklama va boshqa sotishlar hajmiga soliqlar).
15. Sotishdan ko‘rilgan foydaga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  1. mahsulot sifati, sotish hajmi, mahsulot bahosi, ishlab chiqarish

hajmi;

  1. sotilgan mahsulot hajmi, mahsulot tannarxi, sotilgan mahsulot

tarkibidagi strukturaviy o‘zgarish;

  1. sotish hajmi, bozorning tuzilishi, mahsulotning raqobatga

bardoshligi, ishlab chiqarish hajmi;

  1. ishlab chiqarish maromiyligi, mahsulot sifati, mahsulot rentabelligi, sotilmay qolgan mahsulot hajmi.

XI BOB. DEBITORLIK VA KREDITORLIK
QARZLARI TAHLILI
11.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o‘rganishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Debitorlik qarzlaridan tushadigan mablag‘lar ishlab chiqaruvchi korxonaning asosiy pul mablag‘lari manbalaridan biri hisoblanadi. Xaridorlar majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasalar korxonada pul mablag‘lari defitsiti kelib chiqadi, joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga bo‘lgan ehtiyoji oshadi, moliyaviy holati yomonlashadi. Bu esa o‘z navbatida korxona va xaridorlar o‘rtasidagi hisob munosabatlarni o‘zgartirish, kredit va qarzlarni so‘ndirishga qaratilgan mos siyosatni ishlab chiqish kerakligini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari istalgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar nazorat qilish bo‘yicha asosiy e’tiborini faqatgina debirorlik qarzlariga emas, balki, kreditorlik qarzlariga ham qaratadi. Shuning uchun qarzlar harakati ustidan qo‘yiladigan nazoratning asosiy vazifalaridan biri debitorlik qarzlar darajasini kreditorlik qarzlari darajasigacha oshmaydigan hajmgacha kamaytirish hisoblanadi.
Debitorlik qarzlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi qarzlar kechikishiga va jarima solishgacha bo‘lgan holatga yo‘l qo‘ymay, o‘z vaqtida so‘ndirilishini ta’minlashi kerak.
Debitorlik qarzlari korxonada naqd pulning kamayib ketishiga olib keladi, bu o‘z navbatida ishlab chiqarish uzluksizligi buzilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun debitorlik qarzlari ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z vaqtida so‘ndirilmagan debitorlik qarzlari bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan jazo choralari yoki biror-bir javobgarlikka tortish boshqaruvda muhim sanaladi.
Buxgalteriya hisobida «debitor» atamasi muayyan korxonadan qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. «kreditor» atamasi muayyan korxonani qarzdor qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. Ya’ni boshqa korxonalarning bu korxona oldida hisobkitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Bunda korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarda bir korxona ham debitor, ham kreditor bo‘lishi mumkin. Masalan, tovar yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha tovarlar yetkazib berilgan bo‘lsa-yu, ularning puli to‘lanmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchiga bu summa debitorlik qarzi deb ko‘rsatiladi va u debitor, ya’ni xaridorlarga ma’lum summadagi tovarlarni qarzga bergan deb hisoblanadi. Shu korxonaning o‘zi mazkur tovarlarni sotib olgan korxonalar uchun kreditor bo‘ladi. Xaridor sotib olingan tovar bo‘yicha mana shu qarz summasini batamom to‘lab bo‘lgunicha kreditorlik qarzi deb ko‘rsatadi.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish